Suvning tarkibi va tuzilishi Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari Eritmalar va ularning ahamiyati


SUVNING QAТТIQLIGI VA UNI YUMSHAТISH USULLARI


Download 393.82 Kb.
bet20/65
Sana19.04.2023
Hajmi393.82 Kb.
#1362815
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
suv va gaz analizi

SUVNING QAТТIQLIGI VA UNI YUMSHAТISH USULLARI.

Тarkibida ko’p miqdorda kalqsiy va magniy tuzlari erigan tabiiy suv qattiq suv deb ataladi.


Suvning qattiqligi ikki xil – karbonatli va karbonatsiz bo’ladi. Suvning karbonatli qattiqligi bu suvda, asosan, kalqsiy gidrokarbonat Ca(HCO3)2 va magniy gidrokarbonat Mg(HCO3)2 – bo’lishidan. Karbonatsiz qattiqligi esa kalqsiy va magniyning xloridlari hamda sulqfidlari bo’lishidan kelib chiqadi. Suvning qattiqligi 1 l suvdagi Ca+2 va Mg+2 ionlarining milligramm ekvivalentlari soni bilan ifodalanadi.
Ko’pincha texnologik protsesslar uchun qattiq suv yaramaydi. Shu sababli qattiq suv yumshatib olinadi. Suvning qattiqligini pasaytirish, ya’ni suvda Sa2+ va Mg2+ ionlari konsentratsiyasini kamaytirish protsessi suvni yumshatish deyiladi. Suvni yumshatish uchun, odatda, Ca2+ va Mg2+ ionlarini amalda erimaydigan birikmalarga o’tkazish usullaridan foydalaniladi. Qattiq suv qaynatilganda gidrokarbonatlar qiyin eriydigan karbonatlarga aylanadi, ya’ni cho’kmaga tushadi
Ca(HCO3)2 = CaCO3 + CO2 + H2O

Qattiq suvga so’ndirilgan oxak qo’shilsa, kalqsiy va magniy gidrokarbonatlar cho’kmaga tushadi.


Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 = CaCO3 + 2H2O
Suvning karbonatsiz qattiqligini yo’qotish uchun bu suvga soda qo’shiladi, bunda qiyin eriydigan birikmalar ҳosil bo’ladi.
CaSO4 + Na2CO3 = CaCO3 + Na2SO4
Suvning qattiqligini soda yordami bilan yo’qotish uchun qattiqlikning har bir gr-ekv.iga bir gramm-ekvivalent soda qo’shish kerak.
Suvdagi erigan gazlar
Tabiiy suvlarda asosan kislorod, karbonat angidridi va vodorod sulfid gazlari mavjud.Toza, ochiq suv havzalarda erigan kislorodning miqdori 8-9 mg/l ga tеng. Yer yuzasidagi suvlarda yеr osti suvlarga nisbatan kislorodning miqdori ancha baland.
Yer osti suvlarda hamda ifloslangan suvlarda vodorod sulfid gazi mavjud. U H2S, gidrosulfid HS- va sulfid S2- shakllarda bo'lishi mumkin. Ushbu shakllarning miqdori suvning pH-ga bog'liq.
Agar suvda tеmir bo'lsa u sulfidlar bilan rеaktsiyaga kirishib tеmir sulfidi-FeS hosil bo'ladi.H2S suvlarga badboy xid bеradi va zaharli bo'lgani uchun ichimlik va maishiy-hizmat suvlarida H2S bo'lmasligi kеrak.

Download 393.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling