Suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini o`rganuvсhi hamda bu qonunlarni texnikaning har XIL sohalariga tadbiq etish bilan shug`ullanuvсhi fan gidravlika deb ataladi


Download 196.63 Kb.
bet7/11
Sana11.09.2023
Hajmi196.63 Kb.
#1675903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza Gidravlika

1.2-rasm. Engler viskozimetri.

Qovushqoqlikni aniqlash uchun kapillyar viskozimetr, rotatsion viskozimetr, stoks viskozimetri va boshqa turli viskozimetrlar ham qo`llaniladi.


Qovushqoqlik suyuqliklarning turiga, temperaturasiga va bosimiga bog`liq. Jadvallarda har xil suyuqliklarning qovushqoqlik miqdori keltirilgan. Temperatura ortishi bilan tomchilanuvсhi suyuqliklarning qovushoqligi kamayadi, gazlarning qovushoqligi ortadi. Suyuqliklar qovushoqligining temperaturaga bog`liqligini umumiy tenglama bilan ifodalab bo`lmaydi.
Har xil hisoblash ishlari bajarilganda, ko`pinсha, quyidagi formulalardan foydalaniladi.
Havo uchun m2/s (1.15)
Suv uchun
(1.16)
Gidroyuritmalarda qo`llanuvchi turli mineral moylar uchun temperatura 30°C dan 150°C gacha (°E 10 gacha) bo`lganda
(1.17)
Bu yerda υt50 – tegishli temperaturada va 50°C da kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti; t - temperatura,°C da; n - daraja ko`rsatkichi; uning miqdori quyidagi jadvalda °E50 ning turli miqdorlari uchun keltirilgan:


1.3- j a d v a l



°Е50

1.2

1,5

1.8

2

3

4

5

6

7

8

9

10

n

1,39

1,59

1,72

1,79

1,99

2,13

2,24

2,32

2,42

2,49

2,52

2,56

Turli suyuqliklarning qovushoqligi boshlang`ich qovushqoqlik va temperaturasiga qarab turlicha o`zgaradi. Ko`pсhilik suyuqliklarning qovushoqligi bo­sim ko`tarilishi bilan ortadi. Mineral moylarning qovushoqligi bosimning 0-50 MN/m2 chegarasida taxminan chiziqli o`zgaradi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:


(1.18)
bu yerda νp va ν0 – tegishli bosimda va atmosfera bosimida kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti, p – qovushqoqlik o`lchangan bosim, MN/m2; – eksperimental koeffitsiyent, uning miqdori gidroyuritmalarni hisoblashda yuqorida aytilgan chegarada 0,03 ga teng deb qabul qilinadi.



Download 196.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling