Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


-rasm. G’ovaksimon jismlarning to’zilish sxemasi


Download 3.48 Mb.
bet116/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

32.1-rasm. G’ovaksimon jismlarning to’zilish sxemasi
a- erigan moddani ajratib olish;b – qattiq moddani ajratib olish;

  1. inert negizi; 2-g’ovaklar ichidagi suyuqlik; 3- qattiq eruvchan modda

1) tegishli moddaning qattiq jism g’ovaklari ichidan tashqi yuzasiga ichki diffo’ziya yo’li bilan ochtishi;
2) qattiq zarracha yuzasidan moddaning tashqi diffo’ziya tufayli chegara qatlam orqali suyuqlikning asosiy massasiga ochtishi.
Eritish jarayonining tezligi faqat ikkinchi bosqichning qarshiligiga bog`liq, chunki birinchi bosqichda qarshilik bo’lmaydi. Shu sababli eritish jarayoni ekstraksiyalashga nisbatan ancha tez boradi.
Kimyo sanoatida erituvchilar sifatida ko’pincha suv yoki ayrim anorganiq kislotalarning eritmalari ishlatiladi, bunday jarayon ishqorlanish deb yuritiladi. Ishqorlanish mineral xom ashyolarni kimyoviy qayta ishlash uchun birinchi bosqich hisoblanadi. Bu qayta ishlash orqali inert materiallardan qimmatbaho komponentlar olinadi. Dastlabki qattiq materialni erituvchi bilan o’zaro ta`sir ettirish natijasida geterogen oquvchan sistemalar (pulpalar) olinadi.
Eritish jarayoni odatda ko’pchilik kimyoviy jarayonlari boshlanishidan oldin amalga oshiriladi, chunki erigan modda molekulalarining harakatchanligi va kimyoviy faolligi ortadi.
Qattiq jism va suyuqlikning o’zaro kontakt qilishiga ko’ra, kimyoviy texnologiyada qo’llaniladigan ekstraksiyalash va eritish jarayonlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1) cheklangan hajmli davriy jarayon;
2) tochg`ri yoki qarama-qarshi yo’nalishli jarayon;
3) qo’zg`almas qatlamli jarayon;
4) mavhum qaynash qatlamli jarayon.
Ekstraktor va eritkichlarning tuzilishi. Qattiq jismlarni ekstraksiyalash va eritish jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan qurilmalarga quyidagi talablar qochyiladi:

  1. qurilmaning ish hajmi birligiga tochg`ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumi katta bo’lishi kerak;

2) hosil bo’layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo’lishi zarur;
3) oxirgi eritma hajmi birligiga tochg`ri kelgan energiya sarfi kam bo’lishi lozim.
Ekstraktor va eritkichlar davriy va o’zluksiz ishlaydigan qurilmalarga bo’linadi. Fazalarning o’zaro yo’nalishiga ko’ra, ular tochg`ri yo’nalishli, qarama-qarshi yo’nalishli va aralash yo’nalishli qurilmalarga ajratiladi. Suyuqlikning qattiq zarrachalar atrofini aylanib ochtish tezligini hosil qilish usuliga ko’ra, o’zgarmas qatlamli, mexaniq aralashtirgichi bo’lgan qatlamli va mavhum qaynash qatlamli qurilmalarga bo’linadi.
Davriy ishlaydigan qurilmalarning ish unumi kichik bo’lganligi sababli ular kichik hajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan o’zluksiz ishlaydigan qurilmalardan keng foydalaniladi. Ekstraktorlar va eritkichlar prinsipial jihatdan bir-biridan farq qilmaydi. Agar qurilma qattiq jismlari ekstraksiyalash uchun ishlatilsa, ekstraktor deb ataladi, agarda bu qurilma qattiq moddalarni eritish uchun ishlatilsa, bu holda eritkich deb yuritiladi.
Sanoatda qattiq jismlarni ekstraksiyalash uchun turli qurilmalar ishlatiladi. Ularni tanlashda qattiq fazaning turi (zarrachalarning o’lchami va shakli) va hosil bo’lgan ekstraktning konsentratsiyasi yoki materialdan mahsulotning chiqishi hisobga olinadi.
Ayrim ishlab chiqarishlarda qo’zg`almas qatlamli davriy ishlaydigan ekstraktorlar (diffo’zorlar) ishlatiladi. Bunday diffo’zorlarda qattiq material qo’zg`almas qatlamli bo’lib, erituvchi qurilmaning yuqorigi qismidan maxsus tarqatuvchi tochsiq orqali beriladi va qatlamdan filtrlanib o’tadi. Qattiq jism tarkibidan tegishli komponent suyuqlik tarkibiga o’tadi. Diffo’zorning pastki qismida g`alvirsimon tochsiqlar joylashgan. Qattiq material qoldig`ini qurilmadan tushirish uchun pastki qopqoq va g`alvirsimon tochsiqlar qopqoqning ochqi atrofida aylanadi. O’zluksiz ish texnologiyasini tashqil qilish uchun davriy ishlaydigan bir necha diffo’zorlar (ularning soni 16 ta gacha boradi) ketma-ket bir-biriga ulanadi, bunda batareya hosil bo’ladi. Erituvchi esa material yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalishda ketma-ket hamma qurilmalardan o’tadi. Batareyada tegishli issiqlik rejimini tashqil qilish uchun qochshni diffo’zorlar o’rtasiga issiqlik almashinish qurilmalari joylashtiriladi.
Pnevmatik aralashtirish usuli bilan ishlaydigan ekstrak­torlar ham keng tarqalgan (32.2-rasm).


Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling