Suv resurslarini boshqarish


Suv manbalarining foydali xossa va xususiyatlaridan foydalanadigan


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
srmf

 
Suv manbalarining foydali xossa va xususiyatlaridan foydalanadigan 
tarmoqlar 
Suv manbasining turli foydali xossa va xususiyatlaridan quyidagi iqtisodiyot 
tarmoqlarida va maqsadlarda foydalaniladi: 
1. Kommunal ro„zg„or xo„jaligi;
2. Sanoat – (ashyo ishlab chiqarish vositasi, gidrotransport, imoratlarni sovutish 
va isitish, ko„kalamzorlashtirish, ishchilarni suv bilan ta‟minlash va shunga 
o„xshash maqsadlar) ; 
3. Qishloq xo„jaligi – (o„simliklarning fiziologik talabini qondirish, sho„r 
yuvish, chorva va yaylovni suv bilan ta‟minlash, qishloq xo„jaligi mahsulotlarini 
birlamchi qayta ishlovchi korxonalarni, ustaxona va qishloqlarni suv bilan 
ta‟minlash kabi maqsadlar); 
4. Energetika 
– 
(gidroelektr 
stansiyalarni 
ta‟minlash, 
issiqlik 
elektrostansiyalarda bug„ qozonlarini ta‟minlash, stansiya agregatlarini sovutish 
kabi maqsadlar); 
5. Baliqchilik – (tabiiy suv manbalari tartibini (rejimini) va sifatini baliqchilik 
talablariga moslashtirish, sun‟iy suv havzalarini suv bilan ta‟minlash) ; 
6. Suv transporti- (Suv transporti vositalarini suv bilan ta‟minlash va ularning 
harakati uchun zarur gidrologik tartibni tashkil qilish maqsadlari) ; 
7. YOg„och oqizish;
8. O„t o„chirish;


33 
9. Ekologiya va sanitariya – (suv manbalari, aholi yashaydigan maskanlar, 
ishlab chiqarish korxonalarida zarur ekologik tizimni va sanitariya holatini saqlash 
maqsadlari); 
10. Sog„liqni saqlash – (fizioterapevtik shifoxonalar, sanatoriya va kurortlarni 
shifobaxsh, ichimlik va xo„jalik suvi bilan ta‟minlash);
11. Ichimlik mineral suvi quyuvchi korxonalarni mineral suv bilan ta‟minlash 
kabi maqsadlari; 
12. Dam olish maskanlarini ichimlik va shifobaxsh mineral suv, cho„milish 
hovuzlarini suv bilan ta‟minlash maqsadlari; 
13. Fizkultura va sport hovuzlarini cho„milish va yuvinish, suzish, eshkak 
tortish turli sport musobaqalarini o„tkazish uchun zarur bo„lgan suv bilan 
ta‟minlash maqsadlari;
14. Sport, barcha ijtimoiy, texnik va iqtisodiy soxalar ishtirokchilari. 
Manbaning u yoki bu foydali xossa va xususiyatidan amalda foydalanuvchi xalq
xo„jaligi tarmog„i suv xo„jaligi majmuasi qatnashuvchisi (SXMQ) deyiladi.
Xar bir SXM quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 
- SXM qatnashchilarini suvga bo„lgan talablarini miqdoriy va sifat jihatdan 
ratsional tarzda ta‟minlash; 
- Tabiiy sharoitni yomonlashishiga yo„l qo„ymaslik va suv xavzalari va 
oqimlarni ifloslanmasligiga kafillik berish; 
- SXM bo„yicha ekspluatatsiyaning samaradorligini oshirishni ta‟minlash 
- Barcha suv xo„jaligi birlashlamalarida (to„g„on, GES, nasos qurilmalar, 
kanallar va x.o.) oddiy va shu vaqtni o„zida eng ishonchli ekspluatatsiya tizimini 
tashkil etish va ko„p yil xizmat qilishini ta‟minlash. 
SXMni tashkil etishda xar bir daryo xavzasi yagona suv xo„jaligi tizimi deb 
qabul qilinadi, va barcha elementalari (daryo, ko„l, er osti suvlari) bir-biri bilan 
aloqador va gidrologik muvozanatda turadi. 
Shunday qilib, SXM ilmiy asoslangan uzoq muddatli bashoratlar, suv 
resurslarini atrof-muxitga salbiy ta‟siri qilmasdan, uni miqdor va sifat jixatdan barcha 


34 
suv xo„jaligi majmuasi qatnashchilariga etkazish va boshqarish asoslariga tayanib 
yuritiladigan mukammal suv xo„jaligi tizimidir. 
Bunda SXM ga quyidagi talablar keltiriladi: 
1) barcha suv iste‟molchilari va suvdan foydalanuvchilarini vaqt va makon 
bo„ylab etarli miqdorda va sifat darajasidagi suv bilan ta‟minlash; 
2) tabiiy sharoit va suv suv resurslarini ifloslanlanishdan saqlash; 
3) SXM doirasida iqtisodiy samaradorlikni ta‟minlash; 
4) SXMning barcha texnologik tizimlarini sodda va ishonchli ishlashini 
kafolatlash. 
SXMning samarali yuritishi suv resurslaridan mukammal foydalanish va SXM 
qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatiga bog„liq. Suv resurslaridan mukammal 
foydalanish va ularni muhofaza qilish (SRMFvaUMQ) tushunchasi fanda quyidagi 
vazifalari bo„yicha tavsiflanadi: 
1) antropogen ta‟sirlarni e‟tiborga olib iqtisodiy hududlar va xavzalar suv 
resurslarini atroflicha batafsil o„rganish;
2) suvdan takroriy yoki doimiy foydalanishlar me‟yorlarini inobatga olib, 
barcha suv xo„jaligi soxalarini suvga bo„lgan talablari aniqlash;
3) suv iste‟molchilari va suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish 
samaradorligi va qo„shimcha talablariga baho berish;
4) suv tanqisligi mavjud hududlarda suv xo„jaligi balansini ishlab chiqish;
5) tabiiy suv resurslarini degredatsiya va ifloslanishdan saqlash tadbirlari, 
sanoat, kommunal va qishloq xo„jaliklarida foydalanilgan oqava suv oqimlarini 
zararsizlantirish va tozalash bo„yicha talablar belgilash;
6) suv xo„jaligi ob‟ektlari qurilishini moliyalashtirish xajmini aniqlash;
7) suv xo„jaligi bo„yicha yirik tadbirlar o„tkazilgan mintaqalarda tabiiy 
o„zgarishlar kechishini baxolash ya‟ni ekologik bashoratlarni ishlab chiqish;
8) ilmiy-tadqiqotlar ishlari xajmini va ularning bajaruvchilari sonini asoslash. 
Ko„rinib turibdiki, suv xo„jaligi tizimni yuritishda keltirilgan vazifalar 
chambarchas bog„liq – va uning asosiy bo„g„ini SXMdir.


35 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling