Suv resurslarini boshqarish
Suv xo„jaligi majmuasini tashkil etish zaruriyati va uni anglash
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
5.4. Suv xo„jaligi majmuasini tashkil etish zaruriyati va uni anglash Yaqin kunlargacha daryo suvlari imkoniyati xamma suvdan foydalanuvchilar talablariga qondirish uchun etarli edi. Lekin, suvga bo„lgan talabning ortishi va suv sifatini yomonlashuvi suv resurslarini taqchilligiga ta‟sir etdi. Suv resurslaridan katta mikdorda va mikyosda foydalanish tabiatdagi va xalq xo„jaligi tizimidagi mavjud bog„lanishlarni g„zgarishiga olib keladi (bunda ijobiy 31 samaradorlik bilan birga salbiy oqibatlarni vujudga kelishi ham mumkin). Butun suv xo„jaligi tizimini yagona majmua deb qarab, mavjud tabiiy sharoitlarning extimoliy o„zgarishlarini xisobga olib xalq xo„jaligining turli tarmoqlarida suvning miqdoriga va sifatiga bo„lgan talablarini uzoq muddatli bashoratlash asosida uni loyixalangan takdirda bo„ladigan salbiy okibatlarni sezilarsiz darajada bo„lishini ta‟minlash mumkin. Cuv xo„jaligi tizimini boshqarishni tashkillashtirishni suv xo„jalik majmuasini (SXM) barpo qilish asosida amalga oshirish zarur. Suv xo„jaligi majmuasini tashkil etilishi suv muammolarini yumshatish, turli masshtabdagi va tuzilmadagi suv xo„jaligi bo„linmalarini birlashishiga xizmat qiladi. SXM aloxida tarmoq uchun emas balki xalk xo„jaligi uchun umuman eng katta iqtisodiy samaradorlikni ta‟minlab, uni atrof-muxitga salbiy ta‟siriga yo„l qo„ymasligi kerak. SXM - mavjud suv resurslari bilan barcha xalq xo„jalik tarmoqlarini suvga bo„lgan talabini optimal ravishda qanoatlantirish imkoniyatini beruvchi, suv va suv bilan bog„liq tabiat resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshiruvchi tadbirlar va inshoatlar majmuasidir. Suv ob‟ektlarining foydali xossa va xususiyatlarini 6 guruxga bo„lishimiz mumkin, bular: 1) Suv – oddiy suv sifatida, xayot manbai bo„lib, insonlarning turli talablarini qondirishda (chanqoq, maishiy extiyoj, sug„orish ishlari) ishlatiladi. 2) Suv - energiya manbai. Xarakatdagi suv ma‟lum gidravlik (oqim) quvvatiga ega, elektr quvvatiga aylantiriladi yoki mexanik ishlarni bajarishda foydalaniladi. Yer osti suvlari esa ma‟lum miqdorda issiqlik quvvatiga ega. Oddiy holda har 100 m chuqurlikda harorat 3 S ga oshishi aniqlangan. Bu tartib magma o„choqlari yer yuziga yaqin joylashgan maydonlarda buziladi. 3) Suv manbai - suv akvatoriyasini bir bo„lagi sifatida baliqchilik, suv transporti, suv sporti, dam olish maskani. 4) Suv manbalari - kishilarni sog„lomlashtirish, davolash, dam olish vositasi. 32 5) Suv – bu ashyo va ishlab chiqarish vositasi. Ma‟lumki, oziq-ovqat va boshqa ko„p turdagi sanoatda suv boshqa ashyolar bilan bir qatorda mahsulot ishlab chiqarishda bevosita yoki bilvosita ashyo yoki ishlab chiqarish vositasi 6) Suv – ashyo manbai. Suv tabiatdagi murakkab kimyoviy yeritma bo„lib, uning tarkibiga mavjud kimyoviy elementlarning deyarli barchasi (tuz, brom, yod va xkz.) kirishi mumkin. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling