Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari


Download 3.48 Mb.
bet3/130
Sana01.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1738425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi

Nazorat savollar.

  1. Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari fanining tarixi.

  2. Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari faniga o’z hissasini qo’shgan olimlar.

  3. Fanning predmeti va vazifasi.

  4. Kimyoviy injiniring jarayonlarning sinflanishi.

2-MARUZA
MAVZU: GIDRAMEXANIK JARAYONLAR VA GIDRAVLIKA ASOSLARI.

REJA:


1. Asosiy ta’riflar.
2. Suyuqliklarning asosiy fizik hossalari.
3. Gidrostatik bosim.
Kimyo sanoatining barcha tarmoqlarida suyuqlik va gazlarni o’zatish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli gaz va gazlarni o’zatish, suyuqlik aralashmalarini ajratish kabi jarayonlar ko’p uchraydi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan ifodalanadi. Gidromexanika qonunlarini va ulardan amalda foydalanish usullarini gidravlika o’rganadi. Gidravlika ikki asosiy qismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o’rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o’rganadigan gidrodinamikadan tashqil topgan.
Suyuqliklar oquvchanlik xususiyatiga ega. Suyuqlik go’yo ma’lum hajmga ega, lekin shaklga ega emas (qanday idishga solinsa, o’sha idish shaklini oladi), ammo suyuq massa tashqi kuchlar bo’lmagan sharoitda, faqat molekulyar kuchlar ta`siri ostida shar shaklini oladi. Moddalarning suyuq holati o’z tabiatiga ko’ra, gaz holat bilan qattik holat o’rtasidagi oraliq o’rinni egallaydi.
Suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan past bo’lgani uchun ularning harakat qonunlari bir xil. Shuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda gaz ham, suyuqlik ham tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun suyuqliklar tomchili, gazlar esa elastik suyuqlik deb qaratiladi. Suyuqlik va gazlar quyidagi hossalari bilan bir-biriga o’xshaydi:
1) suyuqliklar xuddi gazlar kabi ma’lum shaklga ega emas, uning fizik hossalari barcha yo’nalishda bir xil, ya’ni izotopdir; 2) gazlarning qovushqoqligi kichik bo’lib, suyuqliklarnikiga yaqinlashadi; 3) kritik haroratdan yuqori haroratda suyuqliklar bilan gazlar orasidagi farq yo’qoladi.
Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlari differentsial tenglamalar bilan ifodalanadi.
Boshqa soxalarda bo’lgani kabi, gidravlikada ham nazariy tadqiqotlar natijalarini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqlik modelidan foydalaniladi.
Ideal suyuqlik deb, bosim va harorat ta`sirida o’z hajmini o’zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o’zgarmas zichlikka ega bo’lgan va ichki ishqalanishi (qovushqoqligi) bo’lmagan suyuqliklarga aytiladi. Aslida esa, har qanday suyuqlik bosim yoki harorat ta`sirida o’z hajmini o’zgartiradi. Har qanday suyuqlikda ichki ishqalanish kuchlari va qovushqoqlik bo’ladi.
Demak, haqiqatda tabiatda ideal suyuqlik bo’lmaydi, ya’ni barcha suyuqliklar real suyuqlikdir.
Ammo ba`zi suyuqliklarning qovushqoqligi juda kichik bo’ladi. Ular harorat va bosim ta`sirida o’z hajmini shu qadar kam o’zgartiradiki, bu o’zgarishni amalda hisobga olmasa ham bo’ladi. Bunday tushuncha real suyuqlik qonunlari o’rganishini osonlashtiradi. Elastik suyuqliklarning hajmi harorat va bosim ta`sirida keskin o’zgaradi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling