Suvoqchilik va pardozlash ishlari


Sovunli gruntovka (ohakli bo‘yoq uchun)


Download 1.62 Mb.
bet30/52
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1595726
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
suvoq kitob

Sovunli gruntovka (ohakli bo‘yoq uchun):

so'ndirilmagan ohak 1,2 — 2 kg
kirsovun 0,2 kg
suv 10 litr
tabiiy alifmoy 0,03 kg

  1. Kuporosii gruntovka (10 litr uchun):

yelim 0,2 kg
mis kuporosi 0,15 — 0,3 kg
kirsovun 0,25 kg
alifmoy 0,03 kg
suv 10 litr
maydalab elangan bo‘r 0,5 — 2 kg
Moyli bo'yoqlar bilan bo'yaladigan yuzalarga gruntovka sifatida alifmoyga biror xil pigmentdan (kerakli rangda) oz miq- dorda qo'shiladi.

  1. Shpaklovka

Retsept bo'yicha tayyorlangan xamirsimon aralashmani maxsus asbob yordamida yuzaga surkash shpaklovkalash deyiladi. Bo‘yashga tayyorlanayotgan yuza shpaklovkalan- ganda tekislanadi, ya’ni shpaklovkalashdan maqsad yuzani tekislashdir
Shpakovkalar retseptlari:

  1. Suvli bo‘yoqlar hilan bo‘yaladigan yuzalar uchun yelimli shpaklovka:

maydalangan bo'r 64—70 kg
yelim 2,5 kg
alifmoy 3 kg
suv 30—25 litr
maydalangan bo'r 64 — 70 kg
yelim 1,25 kg
kirsovun 0,6 kg
alifmoy 0,6 kg
suv 30—25 litr

  1. KLM sintetik shpaklovkalashi:

CKC-30 lateksi 4 kg
yelim (karboksilmetil-sellulozali) 20 litr
asidol 2 kg
sovun (10 litr eritma uchun) 1 kg bo'r 75 kg

  1. Moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yaladigan yuzalarga surkash uchun shpaklovka:

lok yoki alifmoy 1 kg
hayvonot yelimi 0,1 litr
bo'r kerakli quyuqlikka kelguncha

  1. Tashqi ishlar uchun moyli shpaklovka:

alifmoy 1 kg
yelim 0,2 kg
sovun 0,02 kg
erituvchi (benzin) 0,2 — 0,3 litr
yanchilgan bo'r zarur quyuqlikka kelguncha

  1. Ichki ishlar uchun moy-emulsiyali shpaklovka (mexanizmlar yordamida va dastlabki usulda berish uchun):

alifmoy 0,5 kg
yelim 2,51
erituvchi 0,3 — 0,4 litr
yanchilgan bo'r yaroqli quyuqlikka kelguncha
Shpaklovkalash uchun maxsus apparatdan foydalaniladi yoki qo'lda shpatel yordamida bajariladi.
Yuzalarni bo'yashdan oldin tekislashning mexanizatsiya- lashtirilgan usullari mavjud. Mexanizatsiyalashtirilgan shpatel kompressor, bunker va shlanglardan tashkil topgan.
Shpaklovka surtilgandan so‘ng yanada silliqlash uchun yuzalar pemza toshi yoki mayda qumJi jiJvirqog'oz bilan ish­qalab chiqiladi. Yuzaga ikkinchi marta shpaklovka berishdan yoki bo'yashdan oldin, albatta, gruntovka qilinadi.
Moyli va lokli shpaklovka tekislagichlar ichida eng pishig'i hisoblanadi. Ko‘p hollarda alifmoyni tejash maqsadida yelimli shpaklovkadan foydalaniladi.

  1. Yuzalarni bo‘yashga tayyorlash

Yangi yuzalar. Ta’mirlangan va shpaklovkalab tekislangan suvoq yoki temir-beton panellar yuzalari chang hamda Joydan obdon tozalanadi, keyin bo'yash oldidan gruntovkalanadi.
Oddiy bo'yashdan oldin yuza bir marta gruntovkalanadi. Ba’zi yuzalar shunchalik g‘alvirak bo‘ladiki, bir marta gruntovkalash yetarli bo'lmaydi, u holda ikki marta gruntovkalanadi. Yelimli bo'yoqlar bilan bo'yaladigan yuza 10 kg ga 2—3 kg bo‘r qo'shilgan gruntovka bilan ishlanadi.
Sifatli va yuqori sifatli qilib bo'yashdan oldin yuzalar ikki- uch marta gruntovkalanadi.
Yuzalarni bo'yashda ishlatiladigan materialga qarab turli xil yelimli va ohakii bo'yoqlar uchun alifli gruntovkalar ishlati­ladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling