Suv resurslarini boshqarish


Oqava suv chiqarishni me‟yorlashtirish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
srmf

Oqava suv chiqarishni me‟yorlashtirish
Oqava suvlar yoki chiqindi suvlar – aholi yashaydigan punktlardan tashqariga 
chiqarib tashlanadi. Chiqindi suvlar xajmiga suv xavzalariga tashlanadigan barcha 
suvlar va turli tashkilotlar tozalashga beriladigan suvlar ham kiradi.
Oqava suvlar tashlash me‟yori – maxsulot birligini ishlab chiqarishda sarf 
etishga rejalashtirilgan va ruxsat etilgan miqdordir. Me‟yorlar turli ifloslangan suvlar 
darajasiga qarab ajratiladi va ikki guruxga bo„linadi: 
- tozalash talab qilinadigan; 


43 
- me‟yoriy (shartli) toza, ya‟ni tozalash talab etilmaydigan. 
Suvni sifatini baxolash maxalliy suvdan foydalanish va muxofaza qilish 
organlari tomonidan bajariladi.
Maxsulot birligini ishlab chiqarishga sarf etiladigan suvning (yoki 1 kishiga), 
ya‟ni, individual suv sarfining me‟yori qo„llaniladigan uskuna, ishlab chiqarish 
texnologiyasi va ifloslanish darajasiga bog„liq bo„ladi. 
Oqava suv chiqarish me‟yori toza suv iste‟moli me‟yoridan, qaytmas suv suv 
sarfi va suvni foydalanish jarayoni yo„qolishidan kelib chiqib aniqlanadi. 
)
(
.
П
Б
Н
Н
i
ts
i
suvsarfi
bu yerda N
i.ts-i
– individual toza suv iste‟moli me‟yori; 
Б – qaytmas suv iste‟moli normativi
П – ishlab chiqarishda qaytmas suv sarflari normativi (bug„lanish, yo„qotish, 
transpiratsiya, filtratsiya va xkz.). 
Suv iste‟moli va suv sarfi me‟yori xar besh yilda ko„rib chiqiladi va 
texnologiya va suv ta‟minoti tizimi takomillashishi belgilarini e‟tiborga olingan xolda 
qaytadan tasdiqlanadi,. Normativlar xisobi va me‟yorlar korxonaning o„zida ishlab 
chiqiladi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Iste‟mol qilinadigan va tashlanadigan suvlar sifatining xisobi 
Suv sifati va tarkibi undan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarida va 
sanitar-gigienik talablarga qarab belgilanadi.
Texnik suv, uni ishlatilish maqsadlariga ko„ra 4 kategoriyaga ajratiladi: 
I – issiqlik tashuvchi suv, ya‟ni atom elektrstansiya, issiqlik suv ta‟minoti 
zavodi, GRES (issiqlik va sovitish uzatish). U qattiq bo„lmasligi va iste‟mol 
qilinishida tozalashni talab qilmasligi kerak. 
II – maxsulot bilan bevosita aloqada bo„ladigan suv, (xom-ashyoni, idish va 
tayyor maxsulotlarni yuvish). Bunda suv turlicha ifloslanadi. 


44 
III – maxsulot tarkibiga kiradigan suv, ya‟ni, xom-ashyo sifatida iste‟mol 
qilinadigan suv. Iste‟mol maxsulotlari, spirt, kislota va xakozalarni olish.
IV – kompleks maqsadlarda foydalanish (mexanik aralashmalar tashuvchi va 
shu bilan birga sovutish sifatida). 
Suvning asosiy ifloslanishi II va IV guruxlardan kelib chiqadi. 
Suv ob‟ektlariga tashlanadigan oqova suvlar sifatini aniqlashda uning tarkibida 
mavjud barcha komponentlar xisoblanadi, ya‟ni, suv ob‟ektidagi suv va oqova suv 
tarkiblari taqqoslanadi. Ideal variant – bu oqova tarkibining suv ob‟ektidan 
chiqarilayotgan suvlar tarkibidan katta farq qilmasligidir.
Bunday ma‟lumotlar asosida ishlab chiqarishning ratsional texnologiyasi 
tanlanadi, oqovalar suv ob‟ektlariga keltirgan zararlar aniqlanadi, tozalash inshootlari 
va tadbirlari xisoblanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling