«сув сарфини улчаш иншоатларидан фойдаланиш графигини ишлаб чикиш»


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1619269
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
oSN3TNUEWsBnhGD19Cv78dXtsayJsQUdNDyOvcFR



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI 
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI
INSTITUTI 
«GIDROMELIORATIV TIZIMLARIDAN FOYDALANISH» 
KAFEDRASI 
 
«GIDROMELIORATSIYA TIZIMLARIDAN FOYDALANISH» 
FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI 
BAJARISH BO’YICHA 
 
USLUBIY QO’LLANMA 
Toshkent 2019 y. 



GMTF kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu metodik qo’llanma 
institut Ilmiy Kengashining 2019 yil 30 may dagi, №. 5- sonli majlisida ko’rib 
chiqildi va chop etishga tavsiya qilindi. 
Ushbu qo’llanma soha bo’yicha ta’lim olayotgan magistratura mutaxassisligi 
bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash 
izlanuvchilari uchun mo’ljallangan.
TUZUVCHILAR: 
GMTF kafedrasi mudiri A.G.Sherov 
Assistant A.I.Gafarova 
 
 
 
TAQRIZCHILAR: 
t.f.d. Yakubov M.O – TIQXMMI 
qoshidagi 
“Irrigatsiya 
va 
suv 
muammolari” ilmiy-tadqiqot institute 
etakchi ilmiy xodim 
 
q/x.f.d. Isayev C. – Irrigatsiya va 
melioratsiya kafedrasi professori 
© 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti, 2019 



MUNDARIJA 
 
1. Kirish 
...........................................................................................................................................................................

2. 1-laboratoriya ishi. «Tomson» nomli suv sarfini o’lchash 
inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish
............................................................ 
16 
3. 2-laboratoriya ishi. «Chipoletti» nomli suv sarfini o’lchash 
inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish
............................................................ 
18 
4. 3-laboratoriya ishi. «Ivanov» nomli suv sarfini o’lchash inshootidan 
foydalanish grafigini ishlab chiqish
.............................................................................................. 
20 
5. 4-laboratoriya ishi. «PARSHALL» nomli suv sarfini o’lchash 
inshootidan foydalanish grafigini ishlab chiqish
............................................................ 
22 
6. 5-laboratoriya ishi. Past bosimli TIQXMMI quvur-tomizgichlar suv 
sarflarini boshqarish grafigini ishlab chiqish
......................................................................
24 
7. 6-laboratoriya ishi. Suv sarfini o’lchaydigan Tomson inshootidan 
foydalanish grafigini ishlab chiqish va o’lchashlarining xatolik 
darajasini aniqlash
.............................................................................................................................................
28 
8. 7-laboratoriya ishi. Suv sarfini o’lchaydigan Chipoletti inshootidan 
foydalanish grafigini ishlab chiqish va o’lchashlarining xatolik 
darajasini aniqlash
............................................................................................................................................
30 



Ushbu uslubiy qo‘llanmada turli suv o‘tkazgichlarda suv sarfini o‘lchash, 
shu bilan birga, suv sarfi va oqim hajmining parametrlari o‘zgarib turadigan suv 
sathi o‘rtasida bog‘lanishlar bo‘yicha ishlar bajariladi. Bu ishlar talabalarga ishlab 
chiqarishda yangi texnik echimlarni echishga amaliy yordam berdi. 
Laboratoriya ishlarining asosiy maqsadi ochiq o‘zanlarda suv sarfini 
o‘lchash usullari va moslamalari bilan tanishish, ularda ulchovlar olib borish, 
olingan natijalar yordamida sug‘orish tarmoqlarida suvni hisobga olishni grafigini 
chizishdir. Laboratoriyada suv o‘lchash moslamalari ichida eng katta e’tiborni 
ishlab chiqarishda avvaldan ma’lum va foydalanib kelinayotgan ishonchli Tomson, 
Chipoletti, Ivanov va SANIIRI rusumli suv o‘tkazgichlarda ulchov va xisob-kitob 
ishlari bajariladi. 



KIRISH 
2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomasida: “Er va suv resurslaridan oqilona 
foydalanish borasidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini 
ta’minlash eng muhim vazifamizdir”, "Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan 
sug‘orish texnologiyalarini keng qo‘llashdan iborat " borasida suv xo‘jaligi 
sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan dolzarb vazifalarni 
belgilab berdi. 
Shu maqsadda Respublikada suvdan tejamli foydalanish nafaqat dexqon-
fermer va suvchilarning vazifasidir, u butun xalkimiz oldida turgan muqaddas 
burchimizdir. Mustakillik davrida xam suvdan tejamli foydalanishga sezilarli 
darajada erisha olganimiz yo‘q. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamiz 
bo‘yicha keng miqiyosda ekinlarni etishtirishda suv tejamkor innovatsion 
texnologiyalarni ishlab chiqarmaganimiz va qo‘llay olmaganimizdir. Ushbu 
muammoni echishga ham boshqa soxalardagi kabi Prezidentimiz SHavkat 
Miromanovich Mirziyoev bosh isloxatchi bo‘lib bugungi kunning dolzarb qarorini 
chiqardi. Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi 
“Paxta xom ashyosini etishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng 
foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-sonli qaroriga asosan tomchilatib sug‘orish 
texnologiyasini keng joriy qilish, 2019-2022 yillarda paxta-to‘qimachilik 
klasterlari va fermerlar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini 
joriy qilish ko‘lamini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu 
qarorning 
muxim 
jixatlaridan 
biri 
tomchilatib 
sug‘orish 
tizimidan 
foydalanuvchilarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan tizimi 
ishlab chiqilib joriy etilmoqda. Jumladan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
har bir gektar g‘o‘za ekiladigan maydonga tomchilatib sug‘orish tizimini joriy 
qilish uchun 8 mln subsidiya berilishi, maxaliy tomchilatib sug‘orish tizimini 
ishlab chiqaruvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish, tomchilatib sug‘orish tizimini 
qurish va servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi guruxlar tashkil etilishlari ushbu 
tizimning respublikada keng miqyosda joriy etilishiga xizmat qilmoqda.
Xozirgi suv tanqisligi davrida nafaqat suv tejovchi texnologiyalarni joriy 
qilish, shuningdek suvni aniq o‘lchash va taqsimlash ishlari ham suv sarfini iqtisod 
qilishga katta xizmat qiladi. Ushbu uslubiy qo‘llanmada past bosimli tomchilatib 
sug‘orish tizimida va boshqa xar xil suv o‘tkazgichlarda suv sarfini o‘lchash 
bo‘yicha laboratoriya ishlari keltirilgan. 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling