Suyuqliklarni xaydash jarayoni xaqida umumiy tushunchalar Oddiy xaydash Aralashmalarni rektifikasiyalash qilish


Download 0.62 Mb.
bet3/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1239844
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 лек. Суюк хай

2. ODDIY XAYDASH



Muammoli vaziyat savol yoki topshiriq:
Modda almashinish jarayonlarida suyuqliklarni ajratishda
oddiy xaydash jarayoni qanday axamiyati ega?
Muammoni yechimini topish uchun tavsiyalar:

  1. Ma’ruza matnining diqqat bilan o‘qing!

2. Salimov 3. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. Toshkent. O‘zbekiston, 2 - tom, 1995.

Suyuqlik aralashmalarini bir marotaba qisman bug‘latish yo‘li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb nomlanadi. Oddiy haydash jarayonini eritma komponentlari uchuvchanligi orasidagi farq katta bo‘lgan hollardagina qo‘llash maqsadga muvofiq va yuqori samara beradi.


Oddiy haydash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

  1. fraksiyali haydash;

  2. deflegmasiya bilan haydash;

  3. suv bug‘i bilan haydash;

  4. molekulyar haydash.

Fraksiyali haydash Bu usul haydash kubidagi eritmani asta-sekin bug‘latish yo‘li bilan olib boriladigan ajratish jarayonidir (5.33-rasm).
Jarayon davomida hosil bulayotgan bug‘ kondensator 2 ga uzatiladi va u yerda kondensasiyalanib, distillyat holatida yig‘gich 3 ga yuboriladi. Jarayon tugagandan so‘ng, kub 1 dagi kub qoldig‘i chiqarib tashlanadi. Kub 1 to‘yingan suv bug‘i yoki tutun gazlari bilan qizdiriladi.
Eritmani haydash jarayonida kub qoldig‘ida yengil uchuvchan komponent miqdori va distillyat tarkibidagi miqdori maksimal qiymatdan minimalgacha kamayadi. Shuning uchun, har xil tarkibli distillyat fraksiyalari turli yig‘gichlarga ajratib olinadi. xar xil tarkibli mahsulot olishga mo‘ljallangan eritmalarni ajratib olish usuli fraksiyali haydash deb nomlanadi.
Oddiy haydash davrida hosil bulayotgan bug‘ kubdan chiqarib olinadi va har bir onda kubda qolgan eritma bilan muvozanatda bo‘ladi.
Bu usulda haydash atmosfera yoki vakuum ostida olib boriladi. Vakuum ostida haydash usuli issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish imkoniyatini yaratadi, chunki bu usulda qaynash temperaturasi pasayadi. Shuning uchun ham bu usulda haydash davrida past temperaturali suv bug‘laridan foydalaniladi.
Distillyatning o‘rtacha tarkibi moddiy balans tenglamasidan aniqlanadi:

Bundan
(5.122)
b
u yerda F - boshlang‘ich eritma miqdori; xf - boshlang‘ich eritma konsentrasiyasi; W - kub qoldig‘i miqdori; xw - kub qoldig‘i konsentrasiyasi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling