33.2-rasm. Vakuum-kristalizator:
1 — bug`latkich; 2 — barometrik quvur; 3 — yig`gich; 4 — nasos; 5 — eritma beruvchi quvur; 6 — sirkulyatsiya quvuri; 7 — kristallardan ajralgan eritma chiqadigan patrubka.
33.3-rasm. Mavhum qaynash qatlamli kristalizator:
1 — qurilmaning qobig`i; 2 — sirkulyatsion nasos; 3 — o’zatuvchi quvur; 4 — eritma beriladigan patrubka; 5— kristal mahsuloti chiqadigan patrubka; 6 — bug`latkich; 7 — ikqilamchi bug`lar chiqadigan patrubka; 8 — isituvchi bug` patrubkasi; 9 –kondensat chiqadigan patrubka.
Mavhum qaynash qatlamli kristalizator. Bunday kristalizatorlar katta o’lchamli bir xil shakldagi kristallar olish uchun ishlatiladi. Mavhum qaynash qatlamli kristalizatorlarda kristallanish jarayoni eritma bir qismining bug`latilishi yoki eritmaning sovitilishi bilan olib boriladi. Mavhum qaynash qatlamli bug`latuvchi kristallizatorning tuzilishi 33.3-rasmda ko’rsatilgan. Bu qurilma qobiq quvurli sovitkich va sirkulyatsiya qiluvchi nasosdan iborat. O’zluksiz so’riluvchi quvur orqali berilayotgan eritma qisman kristallardan ajralgan suyuqlik oqimi bilan aralashadi. Bu oqimning miqdori dastlabki berilayotgan eritmaning miqdoriga nisbatan bir necha marta ko’p bo’lganligi uchun aralashgan eritmaning konsentratsiyasi va harorati kam o’zgaradi. Shu sababli sirkulyatsiyali nasos orqali aralashgan eritmani sovitkichga o’zatib sovitilganda, eritma kamroq tochyinadi. Sochngra eritma qurilmaning pastki qismiga berilib, kelayotgan issiqlik oqimi bilan qurilmadagi kristallar qaynab, tochyingan eritma hisobiga kristallar kattalashadi. O’z tarkibida juda mayda kristallarni ushlagan, qisman kristallardan ajralgan suyuqlik qoldig`i o’zluksiz so’ruvchi quvurga tushib, berilayotgan eritma bilan aralashib yana nasos orqali o’zatiladi va sikl qaytadan takrorlanadi. Hosil bo’lgan kristall mahsulotlari qurilmaning pastki qismidan ajratib olinadi. Sovitkichga kirayotgan va chiqayotgan suyuqlikning kerakli haroratini hosil qilish maqsadida qochshimcha sirkulyatsiya konturidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |