Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
Ekstraksiyalash jarayonlarini jadallashtirish
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
Ekstraksiyalash jarayonlarini jadallashtirish. Qattiq jism-suyuqlik sistemalarida ekstraksiyalash jarayoni ancha sekin boradi, chunki qattiq faza ichida boradigan modda o’tkazuvchanlikning tezligi suyuqlik fazasida yo’z beradigan modda berishning tezligiga nisbatan bir necha marta kichik. Natijada qattiq jismlardan kerak bo’lgan komponentni ajratib olish jarayoni ko’p vaqt talab qiladi. Shu sababli qattiq jismlarni ekstraksiyalash jarayonlarini jadallashtirishning bir qator usullari taklif etilgan (32.6-rasm). Modda o’tkazishni tezlatish uchun turli usullar qo’llaniladi:
a) kochndalang mexaniq tebranishlar; b) vibratsiya; d) qatlamdan o’tayotgan suyuqlikning tebranishi (pulsasiya); e) qattiq jism va suyuqlik aralashmasi (pulpa) ga ultratovush ta`sir ettirish; f) suyuqlikda elektr yashinlarini hosil qilish; j) suyuqlik oqimi tezligini davriy ravishda o’zgartirish. Bulardan tashqari, vakuum ostida erituvchini qaynagan holda ishlatish va elektromagnit maydoni kuchlarini ta`sir ettirish usullari ham tavsiya qilingan. Mexaniq tebranishlar (kochndalang tebranish, vibrasiya, pulsasiya) ta`sirida (32.6-rasm, a, b, d) suyuqlikning qattiq zarrachalarini aylanib ochtish tezligi ko’payadi, qattiq faza yuzasidagi chegara qatlamining qalinligi kamayadi, fazalar o’rtasidagi o’zaro kontakt yuzasi ortadi, harakatsiz zonalar yo’qoladi, natijada asosan tashqi diffo’ziya tezlashadi. Ultratovushning qattiq jismlarni ekstraksiyalashga ta`sirini (32.6-rasm, e) quyidagicha tushuntirish mumkin. Ultratovush ta`sirida kavitasiya hodisasi sodir bo’ladi, bu effekt yordamida qattiq jism g’ovaklaridagi kichik oqimlarning harakati tezlashadi, natijada qattiq faza ichidagi moddaning tarqalishi o’zgaradi. Ultratovush maydonida muhitning isishi va uni aralashtirish effektlarining ekstraksiyalash jarayoniga ta`siri sezilarli darajada emas. Shunday qilib, ultratovush asosan qattiq faza ichidagi modda o’tkazuvchanlikni tezlatadi. Elektr yashinlari yordamida ekstraksiyalash jarayonini tezlatish usuli (32.6-rasm, f) bir qator afzalliklarga ega. Bu usul yordamida elektr energiyasi tochg`ridan-tochg`ri suyuqlikning tebranma harakat energiyasiga aylanadi, bu bir pog’onali jarayon bo’lib, katta foydali ish koeffitsiyentiga ega. Suyuqlik fazasida har qanday chastotali va amplitudali akustik tebranishlarni hosil qilish mumkin. Agar katta amplitudali va kichik chastotali tebranishlar hosil qilinsa, bunda suyuqlikning qattiq zarrachani aylanib ochtish tezligi ko’payadi, natijada tashqi diffo’zion qarshilik kamayadi. Oqibat natijada ekstraksiyalash jarayoni jadallashadi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling