CH4 + H2O = CO + 3H2
v) metanga CO2 ta'siri:
CH4 + CO2 = 2CO + 2H2
g) metanni atsetilen hosil bo’lguncha parchalash:
2CH4 = C2H2 + 3H2
Vodorod kimyo sanoatida keng qo’llaniladi. Vodorod suyuqlanish harorati yuqori bo’lgan metallarni oksidlaridan ajratib olishda, ammiak sintez qilishda, suyuq o’simlik yog’laridan qattiq yog’ hosil qilishda, metil spirt olishda va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Atom texnikasidagi termoyadro reaksiyalarida ham vodorodning izotoplari ishtirok etadi. Vodorod juda past va juda yuqori haroratlarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Atomar vodorod yonganda 3000 0C hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |