Suvda va yog’da eriydigan vitaminlarga xos sifat reaksiyalarni amalga oshirish


-tajriba. Anilinga HCl bilan qilinadigan reaksiya. Ishni bajarish uslubiyoti


Download 36.31 Kb.
bet3/7
Sana22.02.2023
Hajmi36.31 Kb.
#1222795
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biokimyo kholmirzayev

2-tajriba. Anilinga HCl bilan qilinadigan reaksiya.
Ishni bajarish uslubiyoti: Quruq probirkaga 1 tomchi baliq moyi va 5 tomchi xloroform quyib aralashtirib turgan holda 1 tomchi anilin reaktividan, 15 qism anilinga 1 kism konsentrlangan HCl tomizib, qizdiriladi. Hosil bo‘lgan sariq emulsiya qizil rangga kiradi.
v) “E” vitaminlarga (yog‘da eruvchi) xos sifat reaksiyalari
E vitaminlari bilan quyida o‘tkaziladigan reaksiyalarda kimyoviy moddalardan temir (III) xloridning 1 % li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota qo‘llaniladi. Bu reaksiyalar mexanizmi tokoferilxinon hosil bo‘lishiga asoslangan.
Zaruriy ashyolar: α-tokoferolning spirtdagi 0,1 % li eritmasi.
Kimyoviy moddalar: temir (III) xloridning 1 % li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota.
Vosita, jihoz, qurilma: shtativ, probirkalar, pipetkalar, shisha tayoqcha.
1-tajriba. Temir (III) xlorid bilan qilinadigan reaksiya.
Ishni bajarish uslubiyoti: Quruq probirkaga 4-5 tomchi α-tokoferolning 0,1 % li spirtli eritmasidan quyib, 0,5 ml 1 % li temir (III) xlorid eritmasidan qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma qizil ranga kiradi. Bu vaqtda tokoferol temir (III) xlorid ta’sirida oksidlanib qizil rangli tokoferilxinonga aylanadi.
2-tajriba. Konsentrlangan nitrat kislota bilan qilinadigan reaksiya.
Ishni bajarish uslubiyoti: Quruq probirkaga 4-5 tomchi α-tokoferolning 0,1 % li spirtli eritmasidan, 10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan quyib probirkadagi aralashma chayqatiladi. Hosil bo‘lgan emulsiya astag‘sekin ikki qatlamga ajraladi; yuqori moysimon qavat qizil ranga kiradi.
d) “K” vitaminiga (yog‘da eruvchi) xos sifat reaksiyalari
Zaruriy ashyolar: metinolning spirtdagi 0,25 % li eritmasi, vikasolning 0,05 % li eritmasi
Kimyoviy moddalar: anilin, sisteinning 0,025 % li eritmasi, NaOH 10 % li eritmasi.

Download 36.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling