Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-MARUZA MAVZU: KRISTALLANISH VA REKRISTALLANISH JARAYONI. REJA
Desorbsiya. Yuqori faollikka ega bo’lgan adsorbentlar qimmatbaho materiallar qatoriga kiradi, shu sababli ulardan bir necha marotaba foydalanish lozim. Buning uchun adsorbsiya jarayonidan sochng adsorbent regenerasiya qilinadi, ya’ni unda yutilgan modda ajralib chiqariladi. Adsorbsiyaga teskari boradigan jarayon desorbsiya deb ataladi.
Adsorbent quyidagi usullar yordamida regenerasiya qilinishi mumkin: 1) adsorbentning haroratini oshirish yoki uning ustidagi bosimni kamaytirish; 2) adsorbent qatlami orqali isitilgan gaz yoki qizdirilgan bug`ni haydash; 3) adsorbentda yutilgan komponentlarni yutish xossasi yuqori bo’lgan boshqa modda yordamida siqib chiqarish. Harorat qancha yuqori bo’lsa, desorbsiya jarayoni shuncha tez va to’la boradi. Haroratni tochg`ri tanlash katta ahamiyatga molik. Tanlangan harorat yutilgan komponentlarni adsorbentdan to’la ajratib chiqarishni va adsorbentning o’ta qizib, parchalanib ketmasligini tachminlashi zarur. Regenerasiya paytida adsorbentning faolligi biroz kamayadi. Yuqori haroratlarda oson parchalanib ketadigan moddalarni desorbsiya paytida siqib chiqarish usulini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday usuldan harorat 40-80°C bo’lganda foydalanish yaxshi samara beradi. Har bir sharoit uchun tegishli harorat chegaralari qabul qilinadi. Masalan, gazlarni seolitlar yordamidan quritilgandan sochng, desorbsiya jarayoni (namlikni adsorbentdan ajratib chiqarish) ni amalga oshirish uchun harorat 300-400 C dan ortmasligi kerak. Adsorbentni to’la regenerasiya qilish uchun desorbsiyadan keyin adsorbentni quritish va sochngra sovitish zarur. Shundan sochng adsorbsiyaning yangi siklini boshlash mumkin. Desorbsiya jarayoni adsorbsiyaga ko’ra ancha yuqori haroratlarda olib boriladi, shu sababdan desorbsiyaning vaqti adsorbsiyaniqiga nisbatan kam bo’ladi. 34-MARUZA MAVZU: KRISTALLANISH VA REKRISTALLANISH JARAYONI. REJA: Kristallanish to’g’risida umumiy tushunchalar. Kristallizatorlarning tuzilishi. Kristalizatorlarni hisoblash. Eritma yoki erigan qotishma tarkibidan kristallar holatida qattiq fazani hosil qilish jarayoni kristallanish deb ataladi. Kristallanish jarayoni eritishning teskarisi hisoblanadi. Ikkala jarayon ham qattiq faza-suyuqlik sistemasida yo’z beradi. Kristallanish jarayoni odatda suvli eritmadagi kristallanishi lozim bo’lgan moddaning eruvchanligini kamaytirish orqali, ya’ni uning haroratini o’zgartirish yoki erituvchining bir qismini bug`latish yo’li bilan amalga oshiriladi. Erigan qotishmalardan kristallarni ajratib olish uchun esa ular sovitiladi. Kristallanish jarayoni eritmadagi qattiq faza eruvchanligining o’zgarishiga asoslangan. Harorat ortishi bilan moddalarning eruvchanligi ko’payib, ular yaxshi eruvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi. Harorat ortishi bilan ba`zi moddalarning eruvchanligi kamayib ketadi va ular yomon eruvchan moddalar hisoblanadi. Berilgan haroratda eritmaning qattiq faza bilan muvozanat holatida bo’lishi tochyingan eritma deyiladi. Tochyingan eritma tarkibidagi erigan moddaning miqdori eruvchanlik darajasini belgilaydi. Eruvchanlik erigan moddaning va erituvchining xossalariga, haroratga hamda qochshimcha komponentlarning borligiga bog`liq. Tochyingan eritma o’z tarkibida imkoni boricha ko’p miqdorda erigan modda ushlaydi. Bu holatdagi eritma turg`un bo’ladi. O’ta tochyingan eritma esa o’z tarkibida eruvchanlik xususiyatiga nisbatan ortiqcha miqdorda erigan modda ushlaydi. Shu sababli o’ta tochyingan eritmalar turg`un bo’lmaydi. Bunday eritmalardan ortiqcha erigan moddalar kristall holida ajraladi, sochngra esa eritma yana tochyingan holatga o’tadi. Eritmalarning o’ta tochyinish holatiga quyidagi usullar bilan erishish mumkin: 1) ochiq idishda erituvchining bir qismini bug`latish; 2) bug`latish qurilmasida qaynayotgan eritmadagi erituvchining bir qismini bug`latish; 3) eritmaga suvni o’ziga tortuvchi moddalarni qochshish; 4) tochyingan eritmani sovitish. Sanoatda kristallanish jarayoni quyidagi bosqichlarda boradi: 1) kristallanish; 2) hosil bo’lgan kristallarm eritmalardan ajratib olish; 3) kristallarni yuvish va quritish. Kimyoviy texnologiyada kristallanish turli moddalarni toza holatda olish uchun keng qo’llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida kristallanish jarayoni qand-shakar ishlab chiqarishda, glyukoza olishda, konditer sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi. Kristallanish jarayoni moddalarni ajratishning boshqa usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: 1) energetik xarajatlari past, chunki moddalarning solishtirma suyulish issiqligi ularning bug`lanish solishtirma issiqligiga nisbatan 6-8 marotaba kam bo’ladi; 2) ish haroratlari past; 3) yaqin qaynovchi komponentli va azeotrop aralashmalarni ajratish imkoniyati mavjud; 4) erituvchilarni ishlatishga ehtiyoj yo’q; 5) modda suyultirilgan holatdan kristall holatga ochtganida katta termodinamik ajratish koeffitsiyentiga ega bo’lganligi sababli kristallanish yuqori samaradorlikka ega. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling