Suv resurslarini boshqarish


Kommunal-maishiy suv ta‟minoti xususiyatlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
srmf

Kommunal-maishiy suv ta‟minoti xususiyatlari  
Kommunal-maishiy suv ta‟minoti xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1) suv sifatiga quyidagilar bo„yicha yuqori talab qo„yiladi: 
a) fizik xususiyatlari (t
0
, tiniqliligi, rangi, xidi, ta‟mi) 
b) kimyoviy xususiyatlari (mineralizatsiya, umumiy qattiqlik, kislotalilik Pb, 
As, F, Cu va xkz.) 
- organik moddalar 
- radioaktiv nurlanish, α va β.
- suvning bakterial tarkibi 
Suvda patogen mikroblar va viruslar, hamda parazitlar, bo„lmasligi lozim. 
Suv sifatiga talab inson organizmidagi fiziologik jarayonlarning me‟yoriy 
tarzda kechishi bilan bog„liq holda belgilanadi. Eng toza va bakteriyalardon xolis suv 
bu artezian yer osti suvlari xisoblanadi. Yer osti grunt suvlari sifati nisbatan pastroq 
bo„lsada, ko„pincha yer usti suvlariga nisbatan yaxshiroq sifatda va suv ta‟minotiga 
loyiq xisoblanadi.
Suvni tozalash maxsus sanitar-gigienik talablardan kelib chiqib bajariladi. 
Bunda, suv koagulyasiya qilinadi, filtrdan o„tkaziladi, xlorlanadi va kerakmas modda 
va aralashmalar yo„qotiladi (masalan, Fe, Mn, Sr, F i dr.) yoki zarurlarini qo„shiladi 
(F). 
2) 
Keyingi xususiyat – yil bo„yicha va sutka bo„yicha suvdan 
foydalanishning notekislilik koeffitsienti hisoblanadi. Xarorat ko„tarilishi bilan suvni 
iste‟mol qilish talabi oshadi, lekin mavsumiy o„zgarish 15-20% dan oshmaydi. 
Kunlik suv iste‟moli axamiyatliroq xisoblanadi, chunki kunduzgi suv iste‟molining 
70% ni tashkil etadi. Bunday o„zgarishlarni xisobga olishda sutkali va soatli 
notekislik koeffitsientdan foydalaniladi.


48 
r
o
sut
мах
sut
sut
Q
Q
К
'
.
.
;
2
,
1
K
sut
Bu yerda 
Q
sutmax
– sutkasiga maksimal suv iste‟moli l/sut (ma‟lum bir davrga oid) 
Q
sut.o‟r
– o„rtacha suv iste‟moli shu davrga oid 
r
o
soat
мах
soat
soat
Q
Q
К
'
.
.
; K
2
– gacha 1,8 – 2,0 
Bu koeffitsientlar yilning xoxlagan vaqtiga, kuniga yoki oyiga xisoblashda 
qo„llaniladi, jumladan eng oz va eng yuqori suv iste‟moli hamda sutkada iste‟mol 
darajasini o„zgarishlarigacha aniqlab beradi. Bu o„zgarishlar suv ta‟minoti tizimini 
loyixalashda e‟tiborga olinishi lozim. Shuningdek, tizimni eng katta bosim bilan 
ishlashi extimoli darajasi xam ko„zda tutilishi kerak bo„ladi. Bunda, tizimni eng 
maksimal rejim bilan ishlatib ko„rilishi talab etiladi.
Xo„jalik-ichimlik suv ta‟minoti me‟yori aholi yashash sharoitiga bog„liq bo„lib, 
bunda ob-xavo sharoiti, tarixiy an‟analargacha bog„liq bo„ladi. Katta me‟yorlar 
janubiy, va kichik me‟yorlar shimoliy mintaqalarga belgilanadi.
Suvning umumiy sarfi 
1000
/
3
N
К

Q
soat
sut
sut
m
,
Bu yerda 
q – suvdan foydalanishnig solishtirma kunlik me‟yori, l/sut; 
K
sut
, K
soat
– suv iste‟molini kunlik va soatlik notekislik koeffitsienti; 
N – iste‟molchilar soni 


49 
Tekis yoki o„zgarmas suv iste‟molida 
1000
)
(
.
qN
Q
sut

, m
3
/sut,
Bu yerda 
q – turli yashash sharoitlarida solishtirma suv iste‟moli, l/sut; 
N – ma‟lum bir yashash sharoitlariga ega aholi soni 
Kommunal xo„jaligida suv iste‟molini bashoratlashda, jumladan, shaxar bosh 
rejasini tuzishda, aholi soni, yashash sharoitlarini va solishtirma suv iste‟molini 
oshirish va yaxshilash ma‟lumotlaridan foydalaniladi. Bu uchta ko„rsatgichlar: aholi 
soni – statistik ma‟lumotlardan; solishtirma suv iste‟moli – suv ta‟minoti tizimidagi 
suv iste‟moli ko„rsatgichi o„sishi taxlillariga tayaniladi. Yashash uchun qulay sharoit 
ko„rsatgichi tibbiy-gigienik tadqiqotlar natijalaridan nazariy xulosa qilinadi. Yashash 
sharoitlar ko„rsatgichi xozirda eng qiyin bashorat qilish ob‟ekti xisoblanadi.
Suv ta‟minoti tizimini loyixalashtirishdagi xo„jalik-maishiy extiyojlarga 
sarflanadigan solishtirma suv iste‟moli me‟yorlari 5.6-jadvalda keltirilgan. 
Xo„jalik-maishiy extiyojlarga sarflanadigan solishtirma suv iste‟moli me‟yorlari 
5.6-jadval 
Binoning qulaylilik 
sharoiti 
Bir kishiga 
solishtirma suv 
iste‟moli, l/sut 
notekislik koeffitsienti 
Ksut 
Ksoat 
Suv 
ta‟minoti 
va 
kanalizatsiya 
tizimi 
bo„lmagan 
30 
– 
shimoliy 
tumanlar 
50 
– 
janubiy 
tumanlar 
1,33 – 1,20 
2,0 – 1,8 
Suv 
ta‟minoti, 
125 - 160 
1,12 – 1,13 
1,50 – 1,40 


50 
kanalizatsiya 
tizimi 
(vannasiz) 
Suv 
ta‟minoti 
va 
kanalizatsiya 
tizimi 
xammomi 
va 
gaz 
kolonkasi bilan 
160 - 230 
1,11 – 1,09 
1,30 – 1,25 
Suv 
ta‟minoti 
va 
kanalizatsiya tizimi va 
markazlashgan 
issiqlik 
ta‟minoti 
230 - 350 
1,09 – 1,09 
1,25 – 1,20 
Jadvaldan ko„rinib turibdiki kunlik va soatlik notekislik koeffitsientlari 
solishtirma suv iste‟moliga proporsional. 
Suvni sutka davomida taqsimlanishi suv iste‟moli xisobi grafigi asosida qabul 
qilinadi. Ularni tuzishda, turli xil extiyojlarga sarflanayotgan suvning maksimal suv 
olinishi vaqtlari to„g„ri kelib qolmasligi oldini oluvchi loyixaviy texnik echimlaridan 
kelib chiqib bajariladi. 
3) 
Kommunal suv ta‟minotining uchinchi jixati, bu uning SXMdagi roli va 
boshqa SXMning qatnashchilariga ta‟siri bilan bog„liq. Ayniqsa bu yer usti 
suvlaridan foydalanishda yaqqol ko„rinadi. 
a) birinchi navbatda bu suv omborlarida ma‟lum bir suv satxini 
ta‟minlash talablariga tegishli. Bu talab shundan iboratki, suv olish inshootining 
so„ruvchi quvurlariga xavo kirmasligi va ifloslanmasligi darajasigacha 
chuqurlashtiriladi, ya‟ni bunda suv olish chuqur qatlamlardan olinishi kerak. Biroq, 
shu bilan birga suv juda chuqur qatlamlardan ham olinmasligi lozim, chunki unda 
mayda zarralar va organik moddalar tarkibi va juda kam kislorod mavjud bo„ladi. 
b) gidrouzellarning pastki beflarida suv tortish inshootlarida ularning 
barqarorligini ta‟minlash maqsadida ko„p xollarda maxsus suv xavzasidan suv 
oqizish joyi talab qilinadi. Suv oqizish joylari kompleks xam transport-suv 
ta‟minotiga oid, yoki baliqchilik suv ta‟minotiga oid qurilma bo„lishi mumkin.


51 
Kompleks suv o„tkazishda barcha suvdan foydalanuvchilar manfaatlari 
inobatga olinadi, ammo birinchi navbatda – kommunal-maishiy xo„jalik manfaatlari 
inobatga olinadi.
v) kommunal xo„jaligi suv sifati va uni tekis ta‟minotini talab qiladi. Bunga 
sanoat va sug„orma dexqonchilik faoliyati muayyan darajada salbiy ta‟sir etadi, 
chunki ularningoqava suv tashlamalari yer usti suvlarining sifatini yomonlashtiradi. 
Salbiy ta‟sirni yana chorvachilik komplekslari, suv transporti, yog„och oqizish, 
rekreatsiya xam keltirib chiqaradi. SHu sababdan, ba‟zi suv omborlari zonalarida 
dam olish va cho„milish komplekslarini qurish taqiqlanadi. 
g) o„z navbatia, kommunal-maishiy xo„jalik oqova suvlari suv sifatiga (ba‟zida 
yer osti suvlariga xam), ayniqsa suv tashlanmalari hududlariga salbiy ta‟sir qiladi.
Bu SXMning oqim bo„ylab quyi joylashgan ko„pchilik bo„laklariga – 
baliqchilik xo„jaligi, aholi ashash punktlari, sanoat, rekreatsiya, aholi punktlari suv 
ta‟minotiga yomon ta‟sir o„tkazadi. Shuning uchun tozalanmagan suvlarning tashlash 
qat‟iy ta‟qiqlanadi. Yaxshi sharoit yaratilishi uchun, aholi punktlarida kanalizatsiya 
tizimini keng joriy etish, takroriy ishlatiladigan suvlarni yaxshi tozalash ishlari 
tashkillashtirilishi kerak.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling