Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Suyuqliklarning asosiy fizik hossalari


Download 3.48 Mb.
bet4/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Suyuqliklarning asosiy fizik hossalari.
Suyuqliklarning asosiy fizik hossalari zichlik, solishtirma og’irlik, qovushqoqlik, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, solishtirma issiqlik sig’imi va harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti va boshqalar bilan harakterlanadi.
Zichlik. Hajm birligidagi bir jinsli jismning (suyuqlikning) massasi zichlik deb ataladi va  bilan belgilanadi.

= m/v,. kg/m3 (1)




Solishtirma og’irlik. Hajm birligidagi suyuqlikning og’irligi solishtirma og’irlik deb ataladi va  bilan belgilanadi:
= G/v (2)
Massa bilan og’irlik quyidagicha bog’langan:
m = G/g (6)
Massaning miqdorini tenglikka qo’ysak, zichlik bilan solishtirma og’irlikning o’zaro bog’lanish nisbati kelib chiqadi:
= g (4)
Tomchili suyuqliklarning zichligi va solishtirma og’irligi elastik suyuqliklarnikidan bir necha marta katta bo’lib, bosim va harorat ta`sirida juda kam o’zgaradi.
Gazlarning zichligi ideal gazlarning xolat tenglamasidan aniqlanadi:


PV = m/M RT (5)


Tenglamadan zichlik quyidagi ifodaga teng bo’ladi:


= m/v = PM/RT (6)


Zichlik kattaligiga teskari bo’lgan kattalik solishtirma hajm deb ataladi va  bilan ifodalanadi:


= v/m = 1/ = RT/PM = v/m (7)




Qovushqoqlik. Real suyuqliklar truba ichida harakatlanganda, uning ichida ichki ishqalanish kuchlari hosil bo’lib, siljishiga to’sqinlik qiladi.
Suyuqlikni bir qatlamdan ikkinchi qatlamga siljishi uchun sarf bo’lgan kuch qovushqoqlik (yoki ichki ishqalanish) deyiladi. Nyuton qonuniga binoan, suyuqlikning siljishi uchun zarur bo’lgan kuch shu qatlamning yuzasiga, surilish tezligi gradientiga va shu suyuqlikning qovushqoqlik koeffitsientiga to’g’ri proportsional bog’langan:
dw
T =  F------ (8)
dn

Tenglamadagi qovushqoqlik koeffitsienti  dinamik qovushqoqlik koeffitsienti yoki qovushqoqlik deyiladi. Qovushqoqlik suyuqliklarning fizik xususiyatlariga va haroratiga bog’liq bo’lib, keng intervalda o’zgaradi.


Dinamik qovushqoqlik SI da Pa s birligida o’lchanadi. Dinamik qovushqoqlik koeffitsientining shu suyuqlik zichligiga nisbati kinematik qovushqoqlik deyiladi va  bilan belgilanadi.
= / (9)
Kinematik qovushqoqlik SI da m2 / s bilan o’lchanadi.
Ba’zan nisbiy qovushqoqlik tushunchasi ham ishlatiladi. Bunda biror suyuqlik qovushqoqligining suvning qovushqoqligiga nisbati olinadi. Harorat ortishi bilan suyuqliklarning qovushqoqligi kamayadi, gazlarda esa ortadi. Suyuqliklarning qovushqoqligi gazlarnikiga nisbatan bir necha marta kattadir.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling