Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
-rasm.Pnevmatik aralashtirgich 32.3- rasm. Lentali ekstraktor
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32.4- rasm. Quvursimon ekstraktor 32.5-rasm. Mavhum qaynash qatlamli ekstraktor
32.2-rasm.Pnevmatik aralashtirgich 32.3- rasm. Lentali ekstraktor.
1-siqilgan havo kiruvchi patrubka, 2-to`siqlar, 3-qobiq Qattiq jism va suyuqlik aralashmasi (suspenziya) qurilmaning pastki qismidan beriladi. Sirkulyatsiya quvuriga siqilgan havo berib aralashmaning qurilmada yaxshi aralashuvini tachminlash mumkin. Pnevmatik aralashtirgichli qurilmalarni davriy va o’zluksiz ishlaydigan texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin. 32.3-rasmda o’zluksiz ishlaydigan lentali ekstraktor ko’rsatilgan. Qattiq jism qatlami ma’lum balandlik bilan lentali transportyorning ustida harakat qiladi, bunday ekstraktor bir necha qismlarga bo’linadi. Toza erituvchi (ekstragent) chap tomondagi sochib beruvchi taqsimlagichga o’zatiladi, u harakat qilib turadigan qatlamdan o’tadi va tochyinmagan eritma sifatida qabul qiluvchi idishga tushadi. Bu tochyinmagan eritma nasos yordamida qurilmaning oldingi qismiga sochib beruvchi qurilma orqali o’zatiladi va siqiladi shu tarzda takrorlanaveradi. Shunday qilib, qurilmaning ayrim qismlarida suyuqlik fazasi qattiq fazaga nisbatan perpendikulyar yo’nalishda beriladi, umuman olganda esa fazalar bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. Ekstraktorning ochng tomonidagi birinchi qismidan tochyingan eritma (ekstrakt) ajratib olinadi. 32.4- rasm. Quvursimon ekstraktor 32.5-rasm. Mavhum qaynash qatlamli ekstraktor: 1 — kolonna; 2 — erituvchi kiradigan shtutser; 3 — taqsimlagich; 4 — halqasimon tarnov; 5 — ekstrakt chiqadigan shtutser; 6 — qattiq jism qoldig`i chiqadigan shtutser; 7 — qattiq jism beriladigan quvur. Mavhum qaynash qatlamli qurilmalarda qattiq zarrachalarning hamma yuzasi butun jarayon davomida turbulent oqimli suyuqlik bilan o’zaro kontaktda bo’ladi, natijada ekstraksiyalash yoki eritish jarayoni ancha tezlashadi. 32.4-rasmda quvursimon ekstraktorning sxemasi ko’rsatilgan. Bu ekstraktor ketma-ket ulangan bir necha quvurlardan tashqil topgan. Ekstraktorga qattiq jism mayda zarrachalar shaklida beriladi. Qattiq jism va suyulik aralashmasi nasos yordamida quvurlarga yuboriladi. Jarayonni yuqori haroratda olib borish uchun quvurlarga bug` g`ilofi o’rnatiladi. Nasos tochxtab qolgan sharoitda sistemadagi qattiq jism zarrachalarini yuvib yuborish uchun yuqorida joylashgan idishdan quvurlarga suv beriladi. Mavhum qaynash qatlamli kolonnali ekstraktorning ko’rinishi 32.5-rasmda ko’rsatilgan. Silindrsimon kolonnaning pastki qismidan erituvchi ma’lum kritik tezlik bilan beriladi, natijada to’rning ustida qattiq jismning mayda zarrachalari mavhum qaynash holatiga keladi. Qattiq faza qurilmaning yuqorigi qismidan yuklash quvuri orqali tochg`ridan-tochg`ri mavhum qaynash qatlamiga beriladi. Mavhum qaynash qatlamining balandligi bir necha metrga teng. Qattiq va suyuq fazaning o’zaro ta`siri natijasida hosil bo’layotgan ekstraktning konsentratsiyasi kolonnaning yuqorisiga ko’tarilgan sari ortib boradi. Yuqori konsentratsiyali ekstrakt kolonnaning kengaygan qismi orqali halqasimon tarnovga tushadi va sochngra qurilmadan tashqariga chiqariladi. Qattiq jism qoldig`i torning teparog`ida joylashgan shtutser orqali o’zluksiz ravishda ekstraktordan chiqarib turiladi. Mavhum qaynash qatlamli qurilmalarning tuzilishi oddiy va massasi kichik. Bunday ekstraktorlarda jarayonning tezligi ancha katta, qattiq jismdan kerakli komponentning ajralib chiqish darajasi ham ancha yuqori bo’ladi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling