Suyuqlik muvozanatdagi harakati, ularning asosiy qonuniyatlari
Download 3.48 Mb.
|
Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari shppi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q = / F t
- Solishtirma issiqlik sig’imi.
- Harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti.
- Gidrostatik bosim.
Issiqlik o’tkazuvchanlik. Harorat gradienti ta`sirida bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning tartibsiz harakati natijasida issiqlikning tarqalishi issiqlik o’tkazuvchanlik deyiladi.
Bir jinsli tekis devor orqali o’tgan issiqlik oqimi Q quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Q = / F t (10) bu erda - issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti; - devor qalinligi; F - issiqlik o’tayotgan yuza; t - devorning ikkala tomonidagi haroratlar farqi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti SI da VT/m K birligida o’lchanadi. Uning qiymati harorat, bosim va moddaning turiga bog’liq. Solishtirma issiqlik sig’imi. Moddaning massa birligi haroratini bir gradusga ko’tarish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi va y quyidagi tenglama orqali topiladi: C = Q/m t (11) bu erda Q - jismni isitish uchun sarf bo’lgan issiqlik miqdori; m - jism massasi; t - jarayonning oxirgi va boshlangich haroratlari urtasidagi farq. Solishtirma issiqlik sig’imi SI da J/kgK birligida o’lchanadi. Harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti. Harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti jismning issiqlik inertsion hossalarini ifodalaydi. Bu koeffitsient jismni fizik kattaligi xisoblanib, haroratning o’zgarish tezligini bildiradi. Harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti (, m2/s) quyidagi nisbat orqali aniqlanadi: = /s (12) bu erda - issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti; - zichlik; s - solishtirma issiqlik sig’imi. Bu koeffitsientning son qiymati harorat, zichlik, moddaning tarkibi va boshqa faktorlarga bog’liq bo’ladi. Gidrostatik bosim. Suyuqlik idish devorlariga, tubiga va uning ichiga tushirilgan boshqa jism yuzasiga bosim kuchi bilan ta`sir qiladi. Biror kichik yuzaga ta`sir qiladigan bosim gidrostatik bosim deyiladi. P = lim P/F (13) F0 Bosimning yo’nalishi va ta`siri suyuqlikning hamma nuqtalarida bir xil, chunki bu kuch hamma vakt normal bo’yicha yunalgan bo’ladi. Bunda bosimning kattaligi yuzaning shakliga va uning qanday joylashganiga bog’liq emas.Bosim manometr va vakumetrlarda o’lchanadi. Qurilmalarda urnatilgan priborlar ortikcha (izb), nisbiy bosimni kursatadi. Bunga atmosfera bosimini kushib absolyut bosim topiladi. Rats = Rman + Ratm. (Rabs= Rnis + Ratm) Rman - manometr bilan o’lchanadigan bosim. Agar jarayon siyraklanish (vakuum) sharoitida ketsa, atmosfera bosim bilan siyraklanish orasidagi farq absolyut. bosimni beradi. Rabs = Ratm - Rvak. Rvak - vakuummetr bilan o’lchanadigan siyraklanish. Bosimning SI sistemasidagi ulchov birligi N/m2 yoki Pa. Bu birlik juda kichik bo’lganligi sababli, yiriklashtirilgan birliklar ishlatiladi: qilopaskal va megapaskal (1kPa=103Pa; 1mPa=106 Pa) Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling