Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Ko’p pog’onali vakuum-kristallizator


Download 3.48 Mb.
bet127/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Ko’p pog’onali vakuum-kristallizator. Sanoatda ko’p miqdordagi kristallar olish uchun ko’p pog’onali kristalizatorlar ishlatiladi. Bunda bir necha qurilma ketma-ket ulanib, vakuumning miqdori qurilmalarning soniga qarab asta-sekin oshib boradi (33.4-rasm). Har qaysi qurilma uchun ikqilamchi bug`larni kondensatsiyalashga alohida yuzali kondensatorlar o’rnatiladi.



33.4-rasm. Ko’p pog’onali vakuum-kristalizator:
1 — issiq quyiqlashtirilgan eritmaning kirishi; 2 — suspenziyaning bir pog’onadan ikkinchisiga ochtishi; 3 — mahsulotning chiqishi; 4 — qurilma (pog’ona); 5 — ikqilamchi bug`; 6 — kondensat; 7 — yuzali kondensator; 8, 9 — sovituvchi suyuqlikning kirishi va chiqishi.
Kondensatorlar sovituvchi suvning oqim yo’nalishiga qarab ketma-ket ulanadi. Issiq quyiltirilgan eritma o’zluksiz ravishda birinchi qurilmaga berilib, qisman bug`latiladi va vakuum hisobiga sovitiladi. Rasmda vakuum hosil qilish qurilmasi ko’rsatilmagan. Birmuncha sovitish natijasida kristallar hosil bo’lgan tochyingan eritma, keyingi qurilmalarda ko’proq vakuum bo’lgam uchun ularga o’z-o’zidan oqib tushadi. Kristall mahsulotlari oxirgi qurilmadan barometrik quvur yordamida tortib olinadi. Pog’onalar soni 15 ta gacha bo’ladi, har bir pog’onadagi haroratlar farqi 4-50C, kristallarning o’lchami esa 0,2-0,25 mm.


35-MARUZA
MAVZU: KRISTALLIZATORLARNI HISOBLASH.
REJA:
1. Kristallizatorning moddiy balansi.
2. Kristalizatorning issiqlik balansi.


Kristallizatorning moddiy balansi. Buning uchun quyidagi qattaliklarni qabul qilamiz: Gb dastlabki eritmaning miqdori, kg; Gkr kristallarning miqdori, kg; Gk qoldiq eritmaning miqdori, kg; W — bug`lanish paytidagi ajralgan erituvchining miqdori, kg. Davriy ishlaydigan kristalizatorlar uchun jarayonning oxirida moddiy balans tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Gb = Gk +Gkr + W (33.1)

Kristallanayotgan moddaning tarkibini massaviy ulushlarda qabul qilamiz: Bbdastlabki eritmada; B — qoldiq eritmada; Bkr kristallarda. Agar modda suvsiz shaklda kristallanayotgan bo’lsa, bunda Bkr=1


1. Kristallanish jarayonida kristallogidrat hosil bo’lsa (ya’ni kristallarning tarkibiga erituvchining molekulalari ham kirib joylashsa), u holatda:
(33.2)

bu yerda M — kristallanayotgan moddaning molekulyar massasi; Mkr kristallogidratning molekulyar massasi.


Suvsiz kristallanayotgan modda uchun moddiy balans tenglamasini boshqa ko’rinishda ham yozish mumkin:
GbBb= GkBk + GkrBkr (33.3)
Erituvchining bir qismi bug`latilmaydigan kristallizatorlar uchun moddiy balans tenglamasi to’zilganda, (33.1) tenglamadagi W= 0. Bunday sharoitda, agar Gb, Bb, Bk lar ma’lum bo’lsa, Gk va Bkr larning qiymatlari topilishi mumkin. Buning uchun (33.1) va (33.3) tenglamalar echilishi zarur. Agar erituvchining bir qismi ajratib olinishi lozim bo’lganda, avvalo bug`lanishi kerak bo’lgan erituvchining miqdori qabul qilinadi. Erituvchining bir qismi ajratilgandan sochng eritmadagi kristallanayotgan komponentning oxirgi konsentratsiyasi B0 ma’lum bo’lganda, W ning miqdorini quyidagi tenglama orqali aniqlasa bo’ladi:
(33.4)



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling