Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Suyuq mahsulotlar sochib beradigan quritkichlar


Download 3.48 Mb.
bet88/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Suyuq mahsulotlar sochib beradigan quritkichlar. Bunday quritkichlar mineral to’zlarning eritmalarini, bo’yovchi moddalarni, suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini, fermentlarni va shu kabi materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatiladi. Ushbu turdagi quritkichlar ichi bochsh silindrsimon (diametri 5 m va balandligi 8 m gacha bo’lgan) qurilmadan iborat bo’lib, uning yuqorigi qismida quritilishi lozim bo’lgan suyuq modda sochib beriladi va parallel oqimda harakat qilayotgan qurituvchi agent (issiq havo yoki tutunli gazlar) bilan tochqnashadi, natijada namlik katta tezlik bilan bug`lanadi. Sochib beruvchi quritkichlarda bug`lanishning solishtirma yuzasi katta bo’ladi, shu sababli quritish jarayoni qisqa vaqt (taxminan 15—30 s) davom etadi. Quritish qisqa vaqt davom etganligi sababli jarayon past haroratlarda olib boriladi, natijada sifatli kukunsimon mahsulot olinadi. Agar nam material oldin qizdirib olinsa, sovuq holdagi qurituvchi agentdan ham foydalansa bo’ladi. Materialni sochish uchun mexaniq va pnevmatik forsunkalar hamda markazdan qochma disklar (aylanishlar soni minutiga 4000—20000) ishlatiladi.
Sochib beruvchi quritkichda (31.6-rasm) nam material quritish kamerasiga forsunka yordamida sochib beriladi.

31.6-rasm. Suyuq mahsulotlar sochib beriladigan quritkich:
1 — quritish kamerasi; 2 — forsunka; 3 — shnek; 4 — siklon; 5 —yengli filtr; 6 — ventilyator; 7 — kalorifer.
Qurituvchi agent ventilyator yordamida kalorifer orqali quritkichga beriladi, u kamera ichida material bilan parallel harakat qiladi. Qurigan materialning mayda zarrachalari kameraning pastki qismiga chochkadi va shnek yordamida kerakli joyga yuboriladi. Ishlatilgan qurituvchi agent siklon va engli filtrda mayda chang zarrachalaridan tozalanadi, sochng atmosferaga chiqarib yuboriladi. Sochib beruvchi quritkichlarda material va qurituvchi agent oqimlari tochg`ri, qarama-qarshi va aralash yo’nalishda bo’lishi mumkin, biroq ko’pincha tochg`ri (yoki parallel) yo’nalishli oqim keng ishlatiladi.
Sochib beruvchi quritkichlar yuqorida aytib ochtilgan afzalliklardan tashqari bir qator kamchiliklarga ham ega:
1) nam materialning qurilma devorlariga yopishib qolmasligi uchun kameraning diametri ancha katta bo’ladi;
2) kamerada solishtirma bug`lanish qiymati kichik (1m3 kameradan soatiga 10—25 kg suv ajraladi);
3) havo oqimining tezligi nisbatan kichik (0,2—0,4 m/s), agar havo tezligi katta bo’lsa, mayda zarrchalarning chochkishi qiyinlashadi va ularning havo oqimi bilan ketib qolishi ko’payadi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling