Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
/ — eritma yig`gich; 2 — absorberlar; 3 — sovitgichlar; 4 — nasoslar
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25.14-rasm. Resirkulyatsiyali absorbsiya-desorbsiya qurilmasining sxemasi: 1 - absorberlar; 2 - yig`gichlar; 3 - nasoslar; 4 - sovitgichlar; 5 — issiqlik almashgich; 6 — desorber.
- 27-MARUZA MAVZU: SUYUQLIKLARNI XAYDASH. DISTELYASIYA. REJA
/ — eritma yig`gich; 2 — absorberlar; 3 — sovitgichlar; 4 — nasoslar.
Bunday qurilma gaz yo’nalishi bo’yicha ketma-ket joylashgan ikkita absorber eritmalar uchun yig`gichlar 2, nasoslar 3, sovitgichlar 4, issiqlik almashgich 5 va desorbsiya kolonnasi 6 dan tashqil topgan. Ifloslangan gaz birinchi kolonnaga beriladi, suyuqlik esa absorbentning tepa qismidan yuboriladi, bu erda, gaz bilan suyuqlik o’zluksiz kontaktga uchraydi. Ushbu qurilmada suyuqlik chegaralangan sikl bo’yicha harakat qiladi. Birinchi kolonnada qisman tozalangan gaz ikkinchi kolonnaga yo’naltiriladi. Ikkinchi kolonna ham suyuqlik bilan chegaralangan sikl bo’yicha tachminlanib turiladi. Ikkinchi kolonnaga berilayotgan eritmaning konsentratsiyasi ma’lum qiymatga etganda birinchi kolonnaning sikliga yuboriladi. 25.14-rasm. Resirkulyatsiyali absorbsiya-desorbsiya qurilmasining sxemasi: 1 - absorberlar; 2 - yig`gichlar; 3 - nasoslar; 4 - sovitgichlar; 5 — issiqlik almashgich; 6 — desorber. Shunday qilib, eritmaning konsentratsiyasi birinchi kolonnadan ikkinchi kolonnaga ochtganda ko’payadi va birinchi kolonnaning siklida konsentratsiyasi ancha yuqori bo’lgan eritma hosil bo’ladi. Ushbu eritma issiqlik almashgich 5 da isitilib, desorbsiya kolonnasi 6 ga yuboriladi. Desorberda suyuqlikda yutilgan komponent issiqlik ta`sirida bug`latiladi. Toza issiq erituvchi yig`gich 2 ga tushadi. Bu erituvchi nasos 3 yordamida issiqlik almashgich 5 va sovitgich 4 orqali ikkinchi kolonnaning sikliga qaytariladi. Desorbsiya qilingan gaz esa qurilmaning yuqorigi qismidan o’zatiladi. Ushbu qurilmada suyuqlik resirkulyatsiya qilinadi va faqat ayrim yo’qotilishlarni qoplash uchun kam miqdordagi toza erituvchi qochshib turiladi, erigan komponent esa toza holda hosil bo’ladi. 27-MARUZA MAVZU: SUYUQLIKLARNI XAYDASH. DISTELYASIYA. REJA: Suyuqliklarni haydash jarayoni haqida umumiy tushunchalar. Oddiy haydash usullari. Fraksiyali haydash. Deflegmasiya bilan haydash. Suv bug`i bilan haydash. Ikki yoki bir necha komponentlardan tashqil topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratishda haydash (distillyatsiya va rektifikatsiya) jarayoni keng ishlatiladi. Agar boshlang`ich aralashma uchuvchan va uchmaydigan komponentlardan iborat bo’lsa, bunda bug`latish orqali suyuqlikni tashqil etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Haydash yo’li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil haroratda aralashma komponentlarining turlicha uchuvchanlikka ega bo’lishiga asoslangan. Shu sababli haydash paytida aralashma tarkibidagi komponentlar o’zlarining uchuvchanlik xususiyatiga proporsional ravishda bug` holatiga o’tadi. Haydash jarayonidan ajralib chiqqan bug` kondensatsiyaga uchraydi, hosil bo’lgan kondensat distillyat yoki rektifikat deb ataladi. Bug`lanmay qolgan va qiyin uchuvchan komponentdan tashqil topgan suyuqlik esa qoldiq deb yuritiladi. Bug` fazasining yengil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan haydash usuliga bog`liq. Suyuqliklarni haydashning ikkita usuli bor: 1) oddiy haydash (distillyatsiya); 2) murakkab haydash (rektifikatsiya). Aralashma komponentlarining uchuvchanligi o’rtasidagi farq katta bo’lsa, oddiy haydash usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Oddiy haydash paytida suyuqlikning bir marta qisman bug`lanishi yo’z beradi. Odatda bu usul suyuq aralashmalami birlamchi ajratish hamda murakkab aralashmalarni qochshimchalardan tozalash uchun ishlatiladi. Suyuq aralashmani komponentlarga to’la ajratish uchun rektifikatsiya usulidan foydalaniladi. Rektifikatsiya jarayoni aralashmani bug`latishda ajralgan bug` va bug`ning kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo’lgan suyuqlik o’rtasida ko’p marotabalik kontakt paytidagi modda almashinishga asoslangan. Suyuq aralashmalami rektifikatsiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib boriladi, bunda bug` va suyuqlik fazalari o’rtasidagi o’zluksiz hamda ko’p marotabalik kontakt yo’z beradi. Natijada fazalar o’rtasida modda almashinish yo’z beradi. Suyuq fazadagi yengil uchuvchan komponent bug` tarkibiga, bug` fazasidagi qiyin uchuvchan komponent esa suyuqlikka o’tadi. Rektifikatsiya kolonnasining yuqorigi qismidan chiqayotgan bug asosan yengil uchuvchan komponentdan iborat bo’lib, u kondensatsiyaga uchragandan sochng ikki qismga ajraladi. Kondensatning birinchi qismi distillyat yoki rektifikat (yuqorigi mahsulot) deb ataladi. Kondensatning ikkinchi qismi esa kolonnaga qaytariladi va u flegma deb yuritiladi. Qurilmaga qaytarilgan suyuqlik (flegma) pastdan ko’tarilayotgan bug` bilan tochqnashadi. Kolonnaning pastki qismidan, asosan, qiyin uchuvchan komponentdan tashqil topgan qoldiq modda o’zluksiz ravishda chiqarib turiladi. Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologiyaning ko’pchilik sohalarida (organiq sintez, izotoplar, polimerlar, yarim o’tkazgichlar va shu kabi bir qator o’ta toza mahsulotlar ishlab chiqarishlarda) rektifikatsiya usuli keng qo’llanilmoqda. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling