Suv resurslarini boshqarish


Suv resurslari boshqaruvining gidrologik jihati


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
srmf

Suv resurslari boshqaruvining gidrologik jihati 
Ma‟lumki, suv resurslari ma‟muriy chegaralarni tan olmaydi. U, fizika 
qonunlariga asosan gidrologik sikl jarayonini o„tkazadi, yog„ingarchilik ko„rinishida 
yer yuzasiga qaytib tushadi, daryo va ko„llar hosil qilib ularni to„ldiradi, va bug„lanib 
yana osmonga ko„tariladi. Jarayon doimiy tarzda qaytariladi. 
Quyida suv resurslarini tejash va qishloq xo„jaligi ekinlari xosildorligini oshirish 
tadbirlari bo„yicha batafsil ma‟lumot keltiriladi. Suv xo„jaligi tizimlarida suvdan 
noratsional foydalanishga qarshi kurash quyidagi ikkita yo„nalishda tizimning foydali 
ish koeffitsietini (FIK) ko„tarishga qaratilgan. Bular texnik va tashkiliy yo„nalishlardir. 
Texnik yo„nalishda tizimning FIKni ko„tarishda, suv quvurlaridan suvning sizishiga, 
sug„orish kanallaridan filtratsiyasiga barham berish, va avtomatik boshqaruv 
vositalarini tadbiq etish va xokazolar ko„zda tutiladi. Tashkiliy yo„nalishda FIKni 
yaxshilashda kanallarga chiqindilar, bexuda suv o„tkazilishi kabilarni bartaraf etish, 
ruxsatsiz va muviqlashtirilmagan xolda suv olishni cheklash, ichki suv omborlarida 
suv olish inshootlarini qurish, hamda daryo o„zanlarida suv oqimi tekisligini tartibga 
solish kabilar ko„zda tutiladi. Lekin bu yerda daryodan suv oqimini magistral 


kanallarga tarqalishidagi notekislikga yo„l qo„ymaslik va uni tartibga solib turishga 
e‟tibor qaratish kerak. Xar qaysi suv taqsimlovchi tizim va suv xo„jaligida, o„ziga xos 
entropiya yuz beradi, ya‟ni, u qancha yuqori ierarxiya bosqichini egallasa, shuncha 
past boshqarish va tartibga solish kuchi bo„ladi.
Ham nazariy ham amaliy nuqtai nazardan, gidrologik siklda barcha suv turlari 
(suv balansi qoidasi) bir biri bilan bog„liq, ammo buni hamma ham e‟tiborga olmaydi. 
Suv resurslari doimo to„ldirilib, ishlatilib, bir joydan boshqa joyga ko„chib, yana o„sha 
jarayonlar qaytaralib, xavza maydoni bo„ylab qaytadan foydalaniladi va bularni 
barchasi bir-biri bilan bog„liqdir. 
Xar bir gidrogeografik xavza asosiy daryo magistraliga, daryo irmoqlariga, yer 
osti suv zaxiralari va shakllanadigan qaytish suvlariga ega. Tabiiy suvning oz-ko„pligi 
yog„ingarchiliklar, maydon bo„ylab bug„langan suvga, yerigan muzlar va qorlar, va 
ular paydo qilgan irmoqlar kabilarga bog„liq.
Xavzada joylashgan umumiy suv balansi, tabiiy irmoqlar va oqova ariqlar va 
ularning tabiiy jarayonlariga ta‟sir etuvchi antropogen omillar ta‟sirida taqsimlanadi. 
Bu turdagi jarayonlarni sanab o„tish shunchalik qiyinki va ular haqiqatdan ham bir biri 
bilan bog„liq bo„lgan tarkibiy qismlar orqali kechadi. SHunday bo„lsada ularni 
tasniflashga urinib ko„ramiz. Ushbu barcha o„zgarishlar va ta‟sir kuchlari eko-
gidrologik barqarorlik kriteriyalaridan kelib chiqib ma‟lum bir tartibda boshqarilsa 
bo„ladi: 
 daryo va suv o„zanlari maydonlaridagi suv va tuz almashinuvi minimumga 
tushirilishi kerak; 
 aeratsiya va yer osti suvlari o„rtasida suv va tuz almashinuvi nolga tushirilishi 
kerak; 
 daryodan umumiy suv olish ma‟lum bir limitdan oshmasligi, va tabiatga zarar 
etkazmasligi kerak (daryo deltasi, botqoqliklar va xkz.). 
Mazkur kriteriyalarga rioya etish, nafaqat me‟yoriy xolatdagi yillar uchun 
balkim suv tanqis va aksincha suv serob yillarda ham rioya etilishi kerak. Bunda xavza 
bo„ylab suvdan foydalanish va boshqarish uchun kerak ma‟lumotlar, prognoz va 


modellar aniqliligi muxim. Ammo bizning amaliyotda bunday xolatlar bajarilmasligi 
kuzatiladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling