«сув сарфини улчаш иншоатларидан фойдаланиш графигини ишлаб чикиш»


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana08.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1177525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Laboratoriya-конвертирован (3)

Kanallarda suvni hisobga olish 
 
Xozirgi kunda eng dolzrab muammolardan biri suv resurslaridan unumli va 
tejamli foydalanishdir. Chunki ularning mavjudligi yoki etishmasligi ko‘p 
xolatlarda Respublika qishloq xo‘jaligi xolatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Suv resurslarini etishmasligi ortmoqda, bu esa o‘z navbatida ichimlik suvi 
sifatini pasaytirishga, erlarni yaroqsiz bo‘lib qolishiga va boshqa salbiy oqibatlarga 
olib kelayapti. Respublikada 90% dan ko‘p erlarga suv nasos yordamida uzatiladi. 
Buning uchun esa maxsus moslamalar zarur, ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish, 
ta’mirlash va ularni zamonaviylashtirish kerak. Shularga e’tibor olgan xolda, 
respublikada katta e’tiborni suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, ularni 
qa’tiy nazorat qilish va xisobga olishga berilayapti. SIU va fermer xo‘jaliklari xam 
foydalanilayotgan suvni to‘g‘ri xisobga olishdan manfaatdorlar. Ularga qancha suv 
berildi va uni to‘lovi qancha bo‘lishini bilish juda muximdir. 
Shuning uchun raqabatbardosh suv o‘lchash moslamalarini ishlab chiqarish 
xozirgi vaqtda nixoyatda zarur. Chunki sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchash 
qurilmalarining yalpi qurilishi tezkorlik bilan olib borilayapti. 
Xar turli yuzalar uchun suv sarfinin novlar yordamida o‘lchash, shu bilan 
birga, suv sarfi va oqim xajmining quduqdagi yagona parametrlari o‘zgarib 
turadigan suv satxi o‘rtasida bog‘lanishlarni aniq bajarish zarur. 
O‘zanli o‘lchash usulining mazmuni shundan iboratki bevosita 
o‘lchanadigan suvning oqish tezligi va maydon bilan qonuniy bog‘lanishda 
bo‘lgan ko‘ndalang kesimining qandaydir elementi bo‘yicha bevosita o‘zan 
oqimida suv sarfini aniqlashdir. O‘zanli usulda suvning sarfini aniqlashda oqim 
kesimining elemenlari va suvning oqish tezligi ma’lumotlaridan foydalaniladi. 
Keyinchalik suv sarflari va suv satxlari o‘rtasidagi bog‘lanishdan foydalanib, yil 
davomida tekshiruv suv sarflarini o‘lchash etarlidir. 
Gidromeliorativ tizimlarda o‘zanli usul bo‘yicha suvni xisobga olishda suv 
sarflari va satxlari o‘rtasidagi bog‘lanishdan Q=f(H) foydalaniladi. Bunda suvning 
satxi doimiy gorizontal tekislikga (post noli) nisbatan olinadi, uning balandlik 
belgisi o‘zan tubidan pastda yoki u bilan bir xil balandlikda bo‘ladi. 
Yuqorida qayd etilgan bog‘lanishni tuzib kelganimizdan so‘ng, xar kuni suv 
sarfi bo‘yicha tekshiruv olib boriladi. Agar o‘lchov natijalari sarflar egri 
chizig‘ining ustiga tushsa, unda keyinchalik suv sarflari egri chizig‘idan 
o‘lchangan suv satxiga mos kelgan suv sarfi qiymati olinadi. 
O‘zanli usul bo‘yicha suvni xisobga olishda quyidagi ishlar olib boriladi: 
 
Dastlabki Q=f(H) bog‘lanishini tuzish uchun o‘zanning xilma-xil 
miqdordagi suv bo‘lganda suv sarflari va suv satxlari o‘rtasida paralel o‘lchashlar 
olib boriladi. 
 
Aniqlangan bog‘lanishga aniqlik kiritish va to‘g‘irlash uchun keyinchalik 
paralel, vaqti-vaqti bilan tekshiruv o‘lchovlar olib boriladi. 
Suv sarfini o‘lchashga suv oqimining ko‘ndalang kesimi maydonini 
aniqlash, o‘rtacha tezlikni esa suv oqimining har turli nuqtalarida o‘lchangan 
tezliklar bo‘yicha aniqlanadi. 
O‘zanli usuli ishlarni olib kelish texnikasi texnik moslamalar turi va suv 
sarfi xisobga olish vositalarining konstruksiyasi bo‘yicha qo‘yidagilarga bo‘linadi. 



 
“Ko‘p nuqtali” suv oqimining “maydon-tezlik” diskretli elementlar 
yig‘indisi asosan suv sarflarini kontrol o‘lchashlarda foydalaniladi. 
 
Gidrometrik post o‘zanida suv sarflarining suv oqimi chuqurligi o‘rtasidagi 
egri chiziqlardan foydalanish. Muntazam suv sarflarini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. 
Yuqorida qayd etilgan suv sarfini o‘lchash usullarini amaliy yaxshilash uchun 
odatdagi simmetrik pog‘onali belgilangan o‘zandan foydalaniladi. 
 
Integratsionli usullarda vaqt bo‘yicha uzluksiz integrallanadi va suvning 
o‘rtacha qiymatlaridan foydalaniladi. Interatsiyali usullarning kelajagi bor, chunki 
o‘zanli usulda o‘lchangan suv sarflari kelajakda avtomatlashtiriladi. 
Suv oqimining tambalangan (podpornыy) o‘zgaruvchan rejimdagi suv 
sarflarini xisobga olish usullari to‘g‘ri kesimli o‘zanlarda qurilgan gidrometrik 
postlarda muntazam suv sarflarini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Usul suvning oqish 
tezligi nisbatan nuqtali o‘lchashga va suvning chuqurligini suv oqimining o‘rta 
vertikallarining birida o‘lchashga asoslangan va maxalliy yoki bo‘lmasa suv sarfini 
mexanizatsiyalangan, avtomatlashgan variantlarda o‘lchash mumkin; 
 
Xarakatdagi suv oqimi qiymatlaridan (Reynolds, Frud, Eyler sonlari va 
boshqa o‘lchamsiz miqdorlar) foydalanish. Bu qiymatlar nuqtada yoki to‘g‘ri 
belgilangan kesimdagi vertikalda joylashgan bo‘lib, suv oqimining butun 
kesimidagi suv sarfiga proporsionaldir. Suv sarfini tekshiruv o‘lchashlarda 
qo‘llaniladi. 
O‘lchash stvorini tanlash, ko‘ndalang kesim maydonini va tezlikni o‘lchash 
nuqtalari aniqlovchi vertikallarning taqsimlanishi shunday qoidalarga amal qilish 
kerakki, ular gidrometrik ma’lumotlarning amaliyot uchun zarur bo‘lgan aniqlikda 
bo‘lishi kerak. 
Suv sarfini o‘lchash postlarda doimiy belgilangan gidrometrik stvorda 
amalga oshiriladi, o‘zan uchastkasida joylashgan bo‘lib, uning chegarasi suvni 
xisobga olish vazifalari va gidravlik sharoitlarga qarab belgilanadi. 
O‘zanning aniqlangan uchastkasi Q=f(H) bog‘lanishni ta’minlash uchun 
qo‘yidagi talablarga mos kelishi kerak. 
O‘zannning tubi va qirg‘oqlari tabiy gruntda bo‘lib, etarli turg‘un bo‘lishi 
kerak. Agar dastlabki kuzatishlarga imkon bo‘lsa qo‘yidagi tenglamadan 
aniqlanadi. 
Bu erda 
-doimiy gorizontal tekislikka nisbatan suv satxining balandligi; 
- tekshiruv vertikallardagi chuqurlik, ular o‘zanning o‘rta qismida 
joylashgan bo‘lib, xar bir keyingi kuzatishlarda belgilanadi; 
n-kuzatishlar soni 
Agar o‘zanning turg‘unligini bilish uchun dastlabki kuzatishlar olib borish 
imkoni bo‘lmasa, unda uni tashqi umumiy belgilar bo‘yicha baxolanadi (yonbag‘ir 
va qirg‘oqlarning tashqi ko‘rinishi, kanal o‘zanining loyqalikdan tozalash bo‘yicha 
ma’lumotlar va boshqalar), postning uchastkasi pastdagi boshqariladigan tambali 



inshootlardan xosil bo‘lgan o‘zgaruvchan dimlanish ta’siridan xoli bo‘lishi kerak, 
xuddi shunday xolat suv oqimi rejimini o‘zgarishi natijasida xosil bo‘ladi. 
Dimlanish xosil bo‘lish joyini taxminan qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlash 
mumkin. 
Bu yerda
-dimlangan suvning qo‘shimcha balandligi, odatdagi suv satxining 
to‘siq oldidagi chuqurligiga nisbatan olinadi; 
-to‘siqdan yuqoridagi kanal tubining o‘rtacha nishabi. 
Butun uzunligi bo‘yicha uchastka to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘lishi, to‘g‘ri 
ko‘ndalang kesimli bo‘lishi kanal tubining nishabi bir xil bo‘lishi kerak. 
Tabiiy manblardagi post uchastkasida suv qirg‘og‘idan toshib ketmasligi, 
orolchalar bo‘lmasligi, asosiy o‘zanga irmoq qo‘shilmasligi kerak. 
Uchastkaning umumiy uzunligi keng daryolarda (100 m dan ko‘p) o‘zanning 
yuqori qismi kengligidan (V) kichik bo‘lishi, o‘rtacha va kichik daryolarda (2-6) 
V, kanallarda esa (4-10) V dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘zan o‘rtacha to‘lgan 
sharoitlarda (ya’ni kam bo‘lishi kerak, keng va katta tor o‘zanli suv oqimlarida) 
Uchastkada va uning yaqinida inshootlar bo‘lmasligi kerak, chunki ular suv 
oqimining tabiiy rejimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin (oraliqda ustunlar bo‘lgan 
ko‘priklar, nasos qurilmalari, kema to‘xtaydigan joy, suv chiqaruvchi moslamalar 
va boshqalar) 
Bosh suv sarfi xisobga olinayotganda uchastkaning yuqori qismi suv 
o‘zanining to‘g‘ondan keyingi mustaxkamlangan qismidan past bo‘lishi va suv 
oqimi xarakatining sokin rejimi bilan birga bo‘lishi kerak. Agar postning 
joylashishi inshootdan yuqori bo‘lsa(dimlangan) uchastkaning qo‘yi chegarasi 
pasayish egri chiziqdan tashqarida bo‘lishi kerak. Uchastkadan yuqori va pastda 
o‘zannning keskin burilishlari bo‘lmasligi kerak, chunki ular suv oqimining paralel 
xarakat qilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. uchastka ishlarini olib borish jixozlarni 
ta’mirlash va ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun kirish joyi va qulay bo‘lishi 
kerak. 
Agarda barcha shartlarni bajarish mumkin bo‘lmasa, unda post uchun 
uchastka tanlashda ularning suv oqimi elementlarini o‘lchash aniqligi uchun qay 
darajada ekanligiga qarab belgilanadi ,ya’ni uchastka bo‘yicha tinchigan suv 
oqmini ta’minlashga xarakat qilinadi. 
Post uchastkasini tanlash va ushbu yil uchun zaruriy ma’lumotlarni olish 
ko‘z bilan chamalash kuzatuvlari va jixozlar yordamida chuqurlik masofalar 
o‘lchanadi va boshqa ishlar olib boriladi. 
Tanlangan uchastka alanda va blandlik bo‘yicha topografik reperlar (mutlaq 
va nisbiy belgilar) yordamida maxkamlanadi, qirg‘oqda qoziqlar qoqib postning 
yuqori va pastki chegaralariga belgilar qo‘yiladi, shu joyda postning suv o‘lchash 
joyi-stvor maxkamlanadi. Qo‘yilgan barcha belgilangan belgilar doimiy 
xisoblanadi va ulaning saqlanishi ta’minlanadi. 
Doimiy reperning blandlik belgisi yaqindagi tizimda reperlar bo‘yicha 
aniqlanadi. Doimiy ishchi stvorda suv sarflar o‘lchanadi shuning uchun bu joy eng 
qulay va gidrometrik ishlar olib borish uchun xavfsiz bo‘lishi kerak. 



Stvor odatda uchastkaning sal pastrog‘ida joylashtiriladi (taxminan yuqori 
chegaradan uchastka uzunligiga nisbatan 0.6 m pastroqda) 
Ishchi stvordagi doimiy vertikallarda suv sarfini o‘lchaganda birinchi 
navbatda ko‘ndalang kesim chuqurliklari va suvning oqish tezligi o‘lchanadi. 
Doimiy vertikallar joyi belgilanganda dastaval qirg‘oqlar, yonbag‘irlar va 
o‘zan tubi bo‘yicha batafsil nivelirovka qilinadi. Vertikallar o‘zanning ko‘rinishini 
(tubi va yonbag‘irlarini) ham maksimal, xam minimal suv satxlarida o‘zgarmaslik 
kerak. Doimiy vertikallar soni 5-10 dan kam bo‘lmasligi (o‘rtacha suv satxida), 
misol uchun suv oqimining ko‘ndalang kesimi yuqori qismi bo‘yicha 3 mdan 5 
mgacha 4-5 ta; 5 m dan 10 mgacha 5-7 ta; 10 m va undan ortiq 7-10 ta vertikal 
bo‘lishi kerak. Bu vertikallar bir-biridan bir xil masofada belgilanadi. Vertikallarni 
nomerlash qirg‘oqdagi doimiy belgilanishdan (nol nuqta) boshlanib, u belgilab 
qo‘yiladi. Gidrometrik stvor bo‘yicha xarakat qilish uchun maxsus gidrometrik 
ko‘prik, paromlar va lyulka po‘lat arqonlarda maxkamlanadi, bundan tashqari 
qirg‘oqdan turib boshqarish uchun maxsus gidrometrik moslamalar o‘rnatiladi. 
Standart konstruksiyalar bo‘lmaganda postni jixozlash uchun ular 
maxkamlanadi va belgilangan tartibda o‘rnatiladi. 
Loyixalashda jixozlarni tanlash va texnikaviy sharoitlarning umumiy xolati 
qo‘yidagilardan iborat:gidrometrik ko‘priklar uncha keng bo‘lmagan o‘zanlarda 
(qirg‘oqlarda o‘rnatilgan tayanch ustunlar o‘rtasidagi uzunlik 20-30 m gacha 
osilma ko‘priklarda 50 m gacha) o‘rnatiladi. 
Ko‘priklar konstruksiyasi suvs oqimi ko‘ndalang kesimni qisib qo‘ymasligi 
va o‘lchashlar olib borishga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Pastki qurilmalar minimal 
balandlikda va maksimal suv satxlardan ancha xavfsiz balandlikda (0.3-0.6 m) 
o‘rnatiladi. 
Yuqorida qayd etilgan usulni boshqa adabiyotlardan o‘rganish shuni 
ko‘rsatadiki, bu usulda yo‘l qo‘yilgan xatolik 10 m
3
/s dan oshganda 10% [24]. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling