Suv resurslarini boshqarish
Suv xo‘jaligi balansi - suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish asosi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
Suv xo‘jaligi balansi - suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish asosi
sifatida. Suv xo‘jaligi va suvni muxofaza qiliish tadbirlarini asoslash. Suv xo„jaligi balansi (SXB) deb suv resurslarini mavjud miqdori va uni iste‟moli qilinish miqdori o„rtasida o„zaro nisbatga aytiladi. Suv xo„jaligi balansining to„rtta turi mavjud: - xisobiy; - tezkor (operativ); - rejali; -istiqbolli. Xisobiy SXB –foydalanib bo„lingan suv resurslari darajasini aks ettiradi. Bunda xisobot davridagi kirgan va chiqqan suv resurslari miqdori bog„liqliklari ko„rsatilib, suv iste‟moli o„sishini, mavjud suv xo„jaligi tizimlarining samarali ishlashi, suv resurslarini turli maqsadlarda ishlatilishi samaradorligi kabilarni taxlil etishga xizmat qiladi. Tezkor SXB – kutilayotgan suv resurslarini turli ob‟ektlar yoki soxalar o„rtasida samarali taqsimlanishi maqsadida ketayotgan yil yoki kelayotgan mavsum uchun ishlab chiqiladi. Rejali SXB – xalq xo„jaligini rivoji uchun davlat tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida bajariladi. Xalq xo„jaligi rejalarini bajarish maqsadida suv xo„jaligi tadbirlarini o„z ichiga oladi. Istiqbolli SXB – xalq xo„jaligini suv bilan ta‟minlashga zarur bo„lgan uzoq muddatli loyixaviy-tadqiqot rejalarida ko„zda tutilgan, ta‟sir etuvchi suv omillarini 76 baxolash, turlarini aniqlash, bartaraf etuvchi tadbirlarni tafsiflash kabi ishlarni o„z ichiga oladi. Barcha turdagi suv xo„jaligi balanslarni birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi va quyidagilarni ko„zda tutadi: - Suv resurslarining kirishi va chiqish qismlarini baxolash; - Balansning muayyan shu qismlarini birlashtirib, samarali natijalar beruvchi bo„limlarini ajratib olish; - Balansning samarali natija beruvchi qismini taxlil qilish va kerakli takliflar ishlab chiqish. Suv xo„jaligi balansining kirim qismiga amalda suv oqimiga ta‟sir qilmaydigan daryo suvlari, yer osti suvlari; turli aylanma suvlar (daryoga qaytib tushadigan), atmosfera yog„ingarchiliklari kabilar kiradi. Suv xo„jaligi balansining sarflanadigan qismiga esa tabiatning va jamiyatning barcha turdagi suvga bo„lgan talablari, jumladan kommunal ro„zg„or, sanoat, qishloq xo„jaligi va baliqchilik, gidroenergetika, suv transporti, tabiiy landshaft sifatida daryo elementlarini saqlash uchun zarur suv sarflari kiradi. Suv xo„jaligi balansini tuzishda tumanni fizik- geografik sharoitlari, yer usti va yer osti suvlari o„zaro aloqasi, tumanni iqtisodiy jixatlari inobatga olinishi kerak. SXBni to„g„ri tuzish – gidrologik, suv xo„jaligi va texniko-iqtisodiy tadqiqotlar va xisoblarni bog„lashni talab etadigan mukammal ish xisoblanadi. Mavsum va yillar bo„ylab daryo oqimi bir tekis bo„lmagani sabab SXBni tuzishda eng yuqori yaqinlik bilan ish ko„riladi. SHunday bo„lsada, tumanda suv resurslaridan foydalanishning xar bir bosqichini oqimning yillik o„rtacha ko„rsatgichini ko„rib chiqib xisoblanadi. SXBni ishlab chiqishdagi asosiy birlamchi xajmning hisoblangan ta‟minlanganligi (R), bo„yicha suv resusrlari xajmi to„g„onning balanligiga, GESning quvvatiga, kanallarning kesishishiga, va boshqa parametrlarga bog„liq bo„ladi. Suv bilan ta‟minlanganlik (R) kattaligini nazariy asoslash qiyin, suv etkazilmaganligi bilan bog„liq ko„riladigan zararlarni xisoblash usuli xozircha mavjud emas. Masalan, ichimlik suv ta‟minoti uchun “R” ning qiymati 97-99 %, sanoat uchun 85-97 %, 77 sug„orishma dehqonchilik uchun 75-95 %, gidroenergetika uchun 90-95%, suv transporti uchun 80-90% bo„lishi taklif etiladi. SXB taxlili tuman yoki daryo xavzasini suv ta‟minoti bo„yicha imkoniyatlarini baxolashga yordam beradi. Ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik masalalarni xisobga olgan holda suv resurslari imkoniyatlari asosida suv xo„jaligi va suvni muhofaza qilish choralari, suv resurslaridan ratsional foydalanish tadbirlari ishlab chiqiladi. Suv xo„jaligi tadbirlari suvni taqsimlash va ovoqa suvlarni utilizatsiya qilish ishlarni o„zida mujassamlashi kerak. Suvni muhofaza qilish tadbirlari esa turli oqava va tashlama suvlari orqali suv resurslarini ifloslanishini bartaraf etishni ko„zda tutadi. Sanoat tarmoqlaridan ajralib chiquvchi ifloslangan oqava suvlar lokal tozalash tizimlari orqali tozalanib kanalizatsiyaga tashlanishi kerak va texnik suv ta‟minoti yoki sug„orishda ishlatilishi mumkin. Kommunal-maishiy va chorvachilik tashlamalarini tozalash uchun quyidagi takliflar beriladi: - yangi va majud kanalazatsiya tizimlarini qurish va ta‟mirlash komplekslarini barpo etish; - kanalizatsiya suvlarini tozalash (mexanik, biologik, kimyoviy va x.o.) va qayta ishlatilishi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling