Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
Quritishning tezligi va davrlari
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 24-MARUZA MAVZU: QURITISH QURILMALARI. REJA
Quritishning tezligi va davrlari. Quritish qurilmalarini hisoblash va loyihalash uchun quritish tezligini bilish zarur. Quritish tezligi u cheksiz qisqa vaqt davomida material namligining kamayishi orqali aniqlanadi:
Quritish tezligi tajriba yo’li bilan laboratoriya uskunalarida topiladi. Tajriba natijalaridan ma’lum bo’ldiki, quritish jarayoni ikki davrga ajratiladi. Birinchi davrda quritish tezligi o’zgarmas bo’lsa, ikkinchi davrda esa quritish tezligi doim kamayib boradi. Ikkinchi davrda ancha murakkab jarayon sodir bo’ladi. Bu davrda birinchi davrda quritish tezligi asosan tashqi diffo’ziyaga bog`liq bo’ladi. Bu davrda qurituvchi agentning tezligi va uning ko’rsatkichlari (nisbiy namlik, harorat) hisoblash ishlarida katta ahamiyatga ega. Materialning ichida namlikning diffo’ziya orqali siljish tezligi katta qiymatga ega bo’ladi, biroq bu holat namlikning material yuzasidan berilish tezligini belgilaydi. Bog`langan namlik ajrala boshlaydi. Quritish tezligi asosan material ichidagi namlikning tarqalish tezligiga bog`liq. Shu sababli ikkinchi davrda quritish tezligiga material tarkibi bilan bog`liq bo’lgan kattaliklar (quritilayotgan materialning shakli va o’lchamlari, materialning namligi, materialning namlik o’tkazuvchanligi) ta`sir ko’rsatadi. Quritish tezligiga havo oqimining tezligi va uning kattaliklari ham bir oz ta`sir qilishi mumkin. Nazorat savollari Quritish jarayonining nazariy asoslarini tushuntirib bering. Nam havoning asosiy xossalari nimalardan iborat. Nam havoning holat diagrammasi qanday tuziladi. Quritishning tezligi qanday aniqlanadi. 24-MARUZA MAVZU: QURITISH QURILMALARI. REJA: Quritkichlarning tuzilishi va asosiy ishchi uskunalari. Barabanli, lentali, mavxum qaynash qatlamli, suyuq maxsulotni sochib beradigan, pnevmatik quritkichlarni ishlash prinsipi. Kuritgichlarni xisoblash tartiblari. Sanoatda har xil quritkichlar ishlatiladi. Quritkichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko’ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo’linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug` ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko’ra atmosfera bosimidagi va vakuumli quritkichlar bo’ladi. Jarayonni tashqil qilish bo’yicha davriy va o’zluksiz ishlaydigan quritkichlar mavjud. Konvektiv quritkichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan tochg`ri, qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo’lgan material donasimon, changga ochxshash, pastasimon yoki suyuq holda bo’ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash, fontan hosil bo’lish kabi holatlarda bo’ladi. Qurituvchi agent bug`, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, undan takror foydalanish, uni quritish kameralari oralig`ida qizdirish va quritish kameralariga bo’lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qochshimcha ravishda qizdirish, o’zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo. Konstruktiv to’zilishga ko’ra quritkichlar har xil bo’ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, quvurli, shnekli, silindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyerli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi bir qator quritkichlar ishlatiladi. Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritkichlar keng tarqalgan. Bunday quritkichlarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning tochg`ridan-tochg`ri kontakti orqali boradi. Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida kamerali, tunnelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritkichlar ishlatiladi. Konvektiv quritkichlar ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan barcha quritish qurilmalarining taxminan 80% ni tashqil etadi. Kimyo sanoatida ishlatilayotgan konvektiv quritkichlarning 40% ini barabanli quritkichlar tashqil etadi. Biroq barabanli quritkichlarda faqat sochiluvchan materiallarni suvsizlantirish mumkin. Sanoatda ko’proq ishlatiladigan quritgichlar qatoriga yana quyidagilar kiradi: mavhum qaynash va fontan hosil qiluvchi quritkichlar (solishtirma ulushi 25%); sochib beruvchi quritkichlar (taxminan 10%); pnevmotransport rejimida ishlaydigan quritkichlar (taxminan 7%); materialni qatlamda quritishga mo’ljallangan polkali, tunnelli, lentali quritkichlar (10% dan ko’proq). Kontaktli quritkichlarning sanoatda eng ko’p tarqalgan turlariga polkali vakuum-quritish shkaflari, barabanli va valsovkali quritkichlar kiradi. Hozirgi kunda kimyo sanoatida ishlatiladigan maxsus (termoradiasiyali, dielektrik va sublimasiyali) quritkichlarning nisbiy ulushi taxminan 1% ni tashqil etadi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling