Suvni stabillashtirish haqida. Suvni stabillashtirishni toppish formulasi
Download 357.86 Kb.
|
Suvning qattiqligi va uni yumshatishning sanoatdagi ahamiyati 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mg(HCO 3 ) 2 → MgCO 3 ↓ + H 2 O + CO 2
- Ca(HCO 3 ) 2 + Ca(OH) 2 = 2CaCO 3 + 2H 2 O
- Mg(HCO 3 ) 2 + Na 2 CO 3 = 2NaHCO 3 + MgCO 3
CaCO3 + H2O + CO2 = Ca(HCO3)2
MgCO3 + H2O + CO2 = Mg(HCO3)2 Bikarbonatlar suvda karbonatlarga qaraganda ancha yaxshi eriydi, ular eritmaga o’tadi va natijada suv qattiq suvga aylanadi. Bunday suvda sovun yaxshi ko’pirmaydi, sabzavotlar yaxshi rivojlanmaydi, bug’ qozonlarida quyqa hosil bo’lib, u qozonning portlashiga sabab bo’ladi. Qattiq suvni ishlatishdan oldin yumshatish lozim. Karbonatli suv muvaqqat qattiqlikka, xlorid va sulfatli suv doimiy qattiqlikka ega. Suv har ikkala tuzlarning mavjudligi bilan bog’lik bo’lgan aralash qattiqlikka ega. Qattiqlikni yo’qotishda Ca(HSO3)2 yoki Mg(HCO3)2 erimaydigan holatga o’tkaziladi: Mg(HCO3)2 → MgCO3↓ + H2O + CO2 Hosil bo’lgan karbonatlar cho’kmaga tushadi, natijada suvning qattiqligi yo’qoladi. Qattiqlikni suvga ohakli suv qo’shish yo’li bilan ham oson yo’qotiladi: Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 = 2CaCO3 + 2H2O Doimiy qattiqlikka ega bo’lgan suvni bu usullar bilan yumshatib bo’lmaydi, uni yumshatish uchun soda qo’shiladi: MgSO4 + Na2CO3 = MgCO3 + Na2SO4 MgCl2 + Na2CO3 = MgCO3 + 2NaCl Bu usulni karbonatli qattiqlikni ham, binobarin, aralash qattiqlikni ham yo’qotish uchun bemalol tadbiq etish mumkin: Mg(HCO3)2 + Na2CO3 = 2NaHCO3 + MgCO3 Suvning qattiqligi graduslarda ifodalanadi. Suvning qattiqligi 1 l suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligramm - ekvivalentlari yig’indisi bilan o’lchanadi. 1 gradus qattiqlik 0,35663 mg-ekv kalsiy yoki magniy ionlariga teng. Qattiqlikning har bir mg ekvivalenti suvda 20,04 mg/l Ca2+ yoki 12,16 mg/l Mg2+ bo’lishiga to’g’ri keladi. Suvning qattiqligi 1,5 mekv/l dan kichik bo’lsa, juda yumshoq, 1,5-4 mekv/l bo’lsa, yumshoq, 4-8 mekv/l bo’lsa, o’rtacha qattiq, 8-12 mekv/l bo’lsa, qattiq va 12 mekv/l dan katta bo’lsa, juda qattiq bo’ladi. Qora dengiz suvining qattiqligi 65,5 mekv/l ga okean suvining qattiqligi 130,5 mekv/l ga teng. Vodorod molekulalari juda mustahkam, kam qutblanuvchan, yengil va harakatchan kichik molekuladir. Shu sababli nihoyatda past haroratda (-259,10 0C) suyuqlanadi va (-252,60 0C) qaynaydi. Vodorod suv va organik erituvchilarda juda kam eriydi. Lekin ba'zi metallarda ko’p eriydi. (1 hajm palladiyda 900 hajm vodorod eriydi). Qattiq vodorod geksogonal kristall panjaraga ega. Vodorod molekulasi 20000C dan yuqorida atomlarga parchalana boshlaydi: H2=2H. Molekulyar vodorodni elektr razryaddan o’tkazish natijasida atomar vodorod hosil bo’ladi. Atomar vodorod faol bo’lib, u o’z elektronini boshqa element atomining elektroni bilan juftlashtirishga juda moyildir. Atomar vodorod bevosita fosfor, oltingugurt, mishyak va hatto simob bilan birikadi. Mis, vismut, qo’rg’oshin va kumush oksidlari atomar vodorod ta'sirida qaytariladi. Odatdagi sharoitda vodorod faol bo’lmasa ham, yuqori haroratda ko’pgina elementlar bilan birikadi. U ftor bilangina portlab birikadi, yorug’lik ta'sirida xlor bilan birika oladi (Cl2 + H2 = 2HCl), isitilganda kislorod (2H2 + O2 = 2H2O + Q) va boshqa ko’pgina elementlar bilan reaksiyaga kirishadi. Vodorod metallmaslar bilan kovalent bog’lanib, qutbsiz va qutbli birikmalarni hosil qiladi. Masalan, H2S, H2O, NH3, CH4 va hokazo. Vodorod metallar bilan birikishda bitta elektronni olib, manfiy ionga aylanadi: 2Na + H2 = 2Na (natriy gidrid) Gidridlar beqaror bo’ladi va suv ta'sirida oson parchalanadi: Download 357.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling