Suyuqlik. Suyuqliklarning fizikaviy xossalari
Download 17.19 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ideal suyuqlik deb
Fizik kattaliklarning o’lchov birliklar tizimi. xalqaro birlik tizimi «SI»
GOST 8.417-81 da asosan 1982 y. 1 yanvardan boshlab ilm, fan, texnika va ishlab chiqarishning barcha sohalarida hamda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitishda xalqaro birlik tizimi SI qabul qilingan. Gidrotexnik va boshqa inshootlarni gidravlik hisoblashda qo’llaniladigan bu tizimning asosiy, qo’shimcha va hosilaviy birliklari 1.1-jadvalda keltirilgan. GOST 8.417-81 da birlik tizimi SI dan tashqari amalda boshqa birlik tizimlardagi fizik kattaliklardan ham foydalanish mumkinligi qayd etilgan. Suyuqlik va uning fizik xossalari Suyuqlik oquvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, u qanday shakldagi idishga quyilsa, o’sha idish shaklini oladi, ya’ni o’zining barqaror shakliga ega emas. Buning sababi shundaki, suyuqlikning tinch holatida urinma kuchlanish bo’lmaydi, u nolga teng. Suyuqliklar o’z tabiatiga ko’ra, gaz holati bilan qattiq jism holati o’rtasidagi oraliq o’rinni egallaydi. Suyuqlik va gaz zarrachalarining harakat tezliklari tovush tezligidan kam bo’lgani uchun ularning harakat qonunlari o’xshash. Gidravlika qonunlari barcha suyuqliklar uchun qo’llanilishi mumkin. Gidravlikada suyuqlik deyilganda, asosan suv nazarda tutiladi, ammo barcha suyuqliklar va gazlar harakatlari gidravlika qonunlari yordamida o’rganiladi. Suyuqliklar va gazlarni bir-biridan ajratish uchun, suyuqliklarni tomchili suyuqliklar, gazlarni esa elastik suyuqliklar deb qaraladi. Tomchili suyuqliklar va gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o’xshaydi: 1) tomchili suyuqliklar xuddi gazlar kabi ma’lum bir shaklga ega emas, uning fizik xossalari barcha yo’nalishlarda bir xil, ya’ni izotropik; 2) gazlarning qovushoqligi kam bo’lib, tomchili suyuqliklarnikiga yaqinlashadi; 3) harorat aniq bir darajadan (u haroratning kritik darajasi deb ataladi) yuqori bo’lsa, tomchili suyuqliklar qattiq jismga aylanadi. Bundan buyon tomchili suyuqliklar qisqacha suyuqliklar deyiladi. Suv o’zining oquvchanligi va siqilmaslik xossasi bilan boshqa suyuqliklardan (masalan gazlardan) ajralib turadi. Gidravlikada suyuqlik deganda oddiy tabiiy suv nazarda tutiladi. Ideal va real suyuqliklar Gidravlika fanida nazariy tadqiqotlarni soddalashtirish maqsadida ideal suyuqliklardan foydalaniladi. Ideal suyuqlik deb, bosim va harorat ta’sirida o’z hajmini mutlaqo o’zgartirmaydigan yoki mutlaqo siqilmaydigan, o’zgarmas zichlikka ega bo’lgan va ichki ishqalanish kuchi bo’lmagan, qovushoqligi bo’lmagan suyuqliklarga aytiladi. Aslida har qanday suyuqlik bosim yoki harorat ta’sirida o’z hajmini bir oz bo’lsa ham o’zgartiradi, ularda ichki ishqalanish kuchlari bo’ladi. Demak, tabiatda aslida ideal suyuqlik bo’lmaydi, ya’ni tabiatdagi barcha suyuqliklar real suyuqliklardir. Tinch holatdagi suyuqliklarda urinma kuchlanish bo’lmaydi. Harakatdagi suyuqliklarda esa urinma kuchlanish bo’ladi, bunday suyuqlikning ichida ixtiyoriy ikki qatlam bir-biriga nisbatan harakatda bo’lganda, bu ikki qatlam sathlar orasida ishqalanish kuchi paydo bo’ladi, natijada ichki urinma kuchlar muvozanatlashali. Xulosa: 1) tinch holatdagi suyuqliklar o’rganilayotganda, suyuqliklarni ideal va real turlariga ajratshi zarurati yo’k, chunki tinch holatdagi har qanday suyuqlikda urinma kuchlanish bo’lmaydi; 2) real suyuqliklarning harakati o’rganilayotganda ichki ishqalanish kuchini, ya’ni qovushoqligini e’tiborga olish shart, chunki qovushoqlik harakatdagi real suyuqlikning asosiy xossasi hisoblanadi. Download 17.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling