Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
-rasm. Ekstraksiyalash jarayonlarini jadallashtirish usullari
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-MARUZA MAVZU: ADSORBTSIYA VA DESORBSIYA JARAYONI. REJA
32.6-rasm. Ekstraksiyalash jarayonlarini jadallashtirish usullari:
a — kochndalang tebranish; b — vibrasion tebranish; d — pulsasion tebranish; e — ultratovush maydoni; f — elektr yashinlar yordamida; j — oqim tezligini davriy o’zgartirish. Quvurning kochndalang kesimi davriy ravishda o’zgartirilganda (32.6-rasm, j) qattiq va suyuq fazalarning tezliklari ham o’zgarib turadi. O’zgaruvchan suyuqlik oqimida harakat qilayotgan qattiq zarracha quvurning tor kesimida tez harakat qilayotgan suyuqlikdan orqada qoladi. Quvurning keng kesimiga ochtganda qattiq zarracha sekin oqayotgan suyuqlikdan ochtib ketadi. Natijada qattiq faza yuzasidan suyuqlikka modda berish jarayoni birmuncha tezlashadi. Agar erituvchi va suyuq fazaga o’tayotgan komponentning zichliklari bir-biriga yaqin bo’lsa, erituvchini vakuum ostida qaynagan holda ishlatish bir qator afzalliklarga ega. Hosil bo’lgan bug` pufakchalari bir xil tezlik bilan qatlamning butun hajmi bo’yicha tarqaladi va qatlamning hamma joylarida bir xil sharoit yaratiladi. Bu jarayonda yangi faza (bug` pufakchalari) mavjud bo’ladi. Natijada qattiq zarracha va suyuqlikning nisbiy harakatlari tezlashib ketadi. Erituvchini qaynagan holda ishlatish orqali ekstraksiyalashni tezlatishning asosiy sababi qattiq zarrachalar faol yuzasining ko’payishidir. Elektromagnit maydon ta`sirida qattiq jismlarni ekstraksiyalash jarayonini tezlatishni quyidagicha tushuntirish mumkin. Elektromagnit kuchlari ta`sir etilganda ajralayotgan komponent va erituvchining molekulalari qutblanadi, suyuq fazaning dielektrik o’tkazuvchanligi ortadi. Natijada qattiq zarrachalar yuzasidagi chegara qatlam qalinligi kamayadi va qattiq fazadagi ichki diffo’ziya koeffitsiyenti ortadi, bu sabablar ekstraksiyalash jarayonini tezlatishga olib keladi. 32-MARUZA MAVZU: ADSORBTSIYA VA DESORBSIYA JARAYONI. REJA: 1. Adsorbsiya jarayonining nazariy asoslari. 2. Adsorbentlarning turlari va ularning xossalari. 3. Adsorber qurilmalarining tuzilishi. Desorbsiya. Gaz, bug` yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bi ryoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yuzasi va g’ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo’lgan modda esa adsorbat deyiladi. Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug` aralashmalarini ajratish uchun qo’llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo’llaniladi. Bu usul yordamida xom ashyo va mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin. Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog`langan bo’ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi. Qattiq jismning yuzasiga ta`sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko’ra adsorbsiya ikki xil bo’ladi: fizik adsorbsiya va xemosorbsiya. Fizik adsorbsiya molekulyar kuchlarning o’zaro ta`sir etishiga asoslangan. Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o’zaro ta`sirlanishi orqali yo’z beradi. Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik o’rtasida yo’z beradigan murakkab diffo’zion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit) o’zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Ionitlar ikki xil bo’ladi: 1) kationitlar; 2) anionitlar. Eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo’lgan ion ionitda yutiladi va sochngra regenerasiya yo’li bilan ajratiladi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling