Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Ilgari bo'yalgan eski yuzalarni
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuzalarni bo‘yashda ishlatiladigan moslamalar, valiklar va cho‘tkalar
Ilgari bo'yalgan eski yuzalarni yana bo'yashdan oldin ularga maxsus ishlov berish kerak bo'ladi. Ilgari yelimli bo'yoqlar bilan bo'yalgan yuzani suvli bo'yovchi tarkiblar bilan bo'yab bo'lmaydi, chunki yangi bo‘yoq eskisini o'ziga tortib, u bilan birga suvoqdan ko'chadi. Eski yelimli bo'yoqlar yupqa bo'lsa, yuzani iliq suv bilan yuvib tashlash kerak. Agar eski bo'yoq qalin va ayrim joylarda ko'cha boshlagan bo'lsa, awal qaynoq suv bilan nam- lanadi. Shunday qilinganda u 0,5—1 soatdan keyin osongina tozalanadi. Bunda suvoq shikastlanmasligi uchun namlangan eski bo'yoq po'lat shpatel yoki uzun yog'och dastali qirg'ich bilan qirib tashlanadi.
Suvoq va betonni eski kazein va silikat bo'yoq qatlamlari- dan tozalashda yuzaiar sulfat kislotaning 2—3 %li eritmasida yuvi- ladi. Zang dog'lari va chirk yuzadan quyidagi usullar bilan ketkaziladi: qurib qolgan eski dog1 zanglari suv bilan yuviladi va mis kuporosining suvdagi 10—15 %li eritmasi bilan gruntovkalanadi. Nam dog1 dastlab quritiladi, keyin gruntovkalanadi; dog1 suv bilan yuviladi, quritiladi va ruxli belila va alifdan tayyorlangan. moyli bo'yoq, nitrobo'yoq yoki nitrolok bilan bo‘yaladi; chirk bosgan yuzalar dastlab sulfat kislotaning 2—3 %li eritmasi bilan, keyin suv bilan yuviladi, so'ngra gruntovkalanadi. Agar chirk ketmasa, suvoq mayda qum qo'shilgan ohak bilan ishqalanadi; smolali moddalar ancha chuqur shimilgan suvoqlar (dudburoniardagi) ko'chirib tashlanadi va yangidan suvaladi. Eski yelimli bo'yoq ustidan moyli tarkiblar bilan bo'yashda eski bo'yoq ko'chirib tashlanadi. Uncha mustahkam bo'lmagan, burishib qolgan va yorilgan eski moyli bo'yoqlarni yuzadan ketkazish uchun u qirib tashlanadi, kavsharlash lampasi bilan kuydiriladi yoki unga kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Ta’mirlash ishlarining hajmi katta bo'lganda eski bo‘yoqlarni ko'chirish uchun kimyoviy moddalar, masalan o'yuvchi ishqorlar ishlatiladi. Qurilish sharoitida ishlatish uchun eng ma’quli pasta hisoblanadi. Bunday pasta tayyorlash uchun elangan 5 kg bor hamda 5 kg ohak xamiri olib, ularni kaustik sodaning 20 %Ii eritmasida oddiy shpaklovka holatiga kelguniga qadar aralash- tiriladi. Pasta tozalanayotgan yuzaga 1,5—2 mm qalinlikda surtiladi, eski bo'yoqning qalinligiga qarab 0,5 — 1,5 soatga qoldiriladi. Kaustik soda bo'yoqni yumshatadi, keyin uni po'lat shpatel bilan osongina ko'chirib tashlash mumkin. Keyin yuza awal suv bilan keyin ishqor qoldiqlarini neytrallash uchun sirka kislotaning 2 %li eritmasi bilan yuviladi. Eski bo'yog'i ko'chirib tashlangan yuzaga yangi yuza kabi ishlov beriladi. Yuzalarni bo‘yashda ishlatiladigan moslamalar, valiklar va cho‘tkalar Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling