Suvni stabillashtirish haqida. Suvni stabillashtirishni toppish formulasi


Download 357.86 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2023
Hajmi357.86 Kb.
#1144435
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suvning qattiqligi va uni yumshatishning sanoatdagi ahamiyati 2


Suvning qattiqligi va uni yumshatishning sanoatdagi ahamiyati
Reja:


1 Suvni stabillashtirish haqida.
2 Suvni stabillashtirishni toppish formulasi .
3 Suvni turg’unlashtirish usullari
Suvni stabillashtirish haqida.
Suvni yumshatish – suvni kalsiy va magniy tuzlaridan tozalashdan iboratdir. Bu tadbir ko‘proq korxonalarni suv bilan ta’minlashda qo‘llaniladi. CHunki aksariyati sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari yumshoq suv talab qiladi. Suvning qattiqligi mg ekv/dm3 da o‘lchanadi.1 mg ekv/dm3 qattiqlik suvda 20.04 mg/dm3 Sa yoki 12.16 mg/dm3 Mg bo‘lishini ko‘rsatadi.
Suvning umumiy qattiqligi vaqtincha va doimiy qattiqlikka bo‘linadi. Suv qattiqligi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

  • Juda yumshoq suv 1,5 mg ekv/ dm3 gacha

  • YUmshoq 1,5-3,0 mg ekv/ dm3

  • O‘rtacha 3,0-6,0 mg ekv/ dm3

  • Qattiq 6,0-10,0

  • Juda kattik 10,0 mg ekv/ dm3

GOST talabi bo‘yicha suvning qattiqligi 7 mg ekv/l gacha bo‘lishi talab etiladi.
Suv tozalash amaliyotida suvni yumshatishning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
Termik usul- suvni temperaturasi ko‘tarilib uning tarkibidan erkin karbonat kislotasi ajralib ikki atomli kalsiy va magniy molekulalarining parchalanishi ro‘y beradi. Ca(HCO3)2= CaCO3+ CO2+H2O
Reagent yoki oxakli – soda usuli – suvga soda yoki oxak bilan ishlov berib suvni yumshatishga asoslangan. Suvga soda yoki oxak eritma xolida qo‘shiladi. Ca(OH)2+ Ca(HCO3)2=2 CaCO3+ 2H2O



Reagentli suvni yumshatish kurilmasi

1,8 - Suvni berishi va yumshatilgan suvni chiqarish; 2 – Ejektor; 3 – Kontaktmassali bunker; 4 – Uyurma reaktori; 5 – Reagentlarni kiritish; 6 – Muallak chiqindili tindirgich; 7 – Tezkor filtr; 8 – YUmshatilgan suv chiqarishi; 9 – Kontakt massani tashlash


Kationit (ion almashinuv) usuli. Bosimli kationit filtri ichiga quvurli drenaj sistemasi o‘rnatilgan xavzani eslatadi. Yig‘ma voronka o‘rnatiladi. Drenaj ustiga 2-3 m qalinligida kationit qatlami joylashtiriladi. Suvni qattiqligi qancha katta bo‘lsa kationit qatlami shuncha katta bo‘lib filtrlash tezligi esa shuncha kamroq bo‘ladi.




Download 357.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling