Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to`lash tartibi - Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
- l) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg`armasi va “O`zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo`lgan hamda ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan sug`ullanuvchi yuridik shaxslardan tashqari);
- 2) suv uchun byudjetga soliq o`tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste`molchilar;
- 3) birlamchi foydalanilgan suv uchun to`lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari;
- 4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar (ro`yxatdan o`tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to`g`risida xabardor qilingan kundan boshlab).
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi - Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish joyidagi soliq organlariga ortib boruvchi yakun bilan quyidagi shaklda va muddatlarda taqdim etiladi:
- 1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to`lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida:
- -eng kam ish haqining ellik barobaridan ko`pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo`jaligi korxonalari, mikroforma va kichik korxonalardan tashqari) har oyda, hisobot oyidan keyingi oyining 25- kunigacha;
- -eng kam ish haqining ellik barobaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha, yil yakunlari bo`yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
- 2) yagona yer solig`ini to`lashga o`tmagan qishloq xo`jaligi korxonalari tomonidan yilda bir marta hisobot davrining 15 dekabrigacha;
- 3) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |