«сув сарфини улчаш иншоатларидан фойдаланиш графигини ишлаб чикиш»
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
oSN3TNUEWsBnhGD19Cv78dXtsayJsQUdNDyOvcFR
- Bu sahifa navigatsiya:
- INSTITUTI «GIDROMELIORATIV TIZIMLARIDAN FOYDALANISH» KAFEDRASI «GIDROMELIORATSIYA TIZIMLARIDAN FOYDALANISH»
- TUZUVCHILAR: GMTF kafedrasi mudiri A.G.Sherov Assistant A.I.Gafarova TAQRIZCHILAR
- MUNDARIJA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI «GIDROMELIORATIV TIZIMLARIDAN FOYDALANISH» KAFEDRASI «GIDROMELIORATSIYA TIZIMLARIDAN FOYDALANISH» FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY QO’LLANMA Toshkent 2019 y. 2 GMTF kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu metodik qo’llanma institut Ilmiy Kengashining 2019 yil 30 may dagi, №. 5- sonli majlisida ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiya qilindi. Ushbu qo’llanma soha bo’yicha ta’lim olayotgan magistratura mutaxassisligi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash izlanuvchilari uchun mo’ljallangan. TUZUVCHILAR: GMTF kafedrasi mudiri A.G.Sherov Assistant A.I.Gafarova TAQRIZCHILAR: t.f.d. Yakubov M.O – TIQXMMI qoshidagi “Irrigatsiya va suv muammolari” ilmiy-tadqiqot institute etakchi ilmiy xodim q/x.f.d. Isayev C. – Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professori © Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2019 3 MUNDARIJA 1. Kirish ........................................................................................................................................................................... 5 2. 1-laboratoriya ishi. «Tomson» nomli suv sarfini o’lchash inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish ............................................................ 16 3. 2-laboratoriya ishi. «Chipoletti» nomli suv sarfini o’lchash inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish ............................................................ 18 4. 3-laboratoriya ishi. «Ivanov» nomli suv sarfini o’lchash inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish .............................................................................................. 20 5. 4-laboratoriya ishi. «PARSHALL» nomli suv sarfini o’lchash inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish ............................................................ 22 6. 5-laboratoriya ishi. Past bosimli TIQXMMI quvur-tomizgichlar suv sarflarini boshqarish grafigini ishlab chiqish ...................................................................... 24 7. 6-laboratoriya ishi. Suv sarfini o’lchaydigan Tomson inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish va o’lchashlarining xatolik darajasini aniqlash ............................................................................................................................................. 28 8. 7-laboratoriya ishi. Suv sarfini o’lchaydigan Chipoletti inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish va o’lchashlarining xatolik darajasini aniqlash ............................................................................................................................................ 30 4 Ushbu uslubiy qo‘llanmada turli suv o‘tkazgichlarda suv sarfini o‘lchash, shu bilan birga, suv sarfi va oqim hajmining parametrlari o‘zgarib turadigan suv sathi o‘rtasida bog‘lanishlar bo‘yicha ishlar bajariladi. Bu ishlar talabalarga ishlab chiqarishda yangi texnik echimlarni echishga amaliy yordam berdi. Laboratoriya ishlarining asosiy maqsadi ochiq o‘zanlarda suv sarfini o‘lchash usullari va moslamalari bilan tanishish, ularda ulchovlar olib borish, olingan natijalar yordamida sug‘orish tarmoqlarida suvni hisobga olishni grafigini chizishdir. Laboratoriyada suv o‘lchash moslamalari ichida eng katta e’tiborni ishlab chiqarishda avvaldan ma’lum va foydalanib kelinayotgan ishonchli Tomson, Chipoletti, Ivanov va SANIIRI rusumli suv o‘tkazgichlarda ulchov va xisob-kitob ishlari bajariladi. 5 KIRISH 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida: “Er va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifamizdir”, "Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng qo‘llashdan iborat " borasida suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Shu maqsadda Respublikada suvdan tejamli foydalanish nafaqat dexqon- fermer va suvchilarning vazifasidir, u butun xalkimiz oldida turgan muqaddas burchimizdir. Mustakillik davrida xam suvdan tejamli foydalanishga sezilarli darajada erisha olganimiz yo‘q. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamiz bo‘yicha keng miqiyosda ekinlarni etishtirishda suv tejamkor innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarmaganimiz va qo‘llay olmaganimizdir. Ushbu muammoni echishga ham boshqa soxalardagi kabi Prezidentimiz SHavkat Miromanovich Mirziyoev bosh isloxatchi bo‘lib bugungi kunning dolzarb qarorini chiqardi. Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xom ashyosini etishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-sonli qaroriga asosan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini keng joriy qilish, 2019-2022 yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermerlar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish ko‘lamini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu qarorning muxim jixatlaridan biri tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanuvchilarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan tizimi ishlab chiqilib joriy etilmoqda. Jumladan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar g‘o‘za ekiladigan maydonga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish uchun 8 mln subsidiya berilishi, maxaliy tomchilatib sug‘orish tizimini ishlab chiqaruvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish, tomchilatib sug‘orish tizimini qurish va servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi guruxlar tashkil etilishlari ushbu tizimning respublikada keng miqyosda joriy etilishiga xizmat qilmoqda. Xozirgi suv tanqisligi davrida nafaqat suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek suvni aniq o‘lchash va taqsimlash ishlari ham suv sarfini iqtisod qilishga katta xizmat qiladi. Ushbu uslubiy qo‘llanmada past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimida va boshqa xar xil suv o‘tkazgichlarda suv sarfini o‘lchash bo‘yicha laboratoriya ishlari keltirilgan. 6 Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling