Suvlarning turlari
Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash
Download 76.4 Kb.
|
Tahorat qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quduqlar va ularni tozalash
Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash
Ko‘pi toza, ozi nopok bo‘lgan idishlar bir-biriga aralashib ketganida, tahorat uchun ham, ichish uchun ham idishlarning tozasini topishga harakat qilish kerak. Agar ularning ko‘pi nopok bo‘lsa, tahorat qilish uchun tozasi qidirilmaydi, tayammum qilinadi. Nopok va toza kiyimlar bir-biriga aralashib ketsa, xoh ularning ko‘pi nopok bo‘lsin, xoh toza bo‘lsin, tozasini topishga harakat qilish kerak. Quduqlar va ularni tozalash a) Kichik quduqlar: Suvini tortib tugatish mumkin bo‘lgan quduqqa qon yoki aroq kabi najasning tomchisi tushsa, uning barcha suvi chiqarib tashlanadi. Shuningdek, bunday quduqqa to‘ng‘iz (cho‘chqa) tushib ketib, og‘zi suvga tegmay tirik chiqsa ham yoki ichida it, qo‘y, inson o‘lib qolsa yoki kichik bir hayvon tushib o‘lib, shishgan bo‘lsa, quduqdagi barcha suv chiqarib tashlanadi. Shundan so‘ng chiqqan suv toza bo‘ladi. Mazkur holatlarda suvini tortib tugatib bo‘lmaydigan quduqlardagi suv necha paqir ekani ikki mutaxassis tomonidan belgilanadi va undan shuncha suv chiqarib tashlanadi. Tovuq, mushuk kattaligidagi hayvon quduqga tushib o‘lsa va shishmagan bo‘lsa, qirq paqir va yana yigirma paqir suv chiqarilishi kerak. Sichqon yoki sichqon kattaligidagi hayvonlar quduqqa tushib o‘lgan va shishmagan bo‘lsa, yigirma paqir va yetsa o‘n paqir suv chiqarilsa, toza bo‘ladi. Shu yo‘l bilan quduq, paqir, ip va suv tortuvchining qo‘li ham poklangan bo‘ladi. Tuya va qo‘yning bir-ikki qumaloqlari quduq suvini harom qilmaydi. Ammo ular ko‘p bo‘lsa, quduq suvi iflos hisoblanadi. Kaptar, chumchuq kabi go‘shti halol qushlarning go‘ngi suvni iflos qilmaydi. Baliq, qurbaqa kabi qoni oqmas, chivin, pashsha, ari, chayonga o‘xshash qoni yo‘q jonivorlar suvda o‘lsa, suv harom bo‘lmaydi. Badanida najas bo‘lmagan odam, go‘shti halol hayvon quduq suviga tushib, tirik chiqsa, quduq suvi harom bo‘lmaydi. Go‘shti yeyilmaydigan xachir, eshak, lochinga o‘xshash yirtqich qushlar yoki bo‘ri, maymun kabi yovvoyi hayvon ham suvga tushganida, badanida najas bo‘lmasa, chiqishi bilan so‘lagi suvga tushmasa, suv harom bo‘lmaydi. So‘lakning pok, harom, makruh va shubhali ekaniga, qarab hukm qilinadi. Quduqdan qachon tushib ketganligi nomalum, shishib ketmagan hayvon o‘ligi topib olinsa, bir kecha kunduz, agar shishib go‘shtlari titilib ketgan bo‘lsa, uch kecha kunduz avvaldan etiboran quduq suvi iflos bo‘lgan hisoblanadi. Bu muddat ichida o‘sha suvdan tahorat olib o‘qilgan namozlar qayta o‘qiladi va g‘usl qilingan bo‘lsa, yangidan g‘usl qilinadi. Istinjo Erkaklar tahorat ushatganlaridan so‘ng yurib, yo yo‘talib, yo egilib yoki shunga o‘xshash turli harakatlar bilan o‘zlarini najas yo‘lida qolgan siydik tomchilaridan, qalban ishonch hosil qilingunicha, tozalanishlari istibro deyiladi. Payg‘ambirimiz, solladlohu alayhi va sallam: "Qabr azobining aksariyati bavl (siydikdan saqlanmaslik) tufaylidir", deganlar. Hadisi sharifdagi bavldan maqsad, kichik tahorat ushatilgach, orqasidan kelgan siydik tomchilaridir. Bu tomchilardan poklanmay tahorat qilgan kishining tahorati hisobga o‘tmaydi, Chunki bu tomchilar yaxshilab ketkazilmasa, turganidan so‘ng tomib, badan va kiyimni iflos qiladi va tahoratsiz namoz o‘qilgan hisoblanadi. Shu bois siydik tomchilarining aniq to‘xtaganiga qalban ishonch hosil qilmaguncha, tahorat qilish joiz emas. Download 76.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling