Kristalizatorning issiqlik balansi. Eritma sovitiladigan va erituvchining bir qismi bug`lanadigan kristallanish jarayoni uchun issiqlik balansini to’zamiz.
Issiqlikning kirishi (V ): dastlabki eritma bilan Gb Cb tb , bu yerda Gb— boshlang`ich eritmaning issiqlik sig`imi, J/kg * K, tb — uning harorati, "C; kristallanish paytida ajraladi Gkrqkr, bu yerda, qkr — kristallanish issiqligi, J/kg.
Issiqlikning sarfi (V ): qoldiq eritma bilan bu yerda, — qoldiq eritmaning issiqlik sig`imi, J/kg K; t — uning harorati, °C; kristall modda bilan GkrCkrtkr, bu yerda, Ckr — kristallarning issiqlik sig`imi, J/kg*K, tkr — kristallarning harorati, u qoldiq eritmaning haroratiga teng (tkr=tk); bug`langan eritma bilan Wi, bu yerda, i — erituvchi buglarning entalpiyasi, J/kg; sovituvchi agent bilan GcCc(t0-tb), bu yerda, Gc — sovituvchi agentning miqdori, kg/s, Cc — sovituvchi agentning issiqlik sig`imi, J/kg* K, tbva t0 — sovituvchi agentning boshlang`ich va oxirgi haroratlari, °C; atrof-muhitga yo’qolishi Qy.
Issiqlikning kirishini va uning sarfini bir-biriga tenglab, quyidagi issiqlik balansi tenglamasini yozamiz:
GbCbtb + Gkrqkr = GkCktk + GkrCkrtkr + Wi + Gc Cc (t0 –tb) + Qy (33.5)
Ushbu tenglama yordamida bug`lanish yo’li bilan ajratib olinadigan erituvchining miqdori W(kg/s) yoki eritmaning haroratini tegishli qiymatgacha sovitish uchun zarur bo’lgan sovituvchi agentning miqdori Gc(kg/s) aniqlanadi.
Kristalizatorning issiqlik almashinish yuzalari 19-bobda keltirilgan tenglamalar asosida topiladi. Sochngra kristalizatorning asosiy o’lchamlari (diametri, balandligi, hajmi) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |