Suv resurslarini boshqarish


SXMda suvdan foydalanish. Suvdan foydalanuvchilarning tasnifi. suvdan


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
srmf

SXMda suvdan foydalanish. Suvdan foydalanuvchilarning tasnifi. suvdan 
foydalanishni me‟yorlashtirish 
Suvdan foydalanishni me‟yorlashtirish – bu suv sifatini e‟tiborga olgan xolda 
rejalashtirish, suv me‟yorlarini belgilash, hamda suvdan foydalanish me‟yorlarini 
ishlab chiqish va belgilangan maxsulot birligiga suv me‟yorlarini tasdiqlash va ularni 
amalga oshirilishini nazorat qilishdir. 
Me‟yorlashtirishni asosiy vazifasi – suv resurslaridan oqilona foydalanish 
maqsadida ishlab chiqarishga va texnik va iqtisodiy asoslangan suvdan foydalanish 
va suvni chiqarib tashlash me‟yorlarini rejalashtirishni tadbiq etishdir. 
Me‟yorlashtirish suvdan foydalanishda quyidagi yo„nalishlarda kiritiladi: 
1) ishlab chiqariladigan maxsulot birligiga zarur bo„lgan umumiy suv miqdorining 
iste‟moli; 
2) toza ichimlik suv iste‟moli; 
3) texnik suvi iste‟moli; 
4) aylanma va qayta yoki takroriy ishlatiladigan suvlar iste‟moli; 
5) iste‟molchilar tomonidan chiqariladigan tashlanma suvlar miqdori (sh.j. 
sanoatdan). 


42 
Me‟yorlashtirishning asosi bu suvdan foydalanish yoki oqava suv 
chiqarishning solishtirma me‟yorini ishlab chiqish xisoblanadi. Me‟yor - ishlab 
chiqariladigan maxsulot birligiga zarur bo„lgan (yoki xo„jalik va ichimlik suv 
iste‟moli) rejalashtirilgan ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik sharoitlariga mos 
sifatga ega bo„lgan suv miqdoridir. 
Solishtirma me‟yorlar normativlar orqali shakllantiriladi 
Suv iste‟moli normativlari – bu me‟yorlarni tashkil etuvchi elementlardir. Ular 
quyidagilar bilan tasniflanadi: 
- maxsulot birligiga, maydon yoki aloxida jarayonlarga nisbatan solishtirma suv 
sarfi (sh.j. xo„jalik va ichimlik suv iste‟moli); 
- qaytmas suv sarflari xajmi, ishlab chiqarish jarayonidagi (bug„lanish, filtratsiya, 
to„kilish). 
Normativlar tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi va o„lchanadi, ya‟ni, litrda, m
3

km
3
yoki %da. 
Suvdan foydalanish solishtirma normativlari, shu jumladan tarmoqlararo
tarmoqlar va zavodlar bo„yicha qaytmas suv sarflari va yo„qotishlar. 
Tarmoqlar normativlari – bu etakchi korxonalarning yuqori ko„rsatgichlarini 
xisobga olgan xolda shu tarmoq bo„yicha ishlab chiqarish sharoitini o„rtacha xisobi 
ko„rsatgichlarini ifodalaydi. Bu normativlar korxonalarda qo„llanilishi shart. 
Zavodlarda belgilangan konkret maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan 
normativlar ishlab chiqilgan bo„ladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling