Suv resurslarini boshqarish


Suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo„yicha maxalliy xokimiyat organlari vakolatlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
srmf

Suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo„yicha maxalliy xokimiyat organlari vakolatlari
5.5-jadval 
Ijro etuvchi 
Nazoratga oluvchi 
Tartibga soluvchi 
- O„z xudidida suv resurslaridan foydalanish va 
muxofaza 
qilishning 
asosiy 
yo„nalishlarini 
aniqlash; 
- suv resurslaridan foydalanish va asrash 
tadbirlarini o„tkazish suv ob‟ektlarini sharoitini 
yaxshilash; 
suvdan foydalanish va asrash ishlarini 
qonuniy tartibda yuritilish 
Suv nazorati zonalarida tashkilotlar 
qurilishi, 
loyixalashtirilishi 
va 
joylashtirilishi ishlarini kelishish
Suv resurslarini xisobini yuritish va baxolash, suv 
ob‟ektlarining sharoitini yaxshilash va saqlash 
tadbirlari, suvga yomon ta‟sir etuvchi va 
ifloslantiruvchi ta‟sir kuchlarni oldini olish va 
barxam berish, avariya, sel, toshqinlar va tabiiy 
Belgilangan limitga va tartibga rioya 
etib, suvdan foydalanish va asrash 
ishlarini 
nazorati, 
suvdan 
foydalanuvchilarning o„z xuxudida 
suv xisobini yuritish 
Suv bilan ta‟minlovchi tashkilot 
ruxsati bilan suvdan foydalanish 
xo„jaliklararo rejalar joylardagi 
tegishli idoralar va QSXV vakillari 
tomoni bilan kelishilgan xolda 


ofatlar sababli zarar etgan ob‟ektlarni qayta 
ta‟mirlash;
Aholini keltirilgan xolatlarda ximoyalanishni 
o„rgatish va o„qitish ishlari, evakuatsiya qilish 
tadbirlari olib borish, 
amalga oshiriladi
Aholini keltirilgan xolatlarda ximoyalanishlarini 
o„rgatish va o„qitish ishlari, evakuatsiya qilish 
tadbirlarini amalga oshirish
Xavza 
miqyosi 
darajasida 
tizimlaridan suvlaridan foydalanish 
rejalari va tegishli xudud bo„yicha 
QSXV 
organlari 
tomonidan 
tasdiqlanadi
Aholini keltirilgan xolatlarda ximoyalanishni 
o„rgatish va o„qitish ishlari, evakuatsiya qilish 
tadbirlarini amalga oshirishda ma‟lumotlar bilan 
ta‟minlash
Qutqaruv ishlarini amalga oshirishda mablag„ 
etarli 
bo„lmagan 
xolatlarda 
Tojikiston 
Respublikasi Xukumatiga yordam so„rab murojat 
qilinadi 
Aholini va xududni ximoya etishda o„tkaziladigan 
tadbirlarga moddiy yordam ko„rsatish 
Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish va barxam 
berishga mo„ljallangan moddiy zaxira yaratish 
Favqulotlar vaziyatlar tashkilotlarini barqaror 
faoliyat yuritishlarida ko„maklashish 


Yuqorida keltirilgan jadvalda ko„rinib turganidek, suv resurslarini xavza 
boshqarmasi 
yaxshi 
shakllangan 
tuzilma 
bo„lib, 
irrigatsiya 
tizimlari 
boshqarmalaridan boshlab (to„liq davlat tasarrufida bo„lgan) xamma ma‟lumotlar 
yuqori darajada joylashgan tizimga yuboriladi va u yerda ma‟lumotlar ko„rib chiqilib, 
qaror qabul qilinadi va undan keyin quyi darajadagi tizimlarga ijro uchun jo„natiladi. 
2009 yildan boshlab birinchi marotaba Vazirlar Maxkamasida bo„lganidek, viloyat va 
tuman quyi va o„rta darajadagi xokimiyatlarda “Suv resurslaridan ratsional 
foydalanish va uni xisobi bo„yicha kengash” deb nomlangan analitik markazlar 
tashkil etilgan. Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi kengash etachki mutaxassislar
tajribali ishlab chiqaruvchilar va ish yurituvchilardan tashkil topib, Bosh vazir 
o„rinbosarlaridan biri tomonidan boshqariladi. Kengash sharoitlardan kelib chiqib suv 
resurslarini boshqarish masalalarini doimiy ko„rib chiqib, takliflar ishlab chiqaradi. 
Kengash maxsus tuzilgan jamg„arma xisobidan a‟zolarni joylarga maslaxat ishlarini 
bajarish uchun yuborishi mumkin. A‟zolar joylarda birlamchi maslaxatlar va 
ko„rsatmalar berishlari mumkin. Shunday bo„lsada, xodimlarning moddiy va 
ma‟naviy qiziqishlar oshirish va quyi va o„rta darajalarda suvdan foydalanuvchilarga 
etkaziladigan ma‟lumotlarni olish va taxlil etish mexanizmini takomillashtirishga 
extiyoj katta. 2009 yilning tajribasi shuni ko„rsatadiki, kengashning tashkil etilishi bu 
yaxshi mexanizm xisoblandi. Xavza darajasida ham bunday kengashlarni tashkil etish 
yuqori samara bersa kerak. Suv resurslarini birgalikda, xamkorlikda boshqarish 
(Davlat va suvdan foydalanuvchilar institutlari) QSXVga ayniqsa, quyi qismlarda 
suvni taqsimlash va suvdan foydalanishni operativ rejalashtirish ishlari bo„yicha 
bosim kuchini kamaytirgan bo„lardi. 
Bundan tashqari, suv resurslarini boshqarish va atrof-muxit muxofazasida 
qonun chiqaruvchi bazalarni takomillashtirish extiyoji mavjud. Chunki, ma‟lum bir 
sharoitlarga qaratilgan shunday qonun xujjatlari borki, ular yoki bir-birini takrorlaydi 
yoki bir-birini inkor etadi. Ba‟zi bir qonunlar o„ta mukammal bo„lgan qo„shimcha va 
o„zgartirishlarga ega bo„lib, bir nechta boshqa manbalarga yo„llanma berib 
qiyinchiliklar tug„diradi.


29 
Xavzada atrof-muxitni ifloslovchi manbalarni nazorat qilish tizimi mavjud. 
Ammo soxaning zamonaviy yutuqlarini e‟tiborga olgan xolda, tizimni yanada 
takomillashtirish talab etiladi. Tizimda qaltis vaziyatlar ya‟ni tavakkalchiliklarni 
baholash tajribasi etarli emas. Bunday xolat ham ichki ham transchegaraviy suvlar 
ifloslanishini oldini olish, tezkor qarorlar va echimlar ishlab chiqish vazifalarini 
amalga oshishini cheklaydi. Suv resurslarini ifloslanishini nazorat qilish va 
boshqarish tizimi, chiqindilar chiqarishda maksimal ruxsat etilgan ko„rsatgich 
(PDS)ga va unga rioya etilishini nazorat qilishga asoslangan. Moddiy-texnik va 
moliyaviy bazaning, hamda xodimlarning saviyasi etarlimasligi aytib o„tilgan ishlarni 
samaradorligiga salbiy ta‟sir qilmoqda. 
Suv xavzalarining ekologik xolatini e‟tiborga olib, chiqindilarni cheklash 
tizimlarini va mexanizmlarini yaxshilashga extiyoj mavjud. Atrof-muxitga salbiy 
ta‟sirlarni baxolashda uslubiy tasnifga ega qiyinchiliklar mavjud.
Sug„orma dehqonchilikda suv sifati tartibga solinmaydi va suv resurslarini 
tanqisligi sababli suv sifati e‟tibordan chetda qoladi, lekin unga tegishli bo„lgan 
me‟yoriy xujjatlar mavjud. 
Bozor iqtisodiyotiga o„tish davrida yer usti suvlarini sifatini boshqarish 
iqtisodiy mexanizmini qo„llash, masalan, atrof-muxitga tushayotgan zararlar va 
ifloslanishlar 
xajmlarni 
kvotalash 
tamoyillarini 
kiritish, 
ifloslanishlarni 
me‟yorlashtirish yondashuvlarini takomillashtirishni talab etadi.
O„zbekiston sharoitida ekstensiv baliqchilik xo„jaligi noratsional baliq 
ovlashga oid noratsional ish yuritish turlaridan xisoblanadi. Ba‟zi xavzalarning baliq 
maxsulotlarini maxsuldorligi baxolanganda (suv ob‟ekti maydoniga tutilgan baliq 
maxsulotlari miqdorini bo„lish orqali) ular past ko„rsatgich berdi ya‟ni (1-10 kg/ga). 
Irrigatsiya maqsadida foydalanilmaydigan ko„l tizimlarida xar xil turda tashkiliy va 
biomeliorativ tadbirlar o„tkazilishi bioxilma-xilligini va meliorativ xolatini 
yaxshilashga xizmat qiladi. Mazkur ekotizimlarda degradatsiyaga olib kelinmasligi 
va bio xilma-xillikni kamaytirmasligi uchun etarli xajmdagi yer usti suv oqimi 


30 
mavjud emas. Vaqt bo„ylab suv satxini o„zgarishi xam (aprel-may oylarida) ba‟zi bir 
turdagi baliqlarning talablari bilan mos kelmaydi.
O„zbekiston va Qozog„istonda suv resurslaridan mukammal foydalanish 
doirasida suv munosabatlari va tabiatni muxofaza qilish masalalari ko„zda tutilib 
halqaro konfensiyalarga qo„shilish va maxalliy xuquqiy bazalar va Milliy 
stragetiyalar ishlab chiqish bo„yicha katta ishlar qilindi.
Respublikada suv resurslarini boshqarish va atrof-muxitni muxofaza qilish 
masalalari bo„yicha huquqiy-me‟yoriy baza, qonuniyatlar tizimi va munosabatlarni 
tartibga solish qonunlari yaratildi. Huquqiy-me‟yoriy baza mintaqada eng 
ilg„orlaridan biri xisoblanadi, va bu Orol dengizi xavzasining rivojlanish davrida 
katta axamiyat kasb etadi. Mintaqada tezkor kechayotgan o„zgarishlar xisobga olinib 
yangi siyosiy, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy masalalari huquqiy-me‟yoriy bazani 
yanada takomillashtirish zarur bo„ladi. Umuman, Respublikada suv kodeksini qabul 
qilish, xar xil qonun osti rasmiy xujjatlarni kamaytirish, oldin qabul qilingan 
qarorlarga o„zgartirishlar kiritish va huquqiy-me‟yoriy bazani samaradorligini 
oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadga muvofiq. 
Suv resurslarini birgalikda boshqarish strukturasini yaratish (Davlat va suvdan 
foydalanuvchilar institutlari) QSXVga ayniqsa, quyi qismlarda suvni taqsimlash va 
suvdan foydalanishni operativ rejalashtirish, suv tejash texnologiyalarini tadbiq 
qilish, ma‟lumotlar etkazish ishlari bo„yicha bosim kuchini kamaytirgan bo„lardi,. 
O„zbekistonda keng miqyosda olib borilayotgan isloxotlar, shu jumladan 
qishloq va suv sektorlarida ijtimoiy va siyosiy xaoslar keltirib chiqarmaslik uchun 
bosqichma-bosqich samarali mexanizmlarni tayyorlagan xolda olib borish.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling