Suv resurslarini boshqarish


Shuni takidlash kerakki, xavza miqyosida suv resurslarini boshqarishni


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
srmf

Shuni takidlash kerakki, xavza miqyosida suv resurslarini boshqarishni 
barqaror rivojlantirish masalasi quyi miqyosda suv resurslarini boshqarish 
masalalaridan ustun turadi
5.2 Qishloq va suv xo„jaligi sohasidagi islohotlar 
Sobiq sovet ittifoqidan ajralgan mustaqil davlatlar orasida O„zbekiston 
yirikligi bo„yicha beshinchi o„rinni egallaydi, va iqtisodiyotda muxim o„rin egallab 
kelmoqda, ayniqsa paxta sanoati bo„yicha. Sovetlar “butunittifoq” institutini tashkil 
etishgandan keyingi respublikalar bo„ylab ular butun bir nazorat tizimini yo„lga 
qo„yishdi va doimiy ravishda Moskvada joylashgan vazirliklar birlashmalariga 
ularni bog„lab qo„yishdi.
O„zbekiston 1991 yilda mustaqillikga yerishdi. Sobiq sovet tizimini qulashi 
bilan sekin asta Orol dengizi xavzasi jamiyati yashovchi ideologik qobiq yo„qoldi. 
Barqaror rivojlanishga qaratilgan qaror qabul qilish imkoni yangi mustaqil davlatlar 
xukmiga o„tdi. Yosh mustaqil davlatlarning, markazlashgan boshqaruv tuzilmalarii 
yo„qolgtilgandan keyingi, eng oqilona qarorlaridan biri bu ularning suv resurslarini 
boshqarishning mukammal tizimini asrab qolishganlaridir. Orol dengizi 


muammolari bo„yicha davlatlararo kengash huzurida Barqaror rivojlanish bo„yicha 
davlatlararo komissiya (BRDK) va Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo„jaligi 
komissiyasi (DMSXK) tashkil etilishi xavzada jiddiy muammolarsiz, atrof-muhitda 
yaxshi sharoit saqlab qolishda suv resurslaridan xamjihat foydalanishga imkon 
yaratdi. Sobiq sovet tizimidan keyin o„tgan yillar qabul qilingan qarorlar naqadar 
to„g„riligini ko„rsatdi.
Siyosiy nuqtai nazardan 1991 yil nafaqat mustaqillikga erishgan yil balkim, 
o„z-o„zini anglashni boshlanishi davri xisoblanadi. Davlat isloxatlari dasturi, o„zida 
ikki kismni ya‟ni qonunlar, institutlar barpo etish hamda tarkibiy tuzilmalarda 
o„zgartirishlar kiritishlar bo„g„inlarini o„z ichiga olgan. Birinchi qism, 1992 yilda 
boshlangan va 1994 yilda tugatilgan. Unda aholini yashash joylari bilan 
ta‟minlashda uy-joylar qurilishlariga sharoitlar yaratish, kichik tadbirkorlik va 
xizmat ko„rsatish sohalarini rivojlantirishga aloxida e‟tibor berildi. 1994 yilda 
qishloq xo„jalik sohasida isloxatlar va o„zgartirishlar boshlandi. Dastlab barcha 
sovxozlar oilaviy kooperativ pudratlarga aylantirildi. 1994 yil o„rtalarida dasturning 
ikkinchi qismida iqtisodiy isloxatlar boshlandi. Ikkinchi bosqichda davlatning mol-
mulkini xususiylashtirish, ko„p-tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirish, soliq tizimini 
yaxshilash, tashqi iqtisodiy faoliyatini, ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
inflyasiyani kamaytirish maqsadida mikroiqtisodiyotni turg„unlashtirishga 
qaratilgan tadbirlarga urg„u berilgan. Ikkinchi bosqichda undan tashqari o„zini-o„zi 
ta‟minlash maqsadida g„alla, energetika va neft maxsulotlarini olish kabilarni 
masalalarga alohida e‟tibor qaratildi. Ikkinchi bosqichning muxim o„ziga 
xosliklaridan yana biri bu xususiy fermer xo„jaliklarida siljish ishlari amalga 
oshirilgani bo„ldi.
Respublika xozirda ham paxta ishlab chiqarish bo„yicha katta o„rin egallaydi. 
Mamlakatda paxta etishtirish bilan birga atrof-muhitni muxofaza qilish, ko„p suv 
talab qiladigan ekinlarni kam suv talab qiladiganlariga almashtirish hamda suvdan 
ratsional foydalanishga va boshqarishga katta e‟tibor beraldi. Respublikada 1990-
2010 yillar davomida suv resurslaridan foydalanish va boshqarish samaradorligi 
oshirish, sug„orishni texnik va texnologiyasini yaxshilash, ko„p suv talab qiladigan 


ekin maydonlarini kamaytirish bo„yicha keng miqyosdagi va mukammal vazifalar 
bajarildi (shu vaqt mobaynida paxta etishtirish 20%ga kamaytirilib o„rniga g„alla va 
boshqa turdagi ekinlar ekildi), hamda suv xisobini yuritish, institutsional, xuquqiy, 
tashkiliy va ijtimoiy-ekologik ta‟sir etuvchi vositalarni rivojlantirish vazifalari 
bajarildi. Natijada respublika bo„yicha daryolardan olinayotgan suv miqdori 64 
km
3
/yildan 51 km
3
/yilga (21%) kamaytirildi, xar bir ga erga beriladigan solishtirma 
suv sarfi 50 % ga qisqartirildi.
Shunday bo„lsada mazkur murakkab yo„nalish doimiy e‟tibor ostida bo„lishi 
lozim. Xozirda suvdan foydalanish samaradorligini doimiy oshirib borish bilan 
bog„liq ulkan vazifalar kun tartibida turibdi.
O„zbekiston aholisining kattagina qismining daromad manbai qishloq xo„jalik 
soxasidan keladi. Soxa iqtisodiy, sanoat va ijtimoiy xizmat ko„rsatish soxalarini xam 
qamrab oladi. Qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish 
davlatning oldiga qo„ygan muxim vazifalaridan biridir. Qishloq xo„jaligida bir 
qancha tashkiliy shakllanishlar amalga oshirildi. Vazirlik va muassasalar qayta 
shakllantirildi yoki yangi bo„limlar kiritildi. Ba‟zi holatlarda vazirliklar tarqatilib
boshqaruvni detsentralizatsiya qilindi, yoki uning vazifalarini boshqa vazirliklar 
topshirildi. Bunday qayta tashkillashtirish ishlari qolgan hamma davlatlar 
vazirliklarida ham ro„y berdi. Quyida bir nechta muxim o„zgarishlarga misollar 
keltirilgan: 
- Yer 
resurslari 
davlat qo„mitasi (Goskomzem)ni barpo etilishi va 
«O„zgeodezkadastr» bosh boshqarmasi belgilangan tartibda O„zbekiston 
Respublikasi Yer resurslari davlat qo„mitasini yer resurslarini o„rganish, yer 
tuzish, yer monitoringini va davlat yer kadastrini yuritish bilan bog„liq maxsus 
tadqiqotlar va izlanishlarni, loyihalash hamda boshqa ishlarni amalga oshirish 
uchun zarur bo„lgan aerokosmik suratga olish materiallari, turli masshtabdagi 
xarita-kartografiya asoslari, topografiya ishlari va ma‟lumotlari bilan 
ta‟minlaydi; 


- Suv-yer resurslaridan foydalanish va atrof-muhitni muxofaza qilish masalalari 
bilan shug„ullanuvchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Agrar va suv xo„jaligi 
masalalari qo„mitasi va ekologiya qo„mitalarining tashkil etilishdi; 
- Qishloq va suv xo„jaligi masalalariga qaratilgan Prezident qarorlari, Vazirlar 
Maxkamasining qarorlari, Nizomlari qabul qilindi, suv resurslarini boshqarish va 
undan foydalanish nazorat qilish muammolarining echimlari bo„yicha 
Respublika Kengashi tashkil etildi. Kengash qishloq va suv xo„jaligi masalalari 
bo„yicha davlat siyosatida ustunlik darajaga ega vazifalarni ishlab chiqish, 
qishloq va suv xo„jaligi muammolari echimlariga qaratilgan davlat miqyosidagi 
loyihalarni ishlab chiqish bilan shug„ullanadi; 
- 1997 yilda Qishloq xo„jaligi va Melioratsiya va suv xo„jaligi vazirliklari 
birlashtirildi. 
Qishloq xo„jaligida reformalar 1994 yildan beri davom etmoqda, qishloq 
xo„jaligida 95% suv resurslarini iste‟mol qiluvchi sug„orma dexqonchilikda va suv 
xo„jaligida asosiy islohatlar 1995 yildan boshlandi.
Suv resurslaridan foydalanish, rejalashtirish va sug„orma kanallarni 
boshqarish 1996 yilgacha sobiq Melioratsiya va suv xo„jaligi vazirligi va uning 
tasarrufidagi bo„limlar tomonidan bajarilib kelgan bo„lsa 1997 yildan boshlab bu 
vazifalar Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi va uning bo„limlari tasarrufiga o„tkazildi. 
Bunday isloxatlarning davom etishi fermer xo„jaliklari orqali sug„orma erlarni uzoq-
muddatda o„zlashtirilishiga olib keldi, va bitta shirkat xo„jaligi o„rnida yuzlab 
xususiy xo„jaliklar barpo etildi. Bu o„z navbatida, respublikada suv resurslari 
tizimida bir qancha tuzilmaviy o„zgarishlarni talab qildi. Bir nechta muammolar o„z 
echimini talab qildi. Bular orasida, jumladan: 1) suv taqsimotining samarasizligi; 2) 
byudjet bilan bog„liq muammolar va 3) suvdan foydalanuvchilar sonining keskin 
o„sishi. 
Suv xo„jaligi sohasidagi birinchi siyosiy isloxot amalga oshirilishi 1999 yilda 
suvdan foydalanuvchilar uyushmasini (SFU) tashkil etish bilan boshlandi. Suv 
sektorida 1999 yilda boshlangan isloxatlarga ulangan xolda davlatning ikkinchi 
isloxati bozor iqtisodiyoti tamoyillarini suv resurslari sektoriga tadbiq etishga 


qaratilgan edi. 1999 yilda amalga oshirilgan o„zgarishlar – minglab yakka 
xo„jalikdar barpo etilishi, va qolgan kichik xo„jaliklar o„rtasida suv resurslarini 
taqsimlash mexanizmini yaratishga extiyoj tug„dirdi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling