Suv resurslarini boshqarish
SXMni miqyos bo„ylab tarqalishi
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
srmf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global miqyosda.
- Davlat miqyosidagi SXM
- Mintaqaviy miqyosidagi SXM
- Xavza miqyosidagi SXM
SXMni miqyos bo„ylab tarqalishi
Amalda SXM inshootlar turlari va qatnashchilari xususiyati bo„yicha tasniflanadi. Miqyos bo„ylab SXM quyidagi guruxlarga ajratiladi - global (Davlatlararo), - davlat, - mintaqaviy, - xavza, - xavzaning ayrim qismlari. Global miqyosda. Bunga chegaraviy daryo va bir nechta davlatlar bo„ylab o„tgan tranzit daryolar kiradi. Bularga masalan, Sirdaryo va Amudaryo (Markaziy Osiyo), Amur (Rossiya va Xitoy), Pripyat (Belorussiya va Ukraina), Dunay (bir nechta davlatlar) kabi suv havzalari kiradi. Davlat miqyosidagi SXM – yaxlit suv xo„jaligi tizimi (YASXT)ga tenglashtiriladi. Bunday tizimning yagona belgisi bu davlatlarning iftisodiy rivojlanishning uzoq muddatli bashorati asosida suv xo„jaligi muammolarini echishga yo„naltirilganligidir. Bunda suvga bo„lgan talabga javob berishda qo„shimcha, olisda joylashgan suv resurslardan foydalanish ham qo„l keladi. 37 Mintaqaviy miqyosidagi SXM – tuman suv xo„jaligi muammolarini xal etuvchi mintaqa suv xo„jaligi tizimi. Asosiy maqsad – mintaqada suv resurslaridan samarali foydalangan xolda iqtisodiy ko„rsatkichlarini oshirish. Bunday SXMlarga misol tariqasida – Volga, Dnepr, Don, Irtish, Markaziy Osiyo daryolari kabilarni keltirish mumkin, ya‟ni bunda bir nechta iqtisodiy mintaqalar yaqin bo„lgan daryoning suv resurslaridan umumiy maqsadlarda foydalaniladilar. Bunda daryolarning suv resurslaridan foylanishning mintaqaviy rejalari asos bo„lib xizmat qiladi. Xozirgacha ko„plab tashkil etilgan SXMlar ko„rsatadiki davlat ishlab chiqarish kuchi rivojlanishi bilan suv resurslaridan foydalanishga bo„lgan talab oshishi kuzatiladi. Xavza miqyosidagi SXM – bu suv resurslaridan kompleks foydalanishga mo„ljallangan bitta xavzaning SXMsi xisoblanadi. U ko„pincha melioratsiya va gidroenergetika maqsadlarida tashkil etiladi. Yirik daryolar xavzalarida 15-20 yilga mo„ljallangan istiqbolli “Suv va yer resurslaridan foydalanishning kompleks rejasi” (SERFKR) tuzilgan. Unda tumanning suv xo„jaligini rivoji va ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy sharoitining jixatlari to„liq keltiriladi. Rejada undan tashqari, butun xo„jalikning rivojiga bag„ishlangan chora- tabdirlar asosli ravishda ishlab chiqiladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling