Suv resurslarini boshqarish
Havza darajasida suv resurslarini boshqarish manfaatlarining boshqa
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
5.5. Havza darajasida suv resurslarini boshqarish manfaatlarining boshqa
darajalarda suv resurslarini boshqarish manfaatlariga nisbatan ustunligi SXM ishtiroqchilari suvdan foydalanish tasnifi bo„yicha ikki guruxga bo„linadilar: - Suv iste‟molchilari; - Suvdan foydalanuvchilar. Yuqorida ta‟kidlanganidek suv iste‟molchilari suv miqdori va sifatiga ta‟sir o„tkazadilar. Suv iste‟molchilariga: kommunal-maishiy xo„jalik, sanoat, chorvachilik, issiqlik energetikasi, sog„liqni saqlash, baliqchilik xo„jaliklari misol bo„ladi. Suvdan foydalanuvchilar esa suv ob‟ektining u yoki bu foydali xususiyatidan asosiy manbadan suvni olmasdan foydalanadilar. Ushbu guruxlarni farq qiluvchi tomonlari: a) suvning manbadan olinishi b) suvning miqdoriga ta‟siri v) suvning sifatiga ta‟siri Gidroenergetikani ham ayrim mualliflar suvdan foydalanuvchilar guruhiga kiritadilar. Ma‟lumki GES daryoning katta suv sarfiga mo„ljallanadi. Bugungi kunda Gijroenergetika daryoning gidrografi, suvning sifatiga va miqdoriga, bug„lanishga, filtratsiya, haroratiga (kislorod rejimi buzilgan xolatda) ta‟sir qiladi. Jumladan suv tezligini pasaytirish bug„lanish va filtratsiyani jadallashtiradi. Birgina farq qoladi: 68 a) suv manbadan olinadimi? Sobiq ittifoq davrida to„rtta respublikaga Sirdaryo xavzasi bo„yicha yillik suvga bo„lgan talablar belgilangan. Norin kaskadi suv omborlari ish rejimi orqali suvga bo„lgan talablar qondirilgan. Gidrotexnik inshoatlari rejimi asosan irrigatsion rejimga asoslangan edi. Mintaqadagi davlatlarning rivojlanish dasturlaridagi qarashlari asosan Toktogul suv ombori bo„yicha bir birlaridan farq qilardi. Qozog„iston va O„zbekiston suv omborini irrigatsiya rejimi va Qirg„iziston hamda Tojikiston esa energetik rejimi bilan qiziqardi. SHu munosabat bilan, Qirg„iziston tomonidan 1993 yildan boshlab, Toktogul suv ombori ish rejimi yoz faslida suv to„plash va qish faslida suvni chiqarishga yo„naltirildi. 1994 yildan Sirdaryo suv oqimi rejimi muammosi davlatlararo kelishuvlar mavzusiga aylandi. Qozog„iston va O„zbekiston suv omborlarining irrigatsion rejimda ishlashi va Qirg„izistonning – yirik gidrotexnik inshoatlarning energetik rejimiga qiziqishlarini inobatga olib davlatlararo issiqlik-energetika almashinuvlari bo„yicha kelishuvlar ustida ishlar boshlandi. Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston suv xo„jaligi va energetika ekspertlari ishchi guruxlari Sirdaryo xavzasi resurslaridan foydalanishning kompleks variantini tayyorlashdi, ular quyidali tamoyillarga asoslangan edi: Qirg„izistonning Norin kaskadi inshoatlarida ishlab chiqaradigan elektroenergiyasi, davlatning yozgi elektr ta‟minoti ehtiyojidan orttirilib, Qozog„iston va O„zbekiston tomonidan teng xajmda sotib olinadi; Buni amalga oshirishda badal sifatida Qirg„izistonning qishgi ehtiyojlarini qondirish uchun ko„mir, gaz va xakozolar jo„natiladi. Mazkur Kelishuv Qozog„iston, O„zbekiston va Qirg„iziston o„rtasida 1998 yil 17 martda imzolandi. Tojikiston mazkur Kelishuvga 1998 yil 17 iyunda qo„shildi. Bunday yondashuvda ekologik muamolar etarli darajada inobatga olinmagan, chunki Sirdaryoning yuz yillik tarixiy kuzatishlar ko„rsatgichlarning o„rtacha qiymatidan xozirgi qiymati minimal darajani ko„rsatmoqda. Boshqa tomondan, imzolagan tomonlarning sug„orish maqsadlaridagi suvga bo„lgan talablari faqatgina, 69 uchala tomon yonilg„i, elektroenergiya va ortiqcha elektr kuvvatini sotib olish bo„yicha shartlarni bajargan xollaridagina, ularning sug„orish maqsadlaridagi suv ta‟minoti talablari qondiriladi. Qabul qilingan shartlarni amalga oshirishdagi eng kichik xato yoki shartni buzilishi suv ta‟minotini barqarorligiga ta‟sir etadi. Kelishuvni amalga oshirish davomida 4 davlatlar o„rtasidagi irrigatsiya va energetika sohalarining manfaatlari qiyinchiliklar tug„dirmoqda va kelgusida tartibga solish masalalari qayta ko„rilishini talab etadi. 1992 yilgacha Amudaryo suv resurslarini taqsimlanishi Markaziy Osiyo davlatlari o„rtasida sobiq ittifoq “Melioratsiya va suv xo„jaligi” vazirligining Ilmiy- Texnik Kengashining 1987 yil tasdiqlangan № 566 sonli Amudaryo xavzasida suv resurslarini mukammal foydalanish va muxofaza qilish Bosh Sxemasi asosida olib borilar edi. Bunda, yer usti suvlari taqsimoti davlatlar o„rtasida quyidagicha bo„lingan (Amudaryo oqimi bashoratidan kelib chiqib, foizda): Qirg„izston 0.6 Tojikiston 15.4 Turkmaniston 35.8 O„zbekiston 48.2 Xozirgi paytgacha limit tamoyili saqlanib kelmoqda, bunda Turkmaniston va O„zbekiston teng (50%/50%) xissaga ega, ya‟ni, Kerki gidropostiga keladigan suv oqimi ikki davlat o„rtasida teng bo„linadi. Ushbu kelishuv ikkala davlat raxbarlari tomonidan Turkmanistonning Chorjoy shaxrida 1996 yilda imzolandi. O„zbekiston va Turkmaniston davlatlarida suv kam sharoitlar quyi va tepa qismlarni suv ajratish muammolari kuzatiladi. Bundan tashqari, Amudaryo xavzasidan suvdan foydalanish jarayonida, suv ombori ichki tizimini to„ldirish, hamda, daryoda suv kam sharoitda suv olish inshootlarida qiyinchiliklari mavjud (Karshi, Amubuxoro, Xan-yob kanallari, suv olish Taxiatosh GRESi va h.o.). Bularning barchasi daryo yo„llarida barqaror xolatni yomonlashtiradi. Bu Amudaryoning oqimini prognozlash va tartibga solish usullarini ishlab chiqish bo„yicha izlanishlar olib borish muximligini bildiradi. 70 Mintaqaning suv taqsimoti davlatlararo muammosi Afg„onistonning suvga bo„lgan talabi oshishi bilan yanada jiddiy tus oladi. Yaqin o„tmishda, Afg„onistondagi siyosiy ishlari muammolari sababli, uning shimoliy valoyatlarida rivojdanish to„xtab qoldi. Xozirda ushbu mamlakat xududida ichki talablarga javob beradigan etarli suv resurslari zaxiralar mavjud, bu xozircha 2.0 km 3 /yil ko„rsatgichdan oshgani yo„q. Oldin, sobiq SSSR va Afg„oniston suv munosabatlari ikki tomonlama kelishuv (1946 y.) va Bayonnoma (1958 y.) orqali amalga oshirilarda. Kelgusida Afg„oniston mamlakatning shimoliy viloyatlarining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi ko„zlab, o„zining xissasini ko„paytirishni talab etishi mumkin. Bu Pyandj daryosi, va shu kabi Amudaryo oqimini sezilarli darajasi o„zgartirishi mumkin. Demak, xamkorlikni rivojlantirish mazmunida, suv iste‟moli muammolari bo„yicha quyidagi masalalarga e‟tibor berish talab etiladi: Afg„oniston davlatning ustuvor qiziqishlarini xisobga olish; Davlatlararo xavzalarning suv resurslari ekologik barqarorligini ta‟minlash choralarni xisobga olish, jumladan, Orolbo„yi zonalari hamda Orol dengizi sharoitida; Suv resurslariga qaytgan suvlar ta‟siri, jumladan, drenaj oqimlarni daryo yoki tabiiy o„zanlarga tashlanishi; Suv iste‟moli kvotalarining (limit) o„zaro, xammaga birdek foydali echimlarini ishlab chiqish; Milliy va mintaqaviy miqyosda suv tejash tadbirlarini rivojlantirish; Davlatlararo axamiyatga ega kichikroq bo„lgan daryolar xavzalaridan suvdan foydalanishni samaradorligini oshirish. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling