Suvni tozalash


Download 45.45 Kb.
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi45.45 Kb.
#1194207
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 talik mavzu biotexnologiya

Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼ-lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining bar-cha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashi-nuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gi-stidin, arginin, aspartat kislota, aspa-ragin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, siste-in, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi


Mikrobiologiya sanoati - sanoat tarmogʻi; ishlab chiqarish jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va boshqalarning donini sanoatda kayta ishlash chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi.
Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan bakteriyali va virusli lre-paratlar, bakteriyali oʻgʻitlar, shunin-gdek, oʻsimlik xom ashyosini kompleks qayta ishlash mahsulotlari — furfurol, ksilit va boshqa ishlab chiqaradi. Mikrobiologiya sanoati fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va mikrobiologiya texnikasi, kimyo, fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va boshqalarning eng yangi yutuqlariga tayanadi.
Mikroorganizmlarga xos boʻlgan moddalarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishlarida yuzaga keladigan ulkan energiyadan qishloq xoʻjaligi va sanoat uchun zarur mahsulotlarni maqsadga muvofiq sintez qiladigan mukam mal muhandislikbiologik sistemalar barpo etilgan.
Mikrobiologiya sanoati mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifatli aralash yem ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yemga qoʻshilgan 1 t yem achitqi tirik vaznda qoʻshimcha 1,5—2 t parranda goʻshti yoki 15—25 ming dona tuxum olishni taʼminlaydi va 3,5—5 t donni tejash imkoniyatini beradi. Yem achitqilari bilan birga ratsionda yetishmaydigan vitaminlar va aminokislotalar, yem antibiotiklari, fermentli preparatlar mollarning ozuqa ratsioniga qoʻshiladi.
Mikrobli va virusli insektitsidlar odamlar, foydali hayvonlar va hasharotlar uchun xavfsiz hisoblanadi.
Fermentli preparatlar qishloq xoʻjaligi xom ashyolariga ishlov berishda bir qator texnologik jarayonlarni ancha tezlashtiradi, oziq-ovqat, goʻsht, sut sanoati, yengil sanoatda mahsulot chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Fermentli preparatlar, shuningdek, kimyo va qora metallurgiya sanoatida, sanoat va kommunal oqova suvlarini tozalash tizimlarida qoʻllaniladi. Mikrobiologiya sanoati mahsuloti boʻlgan lizin, fermentli va oqsilli preparatlar non va non mahsulotlarini, oziq-ovqat kotsentratlarini oqsil bilan boyitish, ularning ozuqalik qimmatini oshirishda foydalaniladi.
Oʻzbekistonda Mikrobiologiya sanoati mahsulotlari "Qoʻqon spirt zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1989; don (bugʻdoy)dan rektifikatsiya qilingan etil spirti), "Andijon biokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1953; furfurol, spirt, etil spirti, quruq xlorella va boshqa mikrobiologiya mahsulotlari); Yangiyoʻl "Biokimyo" aksiyadorlik jamiyati (1949; etil spirti, oʻsimlik xom ashyosidan texnik spirt, yem-xashak achitqisi, quruq yem-xashak qoʻshimchasi), Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi (1946; chigit shulxasi, sholi qipigʻi, paxta lin-ti va boshqalardan furfurin, etil, texnik spirtlar)da ishlab chiqariladi. Mikrobiologiya sanoatining ayrim mahsulotlari "Oʻzfarmsanoat" kompaniyasi korxonalarida tayyorlanadi.
Mikroorganizmlarning biotexnologiyasi. 1970 yillarda molekulyar genetika, hujayra biologiyasi va kimyosi yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish usuli-biotexnologiya paydo bo’ldi. Lekin biologik usulda ishlab chiqarish jarayoni qadim zamonlardan bizga ma’lum. Masalan, non, vino, sut mahsulotlari, pishloq ishlab chiqarish, bijg’itish, tibbiyotda ishlatiladigan dorilarni ishlab chiqarish va boshqalar biotexnologik jarayonlar bo’lib, boshqa ishlab chiqarish usullariga qaraganda energiya va xom ashyoni ko’p talab qilmaydi. Biotexnologiyaning yana bir qulaylik tomoni shundaki, bu jarayon natijasida hosil bo’lgan chiqindilar kam va ular albatta yana bir boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Biotexnologiya keyingi yillarda genetik injeneriyaning yutuqlariga suyangan holda yanada rivojlanmoqda. DNK molekulasini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar yaratila boshlandi. SHunday tarmoqlar dastlab 1976 yili Amerikada, keyinchalik esa, Evropada va YAponiyada paydo bo’ldi. Biotexnologiya jarayonlaridan mikrobiologiya sanoati, o’simlik va hayvon seleksiyasida fermentlar ishlab chiqarish sanoati, oziq-ovqat sanoati, tibbiy dori-darmonlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda biotexnologiya usullari asosida ko’plab (4500ga yaqin) antibiotiklar olinmoqda.


Download 45.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling