Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ekstraktorlar


Download 3.48 Mb.
bet115/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ekstraktorlar. Agar ekstraksiya qilinayotgan modda tez parchalanib ketish xususiyatiga ega bo’lsa (masalan, antibiotik moddalar), bunda jarayon vaqtini maksimal darajada kamaytirish zarur. Markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ekstraktorida jarayon maksimal tezlik bilan boradi. Aralashma va erituvchi zichliklarining ayirmasi juda kichik bo’lgan holatda ham bunday ekstraktorlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi ekstraktorlarning tuzilishi juda ixcham, ish unumi katta, ekstraksiyalash jarayoni esa katta tezliklarda boradi.
Formasevtika sanoatida (penitsilin va boshqa antibiotiklar olishda), organiq sintez jarayonlarida, ochsimlik moylarini tozalashda va boshqa bir qator sohalarda markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan ekstraktorlar muvaffaqiyatli ravishda

28.8-rasm. Markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ekstraktor:
1 — rotor; 2 — rotorning qobig`i; 3 — val.
qo’llanilmoqda. 28.8-rasmda sanoatda ko’p tarqalgan markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ekstraktoming sxemasi ko’rsatilgan. Rotorning ichida spiralsimon perforasiya qilingan lenta joylashtirilgan. Lentaning teshiklaridan ikkala faza o’tadi. Val katta tezlik (600-1200 min) bilan harakat qiladi. Yengil faza rotorning chekasiga yuboriladi, og`ir faza esa rotor­ning markaziga yaqin joyga beriladi. Rotor aylangan paytda markazdan qochma kuch ta`sirida lentaning teshiklarida fazalarning jadallashtirilgan kontakti yo’z beradi; bunday jarayonda spiralning kanallarida va silindrlar oralig`idagi bochshliqda o’zluksiz ravishda fazalarning ajralishi ham davom etadi. Bunday ekstraktorlar kamchiliklardan ham xoli emas: tuzilishi birmuncha murakkab; ayrim paytlarda suyuqliklarni qurilmaga bosim bilan berishga tochg`ri keladi.

31-MARUZA
MAVZU: QATTIQ JISMLARNI EKSTRAKSIYALASH VA ERITISH.
REJA:

  1. Qattiq jismlarni ekstraksiyalash va eritish nazariyasi.

  2. Ekstraktor va eritkichlarning tuzilishi.

  3. Ekstraksiyalash jarayonlarini jadallashtirish.



G’ovaksimon murakkab qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Odatda ajratib olinishi lozim bo’lgan komponent qattiq moddaning tarkibida qattiq yoki erigan holda bo’ladi (32.1-rasm). Jarayonni amalga oshirish uchun tegishli erituvchi tanlab olinadi. Ekstraksiya­lash paytida kerakli komponent qattiq fazadan diffo’ziya orqali suyuq fazaga o’tadi, biroq bu arayonda qattiq jismning negizi o’zgarmay qoladi, ya’ni u inerttashuvchi vazifasini o’taydi.
Qattiq jismlari ekstraksiyalash jarayoni sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladi. Kimyo sanoatida ishqor, kislota va to’zlari, oziq-ovqat sanoatida qand, ochsimlik moylari, soklar, vitaminlarni, kimyo-farmasevtika sanoatida turli dorivor moddalarni, gidrometallurgiyada esa rangli va nodir metallarni olishda ekstraksiyalash usullaridan keng foydalaniladi.
Kimyoviy texnologiyada qattiq jismlari suyuqlikda eritish jarayoni ham keng ishlatiladi. Qattiq jismning suyuq fazaga to’la ochtishi eritish jarayoni deb ataladi. Bu jarayonda qattiq jismning erimay qoladigan inert negizi yo’q.
Qattiq jismlami ekstraksiyalash va eritish jarayonlarining umumiy va bir-biridan farq qiladigan tomonlari ham bor. Umumiy tomoni shundaki, ikkala jarayon ham qat­tiq jism-suyuqlik sistemasida olib boriladi. Bu jarayonlarning bir-biridan farqini quyidagicha tushuntirish mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni ikki bosqichda o’tkaziladi:


Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling