Suv resurslarini boshqarish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
Birinchi toifa – issiqlik uzatish maqsadida foydalaniladigan suvlar
Ikkinchi toifa qizdirilmaydigan suvlar. Uchinchi toifa – gazlarni tozalash, yong„inni o„chirish uchun foydalaniladigan suvlar. Suvlarni kerakli sifatga olib kelishda turli tozalash usullari qo„llaniladi. Eng sodda usul bu dispers qoldiqlar, muallaq moddalar va gumusli birlashmalardan xolis 63 etishusulidir. Dispers qoldiqlardan tozalashda tindirgichlardan foydalaniladi, muallaq moddalardan esa suv koagulyasiya qilish va filtrlash yordamida tozalanadi. Quvurdan biologik o„sishlar xosil bo„lmasligi uchun suv xlorlanadi va sovutishda ishlatiladigan suvlar esa CuSO 4 (mis kuparosi) bilan ishlov beriladi. Suv temirda va betonda korroziya keltirib chiqarmasligi uchun maxsus ingibitorlar bilan ishlov beriladi. Bunda birinchi navbatda suvning rN darajasi maqbul darajasi saqlanadi. SHuningdek suvdagi umumiy tuzlar miqdori, xlorid (Cl) va sulfat (SO 4 ) ko„rsatmalari, harorati t 0 S xam salbiy ta‟sirga ega. Eritma tuzlar konsentratsiyasi o„sishi bilan Cl va SO 4 150 mg/l dan ko„proq bo„lsa va karbonat qattiqlikning kamayishi 2 mg-ekv/l, t 0 70 0 gacha bo„lganda metalning korroziyaga uchrashi xafvi keskinlashadi. SHuning uchun termal va sho„r suvlar agressiv xisoblanadi. Suvning qattiqligini kamaytirishda sodadan foydalaniladi. Yer osti suvlari uchun – ion almashinuvi, elektroliz, distillyasiya, giperfiltrlash lar usullaridan foydalaniladi. Eng ko„p kimyoviy ifloslanishlar suvdan xom-ashyo va eritma sifatida foydalanilganda paydo bo„ladi. Aralashma suvlar xar xil turda ifloslanishlarni keltiradi. Sanoatda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi Sanoatda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi quyidagi ko„rsatgichlar orqali baxolanadi: 1) Maxsulot birligini ishlab chiqarish uchun suv iste‟moli solishtirma me‟yori; 2) Toza suv iste‟moli; 3) Aylanma jarayonlardagi suvlar miqdori; 4) Biologik tozalashga kelib tushadigan oqova suvlar; 5) Suv ob‟ektlariga tushadigan umumiy oqova suvlar; 6) Oqavalarga tashlanadigan shartli miqdordagi ifloslantiruvchi moddalar; 7) Oqava suvlarning ishlab chiqarishga utilizatsiya qilinishi (qancha ko„p bo„lsa shuncha yaxshi); 64 8) Qaytmas suvlar – qancha kam bo„lsa shuncha yaxshi 9) Sanoat ishlab chiqarish korxonalarining atrof-muxitga ta‟siri (atmosfera, yer, o„rmon ...); 10) rekreatsion suv ob‟ektlari; 11) baliqchilik komplekslari xosildorligi; 12) suv transporti orqali tashish darajasi; 13) suv ob‟ektlarini antropogen ta‟sirlardan ximoyalash; 14) umuman texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorlik. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling