Suv resurslarini boshqarish


SXM qatnashchilari - suvdan foydalanuvchilar va suv iste‟molchilari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana17.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1206638
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
srmf

SXM qatnashchilari - suvdan foydalanuvchilar va suv iste‟molchilari 
SXM qatnashchilari ikki guruhga bo„linadi suvdan foydalanuvchilar va 
iste‟molchilari. 
Suv iste‟molchilari guruxiga o„z ehtiyojlarini qondirish uchun suv ob‟ektidan 
suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi, uni miqdori va sifatini o„zgartirgan 
xolda foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxslar kiradi. Bunda suvning ma‟lum 
bir qismi bug„lanish orqali yoki maxsulotga sarf etilgan xolda kamayib ketadi. Suv 
iste‟molchilari suv miqdori va sifatiga ta‟sir o„tkazadilar. Asosiy suv iste‟molchilari – 
sanoat, kommunal suv ta‟minoti va qishloq xo„jaligi va x.o. 
Suvdan foydalanuvchilar guruxiga – suv resurslarini suv ob‟ektidan olmagan 
holda ulardan o„z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi s va sifatiga ta‟sir qilmasdan 
balkim texnologik operatsiyalarda (baliqlarni urug„lantirish, yog„ochlarni oqizish, 
dam olish va turizm maqsadlarida) yuridik yoki jismoniy shaxs va xo„jaliklar kiradi.
Lekin suvdan foydalanuvchilar va iste‟molchilar tomonidan suv resurslaridan 
foydalanish hajmi ortgan sari ular orasidagi farq kamayib boradi. Masalan, elektr 
quvvatini olishda suv omborlarini tashkil etilishida, suvning bir qismi bug„lanishga 
va filtratsiyaga sarf bo„lib yo„qoladi, va bunda SXMning boshqa qatnashchilari suv 
ta‟minoti holatiga ta‟sir etadi. Bunday xodisalar issiqlik va atom stansiyalarini 
sovutish maqsadida ishlatiladigan suv omborlarida xam yuz beradi. Baliqchilikda 
bo„lsa, sayozliklar suv bilan to„ldirilgan keyin suvning ma‟lum bir qismi 
bug„lanishga sarf bo„ladi. Shu sababli bu ikkita turkumlarni birlashtirish to„g„ri 
bo„ladi. Suvdan foydalanishda aksincha suv iste‟moli va oqava suv chiqarilishi 
mavjud. 


40 
Suv iste‟molida suv suv ob‟ektidan yoki suv ta‟minoti tizimidan olinadi. Oqava 
suv chiqarib tashlanishi yoki chiqindi suvlar – aholi yashaydigan punktlardan 
tashqariga chiqarib tashlanadi. Uning tarkibiga barcha ishlatilib chiqarib tashlangan 
suvlar kiradi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling