Suv resurslarini boshqarish
Xavzaning bir qismi miqyosidagi SXM
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
- Bu sahifa navigatsiya:
- SXMni inshoot turlari va qatnashchilar soni bo„yicha tasniflash
Xavzaning bir qismi miqyosidagi SXM – bu daryo xavzasining aloxida
qismlarida tashkil etilgan bo„linma xisoblanadi. Bunda xavza SXM olib borayotgan birlamchi ishlarni tartiblash maqsadida tashkil etiladi. Bu yerda tabiatni muxofaza qilish masalalari, daryo hazasi suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari to„liqroq ishlab chiqiladi. SXMni inshoot turlari va qatnashchilar soni bo„yicha tasniflash SXMni inshoot turlari va qatnashchilar soni bo„yicha tasniflashda - ishlash funksiyalari jixatidan bir-biri bilan bog„liq SXM qatnashchilari birgalikda ko„riladi. Ularga: 1) bir bo„g„inli soxalar, masalan, sug„orish yoki energetika 2) ko„proq bir bo„g„inli lekin, ko„r tarmoqli SXM lar tashkil etiladi. Masalan: 38 Suv ta‟minoti, sug„orish, energetika, baliqchilik, suv chiqarish va x.o. 3) ko„p bo„g„inli va ko„p tarmoqli (kaskadli) SXM qatnashchilari. Masalan: Suv ta‟minoti, sug„orish, energetika, baliqchilik, suv chiqarish, transport, dam olish, tabiatni muxofaza qilish va x.o. Bunday SXMning ishi atrof-muxitga katta salbiy ta‟sir o„tkazadi, jumladan suv manbalariga, shuning uchun suv resurslarini muxofaza qilish komlpeksini tashkil etishga extiyoj tug„iladi. 4) bir daryo xavzasidan boshqasiga suvni o„tkazish, ya‟ni xavzalararo ko„ptarmoqli SXM tizimi. SXMning bunday turi, uning kaskadlarini qurish bilan yakunlanadi. Qurilish ishlarining butkul tugatilishi bilan samarali tizim ishga tushadi. Bunday majmualar xudud sharoitida iqtisodiyot rivojlanishiga stimul paydo qiladi va suvdan ratsional foydalanishga ko„mak bo„ladi. 5) Suvni muxofaza qilish SXM. Sug„orish I – sug„orish ishlarining ta‟siri, yer osti suvlari satxini ko„tarilishi, tuproq sho„rlanishi, grunt va yer usti suvlarining ifloslanishi, o„rmonzorlar, xar xil o„tlar samaradorligini kamayishi. II – suv omborlarining ta‟siri (suv bosishi, suv kamayishi, daryo qirg„oqlarining o„zgarish). III – daryo o„zanlarida suv sarfining tabiatga ta‟siri (toshqin, qurish, yer sho„rlanishi). IV – suv olinishining suv sifatiga ta‟siri. Suv muxofaza qilish majmuasi deb suv ob‟ektlarini kerak bo„lgan miqdorda va sifatda inshootlar va uskunalar yordamida saqlashga xizmat qiluvchi majmuaga aytiladi. Bundan ko„rinib turibdiki, tabiatni muxofaza qilish majmualarining xar bir bo„limida u xar xil vazifani bajarishi mumkin masalan: sug„orishdan kelib chiqadigan zararlarga qarshi kurash (I), suv omborlari salbiy ta‟sirini bartaraf etish (II), daryo o„zanlarida belgilangan suv oqimini o„zgartiruvchi uskunalarning salbiy ta‟sirlari va 39 oqibatlarini bartaraf etish (III), suv chiqindilarining suv sifatiga salbiy ta‟sirini yo„qotish (IV). Demak, shuni ta‟kidlashimiz mumkinki, suvni muxofaza qilish majmuasi SXMga salbiy ta‟sir qiluvchi quritish ob‟ektlarni, sug„orish, suv omborlari, suv ob‟ektlarining ifloslangan qismlari kabilarni o„z ichiga oladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling