Suvda va yog’da eriydigan vitaminlarga xos sifat reaksiyalarni amalga oshirish
Download 36.31 Kb.
|
Biokimyo kholmirzayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-tajriba.
- Ishni bajarish uslubiyoti
Kimyoviy moddalar: surma (III) – xloridi, xloridning xloroformdagi to‘yingan eritmasi, sirka angidrid, xloroform, konsentrlangan sulfat kislota, A vitaminining xloroformdagi 0,05 % li eritmasi, temir (II) sulfatning sirka kislotadagi to‘yingan eritmasi.
Vosita, jixoz, kurilma: shtativ, probirkalar, pipetkalar. 1-tajriba. Surma (III) xloridi bilan qilinadigan reaksiyalar Ishni bajarish uslubiyoti: Quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi tomizib, 4-5 tomchi SbCl3 ning xloroformdagi to‘yingan eritmasidan qo‘shiladi. Aralashma ko‘k rangda bo‘yaladi. Sekin-asta pushti binafsha rangga o‘tadi. Agar probirka nam bo‘lgan bo‘lsa suvni yo‘qotish uchun 1-2 tomchi sirka angidrid qo‘shish mumkin. 2-tajriba. Sulfat kislota bilan qilinadigan reaksiyalar Ishni bajarish uslubiyoti: bir tomchi balik moyi 4-5 tomchi xloroformda eritiladi va 1 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Aralashma ko‘k rangga kirib, qoramtir qizil rangga o‘tadi. 3-tajriba. Temir (II) sulfat bilan qilinadigan reaksiyalar Ishni bajarish uslubiyoti: 1-2 tomchi toza baliq moyi yoki vitaminining 0,05 % li xloroformdagi eritmasidan olib 5-10 tomchi Fe2SO4 muz-sirka kislotadagi to‘yingan eritmasidan tomiziladi. Unga 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Aralashma ko‘k rangga kiradi. Sekin-asta pushti qizil ranga o‘tadi. Karotinlar bu reaksiyada yashil rang beradi. b) “D” vitaminlarga (yog‘da eruvchi) xos sifat reaksiyalari Zaruriy ashyolar: baliq moyi Kimyoviy moddalar: Bromning xloroformdagi eritmasi, 1:60 nisbatdagi anilini reaktivi: Vosita, jixoz, kurilma: SHtativ, probirkalar, pipetkalar, gaz gorelkasi yoki spirt lapma. 1 – tajriba. Kalsiferolga brom xlorofom bilan qilinadigan reaksiya. Ishni bajarish uslubiyoti: Quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi va 3-4 tomchi bromning xloroformdagi 1:60 nisbatdagi eritmasi qo‘shiladi. Suyuqlik yashil havo rang tusga kiradi. Download 36.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling