TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI ,,MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNALOGIYALAR
’’YO’NALISHI SIRTQI 3 – KURS 97/21 GURUH TALABASI
SAYDAHMEDOV SULTONXONNING
“SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH” FANIDAN TAYYORLAGAN
Taqdimoti.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari va uni tabaqalashtirish mezonlari REJA: - 1 . Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`lovchilari, ob’yekti va bazasi.
- 2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to`lash tartibi.
- 3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning tavsifiy belgilari va to’lovchilari, ob’yekti, bazasi. - Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`lovchilar O`zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshirayotgan quyidagi shaxslar:
- -O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan yuridik shaxslar;
- -faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi norezidentlari;
- -tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvshi yakka tadbirkorlar;
- -yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo`jaliklari.
- Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun yetkazib beruvchi yuridik shaxslar faqat o`z ehtiyojlariga ishlatadigan suv uchun soliq to`lovchilar hisoblanadilar.S
Soliq to`lovchi - Soliq to`lovchi issiq suv hamda bug` hosil qilish bo`yicha soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarilgan va texnik ehtiyojlar uchun o`zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. Ularni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |