Kristallizatorlarning tuzilishi. Sanoatda kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun turli qurilmalar ishlatiladi. Ishlash prinsipiga ko’ra kristalizatorlar bir necha turga bo’linadi:
33.1-rasm. Barabanli kristalizator:
1 — bandajlar; 2 — tojli shesternya; 3 — qobiq; 4 — g`ilof; 5 — tayanch g`ildiraklari.
1) erituvchining bir qismini bug`latish yo’li bilan ishlaydigan kristallizatorlar;
2) eritmani sovitish bilan ishlaydigan kristalizatorlar;
3) sovituvchi qurilmasi bo’lmagan vakuum-kristalizatorlar;
4) mavhum qaynash qatlamli kristalizatorlar.
Barabanli kristalizator. 33.1-rasmda suv bilan sovitiladigan barabanli kristalizatorning sxemasi berilgan. Bunday kristallizatorlar sanoatda eng ko’p tarqalgan bo’lib, g`ilof 4 bilan tachminlangan silindrsimon qobiq 3 dan iborat. Baraban bandajlar 1, tayanch g`ildirakchalari 5 va tojli shesternya 2 yordamida aylanma harakatga keladi. G`ilofga sovitish uchun suv yoki havo beriladi. Eritma va sovituvchi suv qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. Barabanli kristalizatorning diametri 1,5 m va uzunligi 15 m gacha bo’lganda uning qiyaligi 1:100 yoki 1:200, aylanish soni esa 10-20 ayl/min bo’ladi. Bunday qurilma yordamida mayda kristalli cho’kma olish mumkin. Kamchiligi — barabanning ichki yuzasiga kristallar yopishib qoladi.
Vakuum-kristalizator. Eritmani qisman bug`latish uchun u bug`latish kamerasiga yuboriladi. Bug`latkichda vakuum-nasos va kondensator yordamida vakuum (bochshliq) hosil qilinadi (33.2-rasm). Bug`latkichda eritma barometrik quvur orqali yig`gichga o’tadi. Hosil bo’lgan suv bug`lari vakuum-nasos orqali tortib olinadi. Cho’kma tushgan kristallar yig`gichning pastki qismidan tushiriladi. Kristallardan ajralgan eritma yig`gichning yuqorigi qismidan o’zatiladi. Vakuum- kristallizatorlarda mayda o’lchamli kristallar olinadi. Bunday qurilmalar o’zluksiz ravishda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |