Suvsizlantirishni 3 XIL usulda amalga oshirish mumkin


Ramzinning nam havo I-x diagrammasi


Download 1.98 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1525514
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.1-

Ramzinning nam havo I-x diagrammasi

Quruq havoning suv bug`i bilan aralashmasi nam havo deb nomlanadi. Nam havo absolyut va nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya, quruq va ho’l termometr temperaturalari, parstial bosim kabi parametrlar bilan xarakterlanadi.


Absolyut namlik deb 1 m3 nam havo hajmidagi suv bug`i (kg) miqdoriga aytiladi.
Agar parstial bosim rb da suv bug`i butun hajmi, masalan 1 m3 ni, egallasa, unda, absolyut namlik suv bug`i zichligi b ga teng.
Nisbiy namlik deb havo absolyut namligining, to’yinish paytidagi absolyut namlik nisbatiga aytiladi:


(1)

bu erda t - to’yingan suv bug`ining zichligi, kg/m3; b - suv bug`ining zichligi, kg/m3.


Gaz tarkibidagi bug`lar parstial bosimi, uning miqdoriga proporstional bo’lgani uchun, nisbiy namlik bir xil temperatura va bosimda havodagi suv bug`i parstial bosimi rb ning to’yingan suv bug`lari bosimi rT ga nisbati sifatida ifodalanishi mumkin:




yoki (2)


Nam saqlash deb 1 kg absolyut quruq havoga to’g`ri keladigan suv bug`lari (1 kg) miqdoriga aytiladi.
Nam havoning solishtirma nam saqlashi x (kg/kg) yoki (g/kg) bilan belgilanadi. Havoning nam saqlashi ushbu nisbat orqali aniqlanadi:


(3)

bu erda mb va makx - suv bug`i va absolyut quruqhavo massalari, kg.


Mendeleev - Klapeyron ideal gazlar holatining tenglamasiga binoan nam saqlash va nisbiy namliklar orasidagi bog`liqlikni aniqlaymiz. Suv bug`i va quruqhavo zichliklarini ushbu tenglamalardan topish mumkin:




va (4)

bu erda Mb va Maks - 1 mol suv bug`i va absolyut quruqhavolar massalari, kg/kmol; raks - biror temperaturadagi quruqhavoning parstial bosimi, Pa; R = 8314 - gazning universal doimiysi, J/(kmolK).


(5.194) ni (5.193) ga qo’yib, ushbu ko’rinishli tenglamani olamiz:




(5)

Dalton qonuniga binoan R = rp+raks. Unda:




(6)

(5.192) tenglamadan bilamizki, rb = rt.


Agar, raks va rb qiymatlarini (5.195) ga qo’ysak:


(7)

bu erda Maks=29 kg/mol; Mb=18 kg/mol.





Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling