Suv resurslarini boshqarish
Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoatda suvni iqtisod qilish yo„llari
Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanish
Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanish hududdagi texnik-iqtisodiy ravojlanishlarni asoslaydi. Sanoatda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini texnik-iqtisodiy baxolash quyidagilarni o„z ichiga oladi: 1) maxsulotlar ishlab chiqarishni samarali strukturasini yaratilishi; 2) tabiatni muxofaza qilish; 3) suv resurslaridan kompleks foydalanish. Sanoatda suv resurslaridan ratsional foydalanishdan dalolat beruvchi omillar. 1) Suvsiz texnologiyalar xajmi – suvdan foydalanish va yo„qotishlarni kamaytiradi; 2) Texnologik jarayonlarda suvni ko„p marotaba ishlatilishi (toza suv iste‟molini kamaytiradi); 3) Lokal suv tozalash usullarini takomillashtirish (oqava suvlar ifloslanishini kamaytiradi); 4) Suv xo„jaligi tizimlarini lokal suv tozalash jixozlariga ega bo„lgan lokal yopiq tizimli guruxlarga ajratish; 5) Suv ta‟minoti va tozalash jarayonlarini optimallashtirish: texnologik operatsiyalarga suv taqsimlanishi, oqova suvlarni zararlantirish; 6) SHaxar va sanoat korxonalari oqova suvlarini tashkil etuvchi suv resurslaridan sug„orish maydonlari va boshqa ob‟ektlarda foydalanish. 65 Sanoatda suvni iqtisod qilish yo„llari Suv tejash texnologiyalari ratsional suvdan foydalanishning asosidir. Uning maqsadi suvning solishtirma sarfini va toza suv sarfini kamaytirishdir. Suv tejash tadbirlari quyidagi yo„nalishlarda rivojlantiriladi: A) sanoat korxonasi suv ta‟minoti tizimida suv tejashning birlamchi ratsional bosqichi – bu kam suvli texnologiyalarga o„tishdir. Ular suvning sanoatda qanday vazifada ishlatilishidan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Sanoat texnologiyalarida 70% suv “xladagent” (issiqlik chiqaruvchi) sifatida ishlatiladi, 15-20% suv - ekstragent sifatida, 10-15 % suv esa - transportirovka qiluvchi agent sifatidi. B) toza suv iste‟molini kamaytirish natijasida: Suvdan ko„p marotabalik foydalanish va oqava suvlarni utilizatsiya qilish. Bu usul ilmiy tadqiqotlarni va shu tizimda sodir bo„ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar shakllanishi bo„yicha qonuniyatlar ishlab chiqarishni talab qiladi. Bunday ishlar tozalash usullarini, ishlatilish sharoitlarini va tizimdan kompleks foydalanishga yordam beradi. Aylanma suv ta‟minoti tizimini ishini takomillashtirish. Bu toza suv iste‟molini va aylanma suvlar sarfini 5-6 km 3 /yil ga kamaytirishi mumkin. Lekin aylanma suv ta‟minoti tizimlari ekologik toza xisoblanmadi, shuning uchun, uni tashkillashtishda nafaqat texnik va iqtisodiy balki ekologik tomonlarini ko„zda tutish kerak. Suvli sovitishni xavo orqali sovitishga almashtirish suvni iqtisod qiladi. Birlashtirilgan texnologiyalar, ya‟ni bir texnologiyadan ajralib chiqayotgan issiqlik ikkinchisi tomonidan qabul qilinadi. Tozalangan kommunal ro„zg„or oqava suvlari, shaxta va karer xo„jaligiga oid oqova suvlardan qo„shimcha suv manbalari sifatida ratsional foydalanish. Suv iste‟moli va suv sarfining ilmiy asoslan me‟yorlarini ishlab chiqish va joriy etish muxim axamiyatga ega. Iqtisodiy stimul – suvga pul to„lash. 66 Ekologik muammolarni echimini tubdan yaxshilash yo„llaridan biri – tizimning “Puflamasdan ya‟ni produvkasiz” ishlash rejimini yaratish va yuqori samarali suv olish va gradirnyalarni ishlatishdir. Statistik ma‟lumotlarga ko„ra har besh yilda sanoatda suv iste‟moli 15%ga oshmoqda. Bugungi kunda ham talaygina suv tejash va kamsuvli texnologiyalar mavjud, biroq ular etarlicha qo„llanilmayabdi. Lekin XXI asr boshiga kelib bunday texnologiyalar suvdan ratsional foydalanish ramziga aylandi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling